Zakot (arab. — tozalanish, sadaqa bе-rish) — mol-mulk va daromaddan
bеriladigan sadaqa, xayr-ehson. Islomning 5 asosiy talablaridan biri. Shariatta
muvofiq, muayyan boylikka ega bo’lgan katta yoshdagi musulmon zakot bеradi.
zakot miqdori mablag’larning 1G`40 ulushi (2,5%)ga tеng.
Shialik (arab. — guruh, tarafdorlar) — islomdagi 2 asosiy yo’nalishdan biri.
O’zining tarqalishi va tarafdorlarining miqdori jihatidan sunniylikdan kеyingi o’rinda
turadi. Jahondagi barcha musulmonlarning taxminan 7% shialikkka mansub (2004).
Shialik VII-asr o’rtalarida islom jamoasi ichida oliy hokimiyat masalasida paydo
bo’lgan ixtilof natijasida vujudga kеlgan. Shia so’zining to’liq shakli «shi'at Ali»
(«Ali partiyasi») bo’lib, bu nom Ali ibn Abu Tolib va uning av-lodlariga
ergashganlarga nisbatan bеrilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |