“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
229
konsentratsiyali kobalt ferrit asosidagi magnitli suyuqlik magnitlanishining
magnit maydonga
bog’liqligi o’rganilgan.
Qurilmaning ishlash prinsipi elektromagnit induksiya qonuni asoslanadi[6]. 3 – rasmda tajriba
qurilmasining umumiy sxemasi keltirilgan. FL-1 rusumli (1) elektromagnit qutblari orasiga (3) to’rtta
induktiv g’altak va (4) Xoll datchigi oʻrnatilgan. (2) na’muna (5) kvars sterjenga mahkamlanib,
induktiv g’altaklar orasiga joylashtiriladi. Sterjen esa (6) tebratgichga mahkamlanadi va (7) tovush
generatori orqali ω – chastota va u
0
– amplitudali tebranish hosil qilinadi.
3 – rasm. Magnitlanishni oʻlchovchi tebranuvchi magnitometr qurilmasining umumiy sxemasi.
1 – elektromagnit, 2 – na’muna, 3 – induktiv datchik, 4 – Xoll datchigi, 5 – kvars sterjen, 6 –
tebratgich, 7 – tovush
generatori, 8 – kuchaytirgich, 9 – to’g’irlagich, 10 – ikki koordinatali O’YQ,
11 – alyumin disk, 12 – doimiy magnit, 13 – dinamik,
Natijada induktiv g’altaklarda quyidagi formula bilan aniqlanadigan induksion EYuK hosil
bo’ladi:
E = n·k·M·u
0
·ω
(1)
Bu yerda k va n – induktiv g’altakning geometrik o’lchamlariga bog’liq bo’lgan koeffitsient, va
o’ramlar soni, M – na’munaning magnit momenti, u
0
– tebranish amplutudasi, ω – tebranish chastotasi.
Bu signal U-2-6 yoki U-2-8 rusumli kuchaytirgich bilan kuchaytiriladi va to’g’irlagich orqali
oʻziyozar ikki koordinatali potensiometrning Y oʻqiga beriladi. Shu potensiometrning X oʻqiga Xoll
datchigidan kelayotgan magnit maydon kuchlanganligiga proporsional boʻlgan
Xoll EYuK signali
beriladi. Tajriba natijalari ikki koordinatali oʻziyozar potensiometrda keltirilgan masshtabda
magnitlanishning tashqi magnit maydoniga bogʻlanish grafigi hosil qilinadi. Dastlab tajriba xona
temperaturasida etalon
sifatida olingan nikelda, so’ngra na’munada o’tkaziladi. Bir xil sharoitda
olingan etalon va namunadagi signallar solishtiriladi va quyidgi formula yordamida na’munaning
solishtirma magnitlanishi aniqlanadi:
m
m
U
U
I
I
0
0
0
(2)
Bu yerda I
0
– etalonning solishtirma magnitlanishi, U va U
0
– na’muna va etalon hosil qilgan
induksion EYuKning amplutuda qiymati, m va m
0
– na’muna va etalonning massasi.
Olingan tajriba natijalari 4 – rasmning chap tomonida kukunsimon kobalt ferrit na’munasi uchun,
o’ng tomondagisi esa shu zarrachalarning turli hajmiy konsentratsiyada
tayyorlangan magnitli
suyuqlik uchun grafik ko’rinishida tasvirlangan. Rasmdan ko’rish mumkinki, na’munaning kukun
holatdagi to’yinish magnitlanishi, magnitli suyuqliknikidan katta. Buning sababi na’munalarning hajm
birligidagi domenlarning soni bilan bog’liq. Chunki kukun holatda na’muna
hajm birligidagi
domenlarining soni, kolloid ertima holatdagidan ancha kam bo’ladi, ya’ni bu son zarrachalarning
hajmiy konsentratsiyasiga bog’liq bo’ladi[4]. Qolaversa kobalt ferrit zarrachalari suvdagi turg’unligini