O`rta osiyo suv omborlari va ularning ekologik tizimga ta`siri
Hozirda suv resurslaridan keng miqyosda foydalanishning tashkil qilishni suv omborlarisiz tasavvur qilish qiyin emas.
Orol dengizi xavzasida hajmi 10 mln. m³ dan katta bo`lgan suv omborlarining soni 65dan ortdi. Ulardagi suvning umumiy hajmi 65 kub.km, ya`ni mavjud suv resurslarining 50%dan ziyod bo`lib, havzadan 90 kv.km.dan ortiq suvdan doimiy foydalanish kafolatini beradi. Bu suv omborlarida to`planadigan suvning umumiy sathi 4000 kv.km. bo`lib umumiy sug`oriladigan maydonning 6 %ini tashkil qiladi.
Mavjud suv omborlarining 40 tasi Sirdaryo va Amudaryo hamda ularning irmoqlarida qurilgan bo`lib, ularning umumiy hajmi 58 kub.km.dan ortiqdir. Suv omborlarning soni va hajmi qurilgan hamda qurilayotganlari bilan cheklanib qolmaydi. Sel oqimi xavfi bor soy va kichik daryolarda sel-suv omborlaridan tashqari va suv quvvatidan maqsadli maqsadli foydalanish uchun Pskem, Norin, Chotqol, Zarafshon va boshqa daryolarida bundan suv omborlarini qurishni taqazo qiladi.
Ko`p xollarda suv omborlari aniq, hisobli inshoat xisoblanib, ularning tashqi muhitga ta`siri ham aniq yo`nalishlardan iborat bo`ladi.
Suv omborlari sun`iy suv bosimi hosil qilish bilan birga mavjud suv bosimi hosil qilish bilan birga mavjud suv oqimining o`zgarish jarayoni iste`molchi talabiga moslashtiradi.
O`zbekiston Respublikasi xalq xo`jaligi qurilishi talablariga muvofiq turli-tuman tuzilishiga ega bo`lgan to`g`on, suv tashlagich, suv o`tkazgich va suv quvvatidan foydalanishni amalga oshiradigan inshootlar quriladi. Ularning oldida tabiiy botiqlik yoki daryo o`zanidan har xil ko`rinishdagi suv havzasi barpo qilinadi. Yuqori keltirilgan turli qurilmalar ba`zida to`liq hisoblanmagan holda qurilganda katta xavfga ega bo`lgan holatlarga olib keladi. Bunga aniq misol tariqasida Sardoba suv omborini keltirish mumkin.
Suv omborlari bir aniq inshoot bo`lsada uning Respublika ekologik tizimiga ta`siri turli xil bo`ladi.
Avvalo suv omborlarining o`z suv iste`molchisi (masalan Sirdaryo yoki Toshkent viloyati) bo`lib, u daryo suv oqimlari sarfini kamaytiradi, oqim tartibini va suv sifatini o`zgartiradi.
Tabiiy geostatik va gidrostatik muvozanatni buzib, seysmik xodisalarni (Sirdaryo, “Sardoba”) yuzaga keltiradi.
Sun`iy suv xavzasi tashkil qilib ma`lum maydonni suv ostida qoldiradi, bu maydonda o`simlik va hayvonot dunyosining yashash sharoitini o`zgartiradi, to`g`on va daryo o`zani bo`ylab baliq, xarakatiga to`siq bo`ladi.
Sun`iy suv havzasining atrofida o`ziga xos mikroiqlim va faunalar dunyosini paydo qiladi.
Ombordagi suvning sizilishi va shimilishi natijasida chegaradosh maydonlarda (axoli yashaydigan manzillar bilan birga) zaxlashni vujudga keltiradi.
Suv xavzasi qirg`oqlarida yimirilish jarayoni va ular xosilasi daryo loyqalari bilan birga ikkilamchi cho`kindi tog` jinslarini, tuzlarni (eriydigan va erimaydigan) paydo qiladi. (Masalan Kattaqo`rg`on suv omborida)
Suv omborlarida ishlatiladigan metall, beton, qorishmalar va temirbeton konstruktsiyalarning chirishi jarayonini keltirib chiqaradi.
