GLOSSARIY.
Jismoniy madaniyat – jamiyat a‟zolari jismoniy kamolotga erishishini
maksadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun maxsus vositalar, metodlar va
sharoitlarni yaratish va ulardan ratsional foydalanish buyicha erishilgan
yutuklarning majmuasidir.
Jismoniy madaniyat - shaxs va jamiyat madaniyatining bir qismi bo„lib,
jamiyat a‟zolarining jismoniy kamolotga erishishlari uchun yaratilgan va
foydalaniladigan moddiy va ma‟naviy boyliklar majmuidir.
Jismoniy tarbiya – bu har tomonlama garmonik rivojlangan, jismonan
sog„lom, jismoniy kamolotga erishgan, ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalashga
qaratilgan pedagogik jarayon bo„lib, o„zida harakatlarni (harakat amallarini)
o„rgatish va jismoniy qobiliyatlarni (rivojlanishini boshqarish) tarbiyalashni
mujassamlashtirgan.