120
2.8. Mobil aloqaning istiqbolli texnologiyalari
Mobil aloqaning istiqbolli texnologiyalari. Zamonaviy mobil
aloqa tarmoqlarini rivojlantirishda kelajakda ma’lumotlarni olish oniy
amalga oshirilishi, xizmatlarni ko‘rsatilishi esa kechikishlarsiz va
uzilmasligiga intilish kerak. Ulanadigan qurilmalar soni soni keskin
ortib bormoqda. Umumiy an’ana shundan iboratki, yakunda hamma
narsa ulanadi, bunda tarmoqqa ulanishdan svetoforlar, maishiy
texnikadan boshlab avtomobillar, tibbiyot qurilmalari va elektr
ta’minoti tizimlarigacha qurilmalar yutuqqa erishishi mumkin. Bu
insonlar, biznes va jamiyat uchun cheklanmagan imkoniyatlar ochadi.
Bunday qurilmalarning tarqalishi butun dunyo bo‘yicha
tarmoqlarda trafikning eksponensial ortishiga olib keldi va natijada
yaqin kelajakda qurilgan 3G va 4G mobil tarmoqlarning imkoniyatlari
etarli bo‘lmay qoladi. Muammodan chiqish yo‘li bitta, hozirning
o‘zida beshinchi avlod tarmoqlarini qurish konsepsiyasini ishlab
chiqish va tasdiqlash kerak.
5G standarti bu individual foydalanuvchilar va qurilmalar uchun
tarmoqqa
cheklanmagan
ulanishni
ta’minlaydigan
mobil
texnologiyalarni rivojlanishining yangi bosqichi hisoblanadi. 5G
standartini
ishlab
chiqishda,
ravshanki,
LTE
va
HSPA
texnologiyalarining takomillashtirilgan imkoniyatlarini, shuningdek
aniq bir vazifalarni echishga mo‘ljallangan boshqa radioulanish
texnologiyalarini hisobga olish zarur bo‘ladi [7,32-35].
5Gning imkoniyatlari mobillik va yangi texnologiyalarga
bo‘linadi. Ko‘plab tahlilchilarning fikricha, mobillik yangi dunyoning
katalizatori bo‘ladi. Biznes-landshaftni o‘zgartiradigan vositalarini
muhokama qilish bilan “kuchlarning tutashib ketishi” atamasini
ishlatish taklif qilinadi, bunda hazirda mavjud bo‘lgan to‘rtta asosiy
texnik trendlar – ijtimoiy o‘zaro ta’sirlashish, mobil texnologiyalar,
bulutlar va ma’lumotlarga ulanishning konvergensiyalanishi ko‘zda
tutiladi. Bunda bulut orqali real vaqtda olinadigan yangi ma’lumotlar
hajmlari vujudga keladi. Bunday almashinuvni ta’minlash uchun mos
tarmoq zarur bo‘ladi.
Texnologiya
nuqtai
nazaridan,
5G
bu
barcha
yangi
imkoniyatlarni ishlatilishining bog‘lanishini ta’minlaydi. Bunday
tarmoq tuzilmaining alohida fragmentlarini birlashtirish uchun 5G
jarayonlarni boshqaradigan insonlarga bog‘liq bo‘lmagan holda zarur
tarmoq bog‘lanishlarini ta’minlashi kerak. SHunday qilib, 5G
121
dunyodagi insonlar, jarayonlar, ma’lumotlar va ob’ektlarni keng
qamrab oladigan Internetga birlashtirishda asosiy omil bo‘lib qoladi.
NSN taxminlariga ko‘ra, 5G tarmoqlari 2010 yidagiga
taqqoslaganda 2030 yilgacha tarfikning 10000-karrali ortishi bilan
ishlashi kerak. Bu davrda kutiladiki, “aqlli” shaharlar, uylar va
energiya tarmoqlaridagi ulangan qurilmalrning soni foydalanuvchilar
qurilmalari sonidan 10-100 marttaga ortiq bo‘ladi. Yakuniy hisobda
turli xil servislar, foydalanish ko‘rinishlari va talablarini ta’minlashi
zarur bo‘ladigan taxminan 50 milliard qurilmalar paydo bo‘ladi.
Umuman olganda hisoblash mumkinki, 5G standarti maishiy
asboblardan boshlab sanoat korxonalarigacha keng qo‘llanilish
sohalari diapazoni muammolarini echish va turli talablar uchun
mo‘ljallangan texnologiyalar integratsiyalangan to‘plami hisoblanadi.
5G tavsiflaridan biri tasdiqlaydiki, bu mavjud oldingi avlodlar
texnologiyalarining o‘rnini bosadigan emas, balki to‘ldiradigan
organik integratsiyalangan radioulanish texnologiyalari to‘plami
hisoblanadi. Binobarin, ular aniq bir ko‘rinishlar va ma’lum maqsadlar
uchun yangi yechimlar bilan to‘ldiriladi.
Mobil tarmoqlarning arxitekturasi 5G standartga o‘tish bilan
to‘liq o‘zgaradi, binobarin, “sotali aloqa” tushunchasi yo‘qoladi,
chunki mobil tarmoqlarning tuzilmasi sotali bo‘lmay qoladi. Yangi
tarmoq
o‘ta zich, masshtablanadigan (ko‘lamlashtiriladigan)
servislarni istalgan vaqtda har qanday joyda ta’minlaydigan o‘ta zich
bo‘ladi.
Ma’lumki, zamonaviy mobil aloqa tarmoqlari sotalarni, ya’ni
qamrab olish zonalarini shakllantiradigan bazaviy stansiyalardan
tashkil topgan. Bir-birlari bilan yonma-yon turadigan bazaviy
stansiyalar tarmoqning qamrab olish zonasini shakllantiradi. Mobil
tarmoqlarda yacheykalardan tashkil topgan 5G arxitekturasi
qurilmalardan tashkil topgan arxitekturaga almashtiriladi. Tarmoq
arxitekturasining markaziy elementlari bazaviy stansiyalar o‘rniga bir-
birlari bilan to‘g‘ri ulanadigan mobil qurilmalar va serverlar bo‘ladi.
Bunday tizimda qurilma (mashina yoki inson) turli jinsli
kommunikatsion tugunlar orqali ko‘p sonli ma’lumotlar oqimlari bilan
almashishi mumkin bo‘ladi.
Ishlab chiquvchilar 5G tarmoqlardagi qurilmalar bir necha
chastotalar diapazonlarida bitta tarmoqni ma’lumotlarni olish,
boshqasini esa ma’lumotlarni uzatish uchun foydalanish bilan parallel
ishlay olishi mumkinligini ko‘zda tutishmoqda. Yakunda mobil
122
tarmoq uning ishlash zonasida bo‘lgan har bir mobil qurilmalarning
so‘rovlaridan kelib chiqish bilan “qayta sozlanadi”.
O‘tkazish qobiliyatini oshirilishini ta’minlaydigan bir necha
antennalar yordamida bir vaqtda ma’lumotlarni uzatilishi va qabul
qilinishini tashkil etadigan MIMO texnologiyasi, tadqiqotchilarning
ko‘zda tutishlari bo‘yicha tez tarqala boshlaydi. Bu o‘z navbatida,
baland binolar tomlariga o‘rnatiladigan antennalar tizimlarining
o‘lchamlari ortishiga olib keladi.
5G@Europe sammitida Evropa qo‘mitasi 5G Public-Private
Do'stlaringiz bilan baham: |