TUZ VA BALCHIQ KO‘LLARI. Bunday ko‘llar ahamiyati
nihoyatda katta bo‘lib, ular birinchidan turli tuzlar (galit, mirabilit) va
foydali elementlar – brom, bor, stronsiy kabi muhim kimyoviy xom-
ashyo manbai bo‘lsa, ikkinchidan namakobli suv va balchiqlari bilan
juda ko‘plab kasalliklarga, ayniqsa suyak-bo‘g‘im xastaliklari uchun
foydali hisoblanadi. Bunday ko‘llar O‘zbekistonda juda ko‘p bo‘lib,
faqat Amudaryoning quyilish qismida 20 ga yaqin shunday ko‘llar
aniqlangan. Ular Farg‘ona, Buxoro, Qashqadaryo, Sirdaryo va Qizil-
qumda ham ko‘plab uchraydi. Ulardan eng istiqbolli konlar: Dengiz-
ko‘l, Mullali, Og‘itma, Tuzkon, Baliqli, Qorakon, Sultonsanjar, Borsa-
kelmas va hokazolar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |