3-
chizma. Ishlab chiqarish zahiralarining holati va ulardan foydalanish tahlilini o’tkazish
ketma-ketligi
4
4
Chizma muallif tomonidan tayyorlangan
16
Materiallarni qanday va qaysi ko’rsatkichlari bilan tahlil qilish eng avvalo
tahlilchining oldiga qo’ygan maqsadidan kelib chiqadi. Agar tahlil materiallar
bilan qanday ta’minlanganlik va normativlarga rioya qilinayotganligini tahlili
qilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yilgan bo’lsa, u holda tahlilchi korxonaning
materiallar tarkibiy tuzilishi, ularning shakllanish manbalarini va ular bilan
korxona qanchalik ta’minlanganligini analiz qiladi. Agar materiallar
samaradorligini bilmoqchi bo’lsa, u holda material sig’imi, material qaytimi
ko’rsatkichlarini, material qiymatliklarning moliyaviy natijalarga ta’sirini
o’rganib chiqish lozim bo’ladi. Materiallar bilan ta’minlanganlik va
samaradorlik tahlilini o’tkazish uchun tahlilchi materiallarni moliyaviy hisobot
moddalari bilan qanday bog’liqligini bilishi kerak.
“Ishlab chiqarish zahiralariidan foydalanishni iqtisodiy samaradorligini
korxonalardagi materiallar qaytimi hamda material(mahsulot)lar sig’imi
isbotlaydi. Materiallar qaytimini aniqlash uchun korxonada yil davomida ishlab
chiqarilgan yalpi mahsulot hamda tovar mahsuloti qiymatini asosiy fondlarning
o’rtacha yillik qiymatiga taqsimlash lozim. Materiallar qaytimining iqtisodiy
moxiyati bo’lib korxonaning har ming so’mlik asosiy fondlariga to’g’ri
keladigan yalpi mahsulot yoki tovar mahsulotini ko’rsatkichi hisoblanadi. Shu
bilan birgalikda, materiallardan foydalanish samaradorlik ko’rsatkichlarini
material qaytimi va material sig’imi ko’rsatkichlari ifodalaydi. Material qaytimi
ko’rsatkichini aniqlash uchun korxonada yil davomida ishlab chiqarilgan tovar
mahsuloti qiymatini material xarajatlar qiymatiga taqsimlanadi. Material sig’imi
ko’rsatkichi buning aksi bo’lib material xarajatlar qiymatini korxonaning yil
davomida ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti qiymatiga taqsimlash yo’li bilan
aniqlanadi. Buni tavsiflaydigan bo’sak ushbu ko’rsatkich korxonada yil
mobaynida ishlab chiqarilgan tovar mahsulotining har bir so’miga qancha
material xarajatlari sarflanganligini ko’rsatadi”
5
.
Korxonaning ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanish holatini
tahlil qilish davomida ko’plab manbalardan foydalanishga to’g’ri keladi.
5
Vahobov A.V., Ishonqulov N.F., Ibroximov A.T. “Moliyaviy va boshqaruv tahlili”. Darslik. T.; Iqtisod-Moliya,
2013
17
Tahlilda qo’llaniladigan manbalarni quyidagi bosqichlarga ajratishimiz mumkin
bo’ladi:
1.
Reja ma’lumotlari manbalari;
2.
Hisob va hisobot ma’lumotlari manbalari;
3.
Qo’shimcha ma’lumotlar manbalari.
Reja ma’lumotlari manbalari tarkibiga ishlab chiqarish zahiralari bo’yicha
biznes-reja ko’rsatkichlari, belgilangan limitlar, belgilangan norma va
normativlar va shartnoma ko’rsatkichlari kiradi. Hisob va hisobot ma’lumotlari
manbalariga ishlab chiqarish zahiralari bo’yicha buxgalteriya hisobi va hisoboti
ma’lumotlari, statistik hisob va hisobot ma’lumotlari, operativ hisob va hisobot
ma’lumotlari kiradi. Tahlilning asosiy ma’lumotlar manbai bu - buxgalteriya
hisobi va hisoboti ma’lumotlari bo’lib, ular korxona xo’jalik faoliyatining
barcha jarayonlarini o’z ichiga oladi. Bunda ishlab chiqarish zahiralari harakati,
ularning manbalari va ularning xo’jalik muomalalari aks ettiriladi.
Ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanish tahlilini yanada
chuqurroq amalga oshirish uchun hisob ma’lumotlariga taaluqli bo’lmagan,
ya’ni qo’shimcha ma’lumotlardan foydalanish lozim bo’ladi. Bunday
ma’lumotlar tarkibiga bank, moliya, soliq inspektorlari tomonidan tuzilgan
dalolatnoma, inspektorlar taqdim etgan ma’lumotlar, auditorlik xulosalari, radio
va televideniya ma’lumotlari, ommaviy axborot vositalari manbalari, ishchi va
xizmatchilar bilan bo’lgan muloqot natijalari kiradi.
Odatda ishlab chiqarish zahiralari tahlili ma’lumotlari va ularni natijalari
uni kim va nima maqsadda o’tkazilganligiga qarab turli shaklda
umumlashtirilishi mumkin. Korxona va tashkilotlarni xo’jalik faoliyati
tahlilining natijalari analitik mavzular yoki xo’jalikning yillik hisobotiga ilova
qilinadigan bayonnoma ko’rinishida ifoda etiladi.
18
Do'stlaringiz bilan baham: |