Jismoniy tarbiya – bu tarbiya faoliyati turi hisoblanib, spetsifik xususiyati
bo„lib, insonning har tomonlama garmonik rivojlantirish maqsadida jismoniy
madaniyat vositalaridan foydalanishni boshqarish jarayonidir.
Jismoniy tayyorgarlik - aniq bir kasbiy yoki sport faoliyati uchun zarur
bo„lgan harakat ko„nikmalarini shakllantirish va jismoniy qobiliyatlarini
(sifatlarini) rivojlantirish jarayonidir.
Jismoniy tayyorlanganlik - jismoniy tayyorgarlik natijasi bo„lib, erishilgan
ishchanlik qobiliyati, jismoniy sifatlarning rivojlanganlik darajasi va hayotiy zarur,
amaliy malaka va ko„nikmalarning shakllanganlik darajasida namoyon bo„ladi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik - turli faoliyat turlarida muvaffaqiyatga
erishishning dastlabki sharti bo„lib, jismoniy rivojlanish darajasini, keng qamrovli
harakat tayyorgarligini oshirishga yo„naltirilgan tayyorgarlikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |