shakllanmagan holatda bo‘ladi. Yig‘ishtirish paytida don to‘liq fiziologik
pishmagan bo‘ladi. Donning to‘liq fiziologik pishishi, ya’ni uning texnologik va
donlik sifatlarining to‘liq shakllanishi ma’lum harorat va namlikda biroz vaqtdan
Donni yig‘ishtirgandan so‘ng ro‘y beradigan uning texnologik va donlik
xususiyatlarini kuchaytiradigan jarayonlar majmuasiga donning pishib yetilishi
Donning pishib yetilishi donning unuvchanligi va nafas olish tezligining
pasayishi bilan xarakterlanadi. Fiziologik pishib yetilgan donda fermentlar faolligi
jarayonlar pishib yetilish davrida davom etadi. Pishib yetilish davrida
Kleykovinaning sifati yaxshilanadi, yog‘ va lipidlar miqdori ortadi, erkin yog‘
kislotalar miqdori kamayadi. Oksidlanish-qaytarilish jarayonlari pishib yetilishi
Donni saqlash davrida pishib yetilishiga uning harorati va namligi, havoning
almashinuvi (aeratsiyasi) va don orasidagi havoning tarkibi muhim ahamiyatga
ega. Namlikning ahamiyati shundaki, donni saqlash davrida pishib yetilishida
sintetik jarayonlar gidrolitik jarayonlardan ustun turishi faqat donning namligi past
bo‘lgan sharoitda ro‘y beradi. Bundan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, donning to‘liq
pishib yetilishi uchun uning namligi kritik namlikdan past bo‘lishi maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Bu sharoitda yig‘ishtirilgan don yaxshi saqlanadi.
Donlarning to‘liq pishib yetilishi uchun 15-30
o
C harorat qulay hisoblanadi.
Donning to‘liq pishib yetilishi uchun ayniqsa O‘rta Osiyo mintaqasida tabiiy
qulay sharoit mavjud. Bu zonada omborlarga quruq va o‘rtacha quruqlikdagi don
massasi to‘kiladi va shu sababli omborlardagi don qulay sharoitda pishib yetilish
davrini o‘taydi.
Havo almashinuvi (aeratsiyasi) yaxshi bo‘lgan sharoitda donning pishib
yetilishi tezlashadi, kislorodsiz sharoitda esa aksincha, bu jarayon sekinlashadi. Bu
hodisa anaerob nafas olishda kuzatiladi, bunda pishib yetilish butunlay to‘xtaydi va
donning unuvchanligi pasayadi.
Donning fiziologik pishib yetilishini tezlashtirish va uni o‘tash uchun qulay
sharoit yaratish donning texnologik va donning sifat ko‘rsatkichlarini birmuncha
yaxshilashni ta’minlaydi. Donning pishib yetilishini ta’minlaydigan tadbirlardan
asosiysi uni quritishdir. Harorati 20
o
C dan yuqori bo‘lgan quruq havo yordamida
faol ventilyatsiya o‘tkazish samarali tadbirlardan hisoblanadi. Masalan, bug‘doy
donini 45
o
C da quritish eng yaxshi natija beradi.
Don pishib yetilish davrining davomiyligi o‘simlikning va navning irsiyat
belgisidir. Bug‘doy doni qulay sharoitda 1,0-1,5 oy mobaynida pishib yetilish
davrini o‘taydi. Sun’iy quritish bilan pishib yetilish davrini 2-3 haftagacha
qisqartirish mumkin. Javdarning pishib yetilish davri 10-15 sutka, suliniki 20
sutkagacha, arpaniki esa eng o‘zoq 6-8 oygacha davom etadi. Makkajo‘xori doni
quritilgandan so‘ng fiziologik to‘liq pishib yetilgan hisoblanadi.
Shunday qilib, donning fiziologik to‘liq pishib yetilishi murakkab jarayon
bo‘lib, unda bir qator bioximik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bu jarayonlarga donning
biologik va nav xususiyatlari, klimatik mintaqaning sharoitlari, don yetishtirish,
yig‘ish, yig‘ishdan keyingi saqlash texnologiyasi ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: