“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
259
1-rasm. Zaryadli aloqa qurilmasining ishlash prinsipi. a) ZAQ ning ishlash
prinsipini tushuntirish
chizmasi; b) Zaryadni injeksiyalashni tushuntiruvchi chizma.
ZAQ ning fizik tuzilishiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, metall, dielektrik va yarim o’tkazgich
plastinkalar ko’rsatilgandek (rasm) joylashtirilsa, bizga ma’lum MDP kondensatori hosil bo’ladi.
2-rasm. ZAQ ning fizik tuzilishi.
Agar unga rasmda ko’rsatilganidek qilib kuchlanish manbai ulansa, u holda kondensatorda hosil
bo’lgan elektr maydon ta’sirida, zaryadning asosiy tashuvchilari metal elektrod tomon intilishi
kuzatiladi. Agar tashqi manba qutblari o’zgartirilsa, zaryadlarni tashuvchi, aksincha, yarim o’tkazgich
qavatida o’zlarining harakatchanliklarini yo’qotib, tashqi ta’sirga befarq qoladi. Yarim o’tkazgich
noo’tkazgichga aylanadi. Elektrod tagidagi muhit chegaralangan
bir hajmni tashkil qiladi, uni biz
potensial o’ra deb ataymiz. Bu o’ra, rasmda tushuntirishga qulay bo’lishi uchun,
kristalning
ko’ndalang kesimiga nisbatan shartli ko’rsatilgan. Agar tashqaridan biror yo’l bilan boshqa turdagi
zaryadlarni tashuvchi potensial o’raga tushirilsa, ular bu muhitda avvalgi
zaryad tashuvchilarga
o’xshab o’ta harakatchan bo’ladilar. Sistemada aylanish hosil bo’ladi, ya’ni kristalda o’tkazuvchining
turi o’zgarmagan holda zaryadni olib yuruvchi bir turdan ikkinchi turga aylanadi. Masalan, n- turdan
r-turga. Agar shu kristalga yana bir elektrod o’rnatilsa va ikki elektrod orasidagi masofa 1 mkm dan
kam olinsa, ular orasida boshqariladigan o’zaro aloqa paydo bo’ladi. Ya’ni birinchi potensial o’raga
tashqaridan kiritilgan zaryadlar ikkinchi o’raga oqib o’tishi mumkin.
Agar o’ralar soni ko’paytirilsa u holda zaryad to’plami birin-ketin o’radan-o’raga o’tishini elektr
maydoni orqali boshqarish mumkin. Bu jarayonni quyidagicha tushuntiramiz.
Agar elektrodlarga ulangan potensiallar qiymati aytib o’tganimizdek ulansa, u holda birinchi va
ikkinchi o’ralar orasidagi aloqa hosil bo’ladi. Birinchi o’radagi zaryad tashuvchi birinchi va ikkinchi
potensial o’ra oralig’ida daydi harakatda bo’ladi. Uchinchi elektrodda potensial bo’lmaganligi sababli
unda o’ra hosil bo’lmaydi va oldingi elektrodlar bilan keyingi elektrod o’rtasida sun’iy devor vujudga
keladi.
Agar qo’shni elektrodlarda kuchlanish qiymati bir xil bo’lsa, maydonlarning bir-biri bilan
kesishish nuqtasi darajasida to’siq olinadi va ikkala potensial o’ra qo’shiladi.