34-§. Neft va gaz konlari
NEFT suyuq va gazsimon uglevodorodlarning aralashmasidan
iborat yog‘simon yonuvchi suyuq foydali qazilma hisoblanadi.
Tabiatda eng yengil (solishtirma og‘irligi 0,7–0,8), yengil (solishtirma
og‘irligi 0,8–0,9) va og‘ir (solishtirma og‘irligi 0,9–1,0) neft turlari
mavjud. Neft tarkibida erigan gazlar qancha kam bo‘lsa, u shuncha
og‘ir bo‘ladi. Neftning rangi odatda to‘q jigarrang yoki qora-ko‘kimtir
bo‘ladi. Yonish issiqligi 10500 kkal/kg. O‘rtacha kimyoviy tarkibi: S –
82–87 %, H – 11–14 %, O, С, P – 1 % atrofida.
Do'stlaringiz bilan baham: |