Falangalar. Ular o‘rgimchaksimonlar orasida eng yirigi bo‘
lib,
asosan issiq va quruq iqlimda hayot kechiradi. O‘rta Osiyo cho‘llari-
da keng tarqalgan yirik sariq falanganing kattaligi 6–7 sm ni tashkil
etadi.
Falanganing tanasi bosh, ko‘krak va qorin qismlaridan iborat
(41-rasm, 1). Boshida bir juft ko‘zi va og‘iz organlari (jag‘lari)
joylashgan. Jag‘lari o‘tkir tirnoqqa, oyoq paypaslagichlari esa yu-
rish oyoq
lariga o‘xshaydi. Sariq falanga yirtqich bo‘lib, kechasi
ovga chiqadi. U turli hasharotlar, mayda sudralib yuruvchilar bilan
oziqlanadi. Uning zahar bezi bo‘lmaydi. Falanga zararkunanda ha-
sharotlarni qirib foyda keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |