41-rasm. O‘rgimchaksimonlar:
1 – falanga; 2 – chayon; 3 – qoraqurt; 4 – qoraqurt ini
3
1
4
2
19-§. O‘rgimchaksimonlarning xilma-xilligi
O‘rgimchaklar. O‘rgimchaklarning ko‘pchilik turlari yirtqich
bo‘lib, pashsha, chivin kabi hasharotlarni qirib foyda keltiradi. Ular-
dan qoraqurt va biy zaharli hisoblanadi.
Qoraqurt O‘rta Osiyo, Kavkaz va Qrimning dasht va cho‘llari-
da uchraydi (41-rasm, 3). Yosh urg‘ochi qoraqurtning qorni ustida
qizg‘ish dog‘lari bo‘ladi. Qoraqurt tuproqdagi chuqurchalar usti-
ga, toshlar ostiga tutqich to‘r to‘qiydi. To‘riga tushgan chigirtka,
qo‘ng‘iz, qandala va boshqa hasharotlar bilan oziqlanadi. Uning za-
hari odam uchun xavfli, tuya va otlarga, ayniqsa, kuchli ta’sir etadi.
Biy eng yirik (3–4 sm) o‘rgimchak bo‘lib, tuproqda, chuqurligi 60
sm gacha bo‘lgan tik inda yashaydi. Tunda inidan chiqib hasha-
rotlarni ovlaydi.
71
Do'stlaringiz bilan baham: |