Ombor suvining ishlatilishi davrida uning qurigan qismi chang-to`zon ko`tariladigan xavfli maskanga aylanadi (masalan, Orol ko`li qurigan xavzasidan ko`tariladigan tuzli to`fon ta`siriga o`xshash).
Yangi qurilayotgan suv omborlarida qurilish ishlarini olib borish jarayonida tabiiy landshaft va havo tarkibi buzilishi mumkin bu esa ekologik muvozanatni yo`ldan chiqaradi.
Suv omborlarining tabiiy daryo oqimi tartibini iste`molchi talabiga moslanib suv balansida yangi sarf manbai xosil bo`ladi. Bunday sarf asosan suvning bug`lanishi, shimilishi, sizilishi va ombordagi “o`lik” hajmini xosil qilish hisobiga yuzaga keladi. Shu sababli ombordagi “o`lik” xajmni hisoblash, asosan suvning bug`lanishning noto`g`ri ekanligi olimlarning ko`p xollarda qayta ilmiy baxslarga olib kelmoqda.
Orol xavzasida joylashgan suv omborlaridan befoyda sarflanadigan suv miqdori O`rta Osiyo gidrometrologiya ilmiy tekshirish ishlarida batafsil o`rganilgan va hozir ham o`rganilmoqda. Masalan, Qozog`iston va O`zbekiston davlat raxbarlari Orol xavzasidagi ekologik xalokatlarning oldini olish maqsadida katta va ilg`or agrotexnika ishlarni amalga oshirishmoqdalar. Shu yo`nalishda ming-minglab gektar qumli-tuzli yerlarga saksovul ekish, qumli-tuzli to`fonlarga qarshi ilmiy asosan jadal ishlar bajarilmoqda.
Hozir butun dunyo ekologlarining qo`shma ilmiy anjumanlarida mavjud suv omborlaridan Tuyamo`yin, Chordara va Qoraqum kabi uchta eng katta suv omborlaridagi suv miqdoridan tejamli foydalanish asosiy kun tartibiga qo`yilgan va masalaning yechimini toppish xar bir xo`jalikning ma`sulyatiga qo`yilgan.
Tog`li mintaqalarda joylashgan suv omborlarida erigan tuzlarning o`rtacha yillik miqdori ilgari ilmiy ishlarda nazarda olinmas edi, hozirgi ekologik talablarga ko`ra ushbu suv omborlarida, masalan Angren, To`polon va boshqa mintaqalarda suvning tuzlanish miqdori ilmiy asoslangan holda ekologiya va faunaga ta`sirini o`rganish lozim bo`lmoqda [6]
O`zbekiston Respublikasi Tekisliklaridagi suv omborlaridagi Tuyabo`g`iz, Kattaqo`rg`on, Surxon, Pachkamar, Kampirobod, Sardoba va boshqa mintaqalardagi suv xavzalaridagi suvning bug`lanishiga sarfi katta bo`lganligi tufayli unda erigan mineral tuzlar va erimaydigan tuzli birikmalar miqdori 10-15%gacha ortdi va ortmoqda bu esa o`lkamizdagi ekologlar oldiga yangi masulyatli vazifalarning qo`yilishi shart va savollar yechimini topishyanada muxim.
Tog` va tog` bag`rilarida joylashgan katta chuqurlikka ega bo`lgan suv omborlaridan suv chiqarish inshootlarining joylashishiga qarab quyi biefdagi suv xarorati sezilarli daraja (t=2-6 °Cga)pasayishga olib keladi, bu esa o`z navbatida, o`simliklar vegetatsiya davrining birinchi yarmidagi ularning o`sishi va rivojiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Ikkinchi jaxon urushi oxirlarida (1945-1955 yillarda) sun`iy suv omborlari va yer osti qatlamlariga suvni singdirishi (yutdirishi) yer qimirlash hodisalarini yuzaga keltiriish mumkinekanligi aniqlangan edi(4)
Bu tabiiy ofatlarning asosiy sabablaridan biri xisoblangan gidro – va geostatic tabiiy muvozanatning buzilishi ilmiy tekshirish ishlarida qayd qilingan[3].
Kolorado(AQSH) balandligi dengiz sathidan b=221 m bo`lgan Guver to`g`oni bilan qurilgan Mid suv omborida suv sathi 100 m.ga yetishigacha 600 marta 5 ballik yer qimirlash sodir bo`lgan. Afrikada Zambezi daryosida qurilgan Karida to`g`on balandligi b=125 m, Xitoyda Sin`fin daryosida qurilgan to`gon balandligi b=105 m, Hindistondagi Kayna daryosidagi suv ombori balandligi b=103 m, Pokistondagi Jerun daryosidagi Mangla to`g`oni balandligi b=115 m, Gretsiyagagi Axilos daryosida qurilgan suv ombori Kremasta b=145 m, Fransiyadagi Drak daryosidagi suv ombori Montayner b=155 m, Yaponyadagi Kurabe daryosidagi to`g`on balandligi b=186 m, vas hu kabi suv omborlarda yer silkinishi 6-7 ballik Rixter shkalasi bo`yicha kuzatilgan[4.5]
Sobiq SSSRda qurilib ishga tushirilgan suv omborlarning o`zi joylashgan maydon tabiiy sharoitiga tairi xaqida aniq va mukammal ma`lumotlar keltirilmagan. Bu xaqda faqat Tojikiston Respublikasidagi Baxsh daryosida qurilgan Nurek suv ombori (1967 y. to`g`on balandligi b=300 m, suv hajmi Vc=10.5 kub.km) to`g`risida ayrim ma`lumotlar to`plangan. Nurek suv omboridagi seysmik jarayon suv chuqurligi b=40 metrga yetganda boshlagan. Agar suv ombori qurilishi davrda 3 oy Ichida o`rtacha 26 tebranish ro`y bergan bo`lsa, 1973 yilning 3 oyida 133 ta tebranish sodir bo`lgan va ularning asosiy qismi suv omborni to`ldirish davrida to`g`ri kelgan.
Chorvoq, Andijon, Qayroq suvomborlari ta`sir maydonlarida ham bir-ikki kuchli (Toshkent, Qayroqqum, O`zgan zilzilalari) va bir nechta kuchsiz yer qimirlash xodidasi sodir bo`lgan. Ammo uning suv omborlari qurilish va uning ishlashiga bog`liqligi to`la o`rganilmagan.
O`rta Osiyodagi eng katta suv ombori Tojikistondagi 10 mlrd.m3 hajmdagi Ragun dengiz sathidan 900 m balandlikda joylashgan.
Suv omborlarini qurish va ishlatish ular joylashgan xudud tabiiy sharoitiga ham kuchli ekologik ta`sir ko`rsatadi. Masalan past-tekisliklarda joylashgan sayoz suv omborlari yozning havo haroratini t=0.7-1.2 darajagacha pasayishiga chuqur va katta xajmdagilari esa qishda suvning t=2.5-3 °C gacha ilishiga sabab bo`lishi mumkin! Bu xolda suv omborining qish havosining ilishiga ta`siri uning chuqurligi va xajmiga mutanosib ravishda ortib boradi.
Yuqorida qayd qilingan omillar kelib chiqqan xolda quyidagi xulosalarni keltirish lozim bo`ladi.
O`simliklarning bir qismi va u yerdagi hayvonot dunyosi suv tagida qolib butunlay yo`qoladi.
Qurilish ishlarini olib borish jarayonidagi, portlashlar, shovqin-suronlar faunalarning yashash joylarining o`zgarishiga olib keladi.
Tabiiy landshaft o`rniga yangi maskan, ekologik tizimining paydo bo`lishiga olib keladi.
Suv omborlarini qurishdan oldin dunyodagi seysmik va ekologik tizimlarni sinchiklab o`rganish ham farz va qarz hisoblanadi, bu hisoblab chiqish ishlari ilmiy va amaliy asoslangan bo`lishi samaradorlikka olib keladi.
Adabiyotlar
QMQ 3.07.02-96 “Dary ova suv omborlaridagi gidrotexnika inshoatlari” T., 1996
Bergan R.I., “Инженерные конструкции” М., 1992
I.M. Elshin “Строително об охране окружалошей природной среды. М., Стройиздом ” .1996
Avakiyan A.Bidr. “Водохранилиша мира” М, 1998 y
L`vovich M.I Вода и жизнь. М., 1996 yil
Mirzayev S.SH. “Suv xo`jaligi va ekologiya”. T., 1997 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |