Karpsimonlar turkumi. Tana skeleti suyakdan iborat. Bu
turkum
ning vakillari barcha suv havzalarida keng tarqalgan bo‘lib,
bir necha yuzlab turlarni o‘z ichiga oladi. Biz tanishib chiqqan
zog‘orabaliq ham shu turkumga kiradi. Orol dengizi, Zarafshon,
Amudaryo va Sirdaryo havzalarining daryo va ko‘llarida uchray-
digan mo‘ylov baliq; tog‘ daryolari va soylarda tarqalgan qora
baliq; Orol dengizi sohillarida, Sirdaryo, Amudaryo va Zaraf-
shonning quyi oqimida yashaydigan moybaliq va oqcha baliq,
shuningdek, Orol dengizi va unga quyiladigan daryolarda uchray-
digan laqqa ham shu turkumga kiradi. O‘rta Osiyo suv havzala-
riga Uzoq Sharq daryolaridan oq amur va xumbosh baliq keltirilib
iqlimlashtirilgan (68-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |