339
Xalifa (arab. — o‘rinbosar, noib) — musulmon jamoasi va musulmon
davlatining diniy hamda dunyoviy boshlig’i. Xalifa Muhammad payg’ambar
(sav)ning o’rinbosari, ummaviylar davridan boshlab esa Allohning yerdagi noibi
hisoblangan. Muhammad (sav)dan kеyingi to’rt X. (Abu Bakr Siddiq, Umar, Usmon,
Ali)ni xulafoi roshidin, ya'ni to’g’ri yo’ldan boruvchi xalifalar dеb atashgan.
Abbosiylar, fotimiylar sulolasidan bo’lgan hukmdorlar xalifa nomi bilan atalgan.
Xiroj, xaraj (arab.) — Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida, jumla-dan, O’rta
Osiyoda davlat tomonidan undirilgan yеr solig’i. Xiroj ilk Xalifalik hududida «jizya»
atamasining sinonimi sifatida qo’llanilib, musulmon bo’lmagan aholi bilan bir
qatorda yеr, suvga ega bo’lgan musulmonlardan ham undirilgan. Xiroj O’rta Osiyoda
VII-asrda arablar tomonidan joriy qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: