Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent



Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/137
Sana29.12.2021
Hajmi3,49 Mb.
#80759
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   137
Bog'liq
«SIMSIZ ALOQA TIZIMLARI VA DASTURLARI»

LTE  tarmoqlaridagi  xizmatlar.  Yanada  ko‘p  xilma-xil 
xizmatlarni 
taqdim 
etilishini 
ta’minlaydigan  yangi  tarmoq 
texnologiyalarini 
rivojlantirish 
jahon 
telekommunikatsion 
hamjamiyatiga  xizmatlar  sifati  va  ularni  boshqarish  tizimi 
masalalariga aloqa xizmatlarini taqdim etish raqobat bozorini samarali 
rivojlantirishning  eng  muhim  yo‘laridan  biri  sifatida  qarashga 
majburlaydi. 
 Aloqa  xizmatlar  sifati  (QoS,  Quality  of  Service)  tushunchasi 
Xalqaro  elektr  aloqa  ittifoqi  tomonidan  rasman  E.800  tavsiyalarida 
(yana  umumiy  foydalanishdagi  telefon  tarmoqlari  va  integral  xizmat 
ko‘rsatish  raqamli  tarmoqlariga  qo‘llaniladigan)  tasdiqlangan  va 
foydalanuvchilarni 
aloqa 
xizmatlaridan 
qoniqishi 
darajasini 
aniqlaydigan  xizmat  ko‘rsatish  parametrlaridan  yig‘indi  samara 
sifatida tushuniladi. 
Sifatni  boshqarish  tizimi  bu  xizmatlar  sifatini  o‘rnatilgan 
talablarga  mos  kelishini  ta’minlaydigan  parametrlar  va  mexanizmlar 
birligi  hisoblanadi.  Bunday  tizimni  kiritilishidan  maqsad  xizmatga 
talabni  oshirish  uchun  taqdim  etilgan  xizmatdan  foydalanuvchini 
qoniqishini maksimallashtirish hisoblanadi. 
Mobil 
aloqa 
tarmoqlarida 
sifatni 
boshqarish 
tizimini 
rivojlantirishni 
boshlanishini 
ma’lumotlarni 
paketli 
uzatish 
imkoniyatili  modifikatsiyalangan  GSM/GPRS  tarmoqlari  uchun 


118 
 
mo‘ljallangan  mos  Rel’97/98  reliz  chiqarilgan  1997  yilni  belgilash 
kerak  bo‘ladi.  Xizmatlar  sifatini  ta’minlash  asosida  bo‘lishi  mumkin 
xizmatlar  va  ularni  taqdim  etish  usullariga  nisbatan  foydalanuvchi 
yoki 
terminalning 
joriy 
holatini 
tavsiflaydigan 
parametrlar 
to‘plamidan  iborat  bo‘lgan  PDP-nimmatn  (PDP,  Packet  Data 
Protocol)  tushunchasi  yotadi.  FTni  bazaviy  paketli  tarmoq  bilan 
ulashda  IP-paketlarni    FTlar  va  turli tarmoq  tugunlari  orasida  uzatish 
uchun  mantiqan  aloqani  o‘rnatish  maqsadida  to‘g‘ri  va  teskari 
yo‘nalishlarda PDP-nimmatnni aktivlashtirish bo‘lib o‘tadi. 
Dastlab  Rel’97/98  relizga  muvofiq  bitta  terminalga  bitta  PDP-
manzilga  bitta  PDP-nimmatnga  ega  bo‘lishga  ruxsat  etildi.  Keyin 
uchinchi  avlod  mobil  tarmoqlari  konsiepsiyasini  ishlab  chiqishda 
yangi 
talablarni 
ta’minlash  uchun  PDP-nimmatnning  yangi 
konsepsiyasi,  aynan  bitta  PDP-manzilga  xizmat  ko‘rsatish  sifati  o‘z 
profillariga  ega  bo‘lgan  bir  necha  PDP-nimmatnlardan  foydalanish 
imkoniyati  rivojlantirildi.  Bunda  mos  PDP-manzil  uchun  ochiladigan 
birinchi PDP-nimmatn birlamchi nimmatn, o‘sha i PDP-manzil uchun 
ochilgan  keyingi  PDP-nimmatnlar  esa  ikkilamchi  nimmatnlar 
deyiladi.  Lekin  ikkilamchi  PDP-nimmatnlarning  ishlatilishi  ular 
birlamchi  PDP-nimmatn  APN  tarmog‘iga  ulanish  nuqtasi  bilan 
bog‘lanishini talab qiladi.   
Bunday  boshqarish  tuzilmasini  qurishning  asosiy  g‘oyasi  PDP-
nimmatn 
parametrlariga 
muvofiq 
xizmat 
ko‘rsatish  sifatini 
darajalashtirish  hisoblanadi.  Shunday  qilib,  abonentning  bitta  PDP-
nimmatnni birga ishlatadigan barcha ilovalari  bir xil xizmat ko‘rsatish 
profiliga  ega  bo‘ladi.  Bir  xil  xarakteristikalarli  bir  necha  oqimlar 
xizmat ko‘rsatish sifati birgalikdagi profilini hosil qiladi. Uzatiladigan 
paketlarni  QoS  talablariga  muvofiq  darajalashtirilgan  qayta  ishlash 
uchun  bitta  FTga  ham  birlamchi,  ham  ikkilamchi  nimmatnlar 
aktivlashtirilishi  kerak.  PDP-nimmatnlarni  tashkil  etishga  misol     
2.19- rasmda keltirilgan. 
Foydalanish  xizmatlari  bozorining  rivojlanishi,  avvalo,  paketli 
rejimda  taqdim  etiladigan  xizmatlarning  ortishiga  bog‘liq.  SHu  bilan 
birga,  aytib  o‘tilganidek,  uchinchi  va  to‘rtinchi  avlod  mobil 
tarmoqlarda  xizmatlarni  uzatish,  shu  jumladan  nutq  so‘zlashuvlari 
kanallar  kommutatsiyalanishida  mavjud  emas,  nutqni  paketli 
uzatilishining  ishlatilishi    VoIP  (Voice  over  IP)  yoki  PoC  (Push-to-
talk over Cellular) texnologiyalariga asoslanadi. 
Nutqni  paketli  uzatilishi  bilan  bir  qatorda  asosiy  xizmatlar 


119 
 
quyidagilar hisoblanadi: 
- internet fayllarni uzatish (web-browsing); 
- elektron pochtani etkazish; 
- multimediali xabarlar (MMS, Multimedia Messaging Service), 
shu jumladan, multimediali uzatish; 
- oqimli video (streaming); 
- real vaqtdagi interaktiv o‘yinlar. 
 

Download 3,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish