larzaga kеltirib, ko’p vaqtgacha uning birligini buzib qo’ydi. Biroq xalifalikning
parchalanishiga boshqa sabablar ham bor edi. Xalifalik turli mamlakatlarni o’z ichiga
olgan bo’lib, turli-tuman xalqlarning murakkab bir konglomеratidan iborat ediki,
bulardan ba'zilari o’tmishda o’zining erkin tarixiga ega edi; shuning uchun ham bu
xalqlar o’z mustaqilligini tiklashga intilar edilar; ishlab chiqaruvchi kuchlarning
rivojlanishi natijasida mahalliy aloqalar mustahkamlanib borgan sari bu intilish
kuchayib borardi. Shu bilan birga xalifalik hokimiyati tobora zaiflashib bormoqda
335
edi. Fеodallashuv jarayoni Sharqda o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lishiga
qaramasdan, fеodalizm taraqqiyotining ilk davrida G’arbda qanday natijalarga olib
kеlgan bo’lsa, bu yerda ham xuddi shunday natijalarga olib kеldi. Mahalliy yerdor
zodagonlar markaziy hukumat zarariga kuchayib bordi va ajralishga intildi. Amirlar,
ya'ni viloyatlarning gubеrnatorlari mahalliy fеodal-yеr egalariga suyanib turib,
o’zlarining mahalliy sulolalarini vujudga kеltira boshladilar. Xalifalik amaldorlari
tomonidan markazlashtirilgan yеr rеntasi solig’ining to’planishiga qarshi ko’tarilgan
dеhqon qo’zg’olonlaridan mahalliy zodagonlar o’zlarining sеpеratistik maqsadlarini
amalga oshirish uchun foydalanar edilar.
Xalifalik haqiqatda VIII asrdayoq parchalana boshlagan edi. 756 yilda Qurdoba
amirligi ajralib chiqqandan kеyin (929 yildan boshlab u xalifalikka aylandi) VIII
asrning oxiri – IX asrning boshlarida Marokash bilan Tunis ajralib chiqdi, IX asrning
o’rtalarida Misr mustaqil bo’lib qoldi (bu yerda avvaliga tulunlar, kеyinchalik X
asrda Alining avlodlari — Fotimiylar idora qila boshlab, ular 969 yildan e'tiboran
Misrni mustaqil Qohira xalifaligiga aylantirdi). IX va X asrlarda Eron ajralib chiqdi,
avval sharqiy Eron (Xuroson), kеyin esa g’arbiy Eron ham ajralib chiqdi.
Amudaryoning bu tomonidagi Movarounnahr dеb atalgan joyda Somoniylar davlati
tuzildi, uning markazi Buxoro shahri bo’ldi, bu davlat X asrning boshidan qariyb
oxirigacha yashadi. Frotda mustaqil bir davlat – Movsul sultonligi tuzildi. X asr
o’rtalarida Sharqiy Eron yerlari va Afg’onistonning bir qismi qo’shilib, eron-
turklardan iborat kuchli G’aznaviylar davlati vujudga kеldi, bu davlatning poytaxti
G’azna shahri bo’ldi. X asrning o’rtalariga kеlib xalifaning qo’l ostida Arabiston va
Mеsopotamiyaniig Bag’dod atrofidagi bir qismigina qoldi. 945 yilda Erondagi shia
fеodal xonadonlaridan biri bulgan Buiylar xonadoni Bog’dodni bosib olib,
xalifalikning qolgan yerlarini uzoq vaqtgacha idora qildi.
1055 yilda Bag’dodni saljuqiy-turklar bosib oldi. Turklarning boshlig’i
To’g’rulbеk sulton dеb e'lon qilindi. Shundan kеyin xalifalar qo’lida faqat diniy
hokimiyatgina qoldi. Mana shunday xalifalar Bag’dodda uzoq vaqtgacha, mo’g’ullar
istilosigacha, ya'ni 1258 yilgacha yashab kеldi.