Xalqlarning kelib chiqishi, turli xududlarda joylashishi, ularning uziga xos moddiy
va ma’naviy
madaniyati, xalqlarning bir-biri bilan tarixiy- madaniy munosabati,
turmush tarzi va taraqqiyotini etnografiya, etnogenez va etnik tarix fani urganadi.
Etnologiya yunoncha suz bulib, «Etnos» - xalk, «logos» - fan, ya’ni
«Xalqlarni urganuvchi fan» yoki «Xalqshunoslik», umumlashtirilganda esa,
xalqlarning turmush tarzi va madaniyatini urganuvchi fan degan ma’noni anglatadi.
Ba’zi mamlakatlarda shu ma’noda «Etnologiya» atamasi bilan bir qatorda
«Madaniy antropologiya» va «qalkshunoslik» nomlari xam uchraydi. Etnografiya
suzi xam lotin tilidan olingan bulib, «Etnos»-xalq, «stafos»-ta’rif degan ma’noni
anglatadi.
Ayrim xorijiy olimlar etnografiyani ta’riflovchi fan, etnologiyani esa nazariy
fan, deb izoxlashga urinadilar. Yaqinda rus etnografiyasi
xam etnologiya nomiga
almashtirildi. Shuning uchun xozirgacha etnografiya fanining yakdillik bilan qabul
qilingan ta’rifi yuk. Shunday bulsada shubxasiz, bu fan jaxondagi barcha xalqlarni,
katta-kichikligi, irqi, ijtimoiy tuzimi, kalok, yoki rivojlangan bulishidan qat’iy nazar
teng, bab-baravar urganuvchi muxim tarixiy ilm soxasi xisoblanadi. Etnologiya
dastlab yuqorida ta’kidlanganidek, xozirgi etnoslarning kelib chiqishi va
shakllanishi, joylashishi va etnik tuzilishi, mashguloti, madaniy-tarixiy
munosabatlari,
moddiy va maishiy turmushi, ma’naviy madaniyati va milliy
xususiyatlarini tarixiy jarayon bilan boglik xolda urganadi.
Etnografiya - dunyo xalklari madaniyatini maishiy xayotini kelib chikishi va
madaniyati tarixini, uzaro aloqa va munosabatlarini uzgartiruvchi tarixiy fandir.
Xalq va elatlar dastlab quldorlik tuzumi davrida kelib chiqib, tili yaqin bulgan
bir necha qabilalarning birikishi, bosqinchilik yurishlari tufayli aralashib ketishi, bir
joydan ikkkinchi joyga kuchishi natijasida shakllana boshlagan. Odatda xalqlar
iqtisodiy sotsial va madaniy jixatlardan eng kuchli va rivojlangan kup sonli etnoslar
doirasida muayyan iqtisodiy-xududiy va til umumiyligi negizida paydo buldi.
Etnografik bilimlar xam asrlar davomida tuplanib kelgan nixoyatda boy
ma’lumotlarni o’zlashtirib, muayyan xulosalar va nazariyalar, dunyoqarashlar
sistemasi va yunalishlar xosil kildi. Natijada XIX asr urtalariga kelib mustakil fan
soxasi-etnografiya tugilishiga zarur shart- sharoitlar yaratilgan edi.
XVIII
asrning 60-70 yillarda yangi fan-etnografiya bilan bog’lik
ravishda
paydo bulgan turli jamiyatlar va jurnallar bilan bir katorda xar xil kasbdagi kishilar
tomonidan yaratilgan ajoyib tadqiqotlar etnografiya ilm soxasi ekanligini tuli
tasdiqladi.
Atoqli tadqiqotchilardan germaniyalik Adolf Bastion, Geodor Vayts, Yilius
Lippert, angliyalik Djon Fergyusson, Mak Lennan, Jon Lebbok,
Edurad Teylor,
fransuz Sharl Leterpo, amerikalik Lyus Genri Margon kabilarning kup tomlik
asarlari etnografiya fani qonuniy ravishda tugilganligini isbotlovchi dalillar edi.
Etnografiya terminini dastlab, XVII asr boshlarida nemis yozuvchisi Iogan
Zummer ishlatgan, keyin XVIII asr oxirlarida va 1808 yilda maxsus jurnallar shu
nom bilan chiqa boshladi. Etnografiya suzi mashxur fransuz tabiatshunosi va fizik
olimi Jon-Jak Amper tomonidan 1830 yilda taklif kilingan edi.
Rossiyada «etnografiya» termini dastlab XIX asr boshlaridan boshlanib
qo’llana boshlagan, keyin rasmiy ravishda yangi fan deb topilgan. Buni mashxur rus
geografiya jamiyatining etnografiya bo’limi ochilishi tasdiqlaydi.
Etnografiya
fani tarixiy fanlar ayniqsa, arxeologiya, antropologiya,
geografiya va lingvistika bilan bevosita bogliqdir. Bundan tashqari u yozma
manbalar, geografik xujjatlar, moddiy va ma’naviy materiallardan xam foydalanadi.
Mana shu xususiyatlari bilan etnografiya boshqa fanlardan farq qiladi. Inson aql
zakovati va xulqi bilan yaratilgan xamma narsa madaniyat etnografiyasidir.
Madaniyat uz navbatida ikkiga bulinadi:
1.
Moddiy madaniyat.
2.
Ma’naviy madaniyat.
Etnografiya fani faqat moddiy madaniyat bilan ma’naviy madaniyat
urtasidagi asosiy farqlarinigina urganib qolmay, ular urtasidagi uxshashlik, umumiy
qonuniyatlarni xam urganadi.
Bu qonuniyatlarni tadqiq qilish esa, insoniyatning umumiy tarixiy taraqqiyoti
qonunlarini bilish imkoniyatini beradi. Etnograflar oldida turgan keng va xilma xil
masalalar etnografiya fanini boshka yakin fan soxalari
bilan uzviy boglabgina
qolmay, uning uzini xam bir qator ixtisosliklarga bulib yuboradi:
1.
Xujalik va texnika tarixi;
2.
Xalk me’morchiligi va tasviriy san’at;
3.
Urf-odatlar va marosimlar;
4.
Etnik oilaviy tuzum;
5.
Kiyim-kechak va uy ruzgor;
6.
Ijtimoiy va maishiy turmush ixtisoslari va xokazolar.
Ulka tarixini urganishda antropologiyaning urni bekiyosdir. Antropologiya -
odamning kelib chikishi va evolyusiyasi, odamzod irqlarining paydo bulishi,
odamning tana tuzilishidagi normal fark-tafovut, uzgaruvchanlik xakidagi fan.
Antropologiya ijtimoiy fanlarga juda yakin turadigan biologiya soxasidir.
Antropologiyaga doir fikrlar bundan bir necha ming yil ilgari paydo bulganiga
karamay, u fan sifatida fakat XIX asrning 2-yarmidan shakllana boshladi.
Antropologiyaning muxim soxasi - odam organizmining tuzilishi va rivojlanishiga
ta’sir kiladigan fiziologik, biokimyoviy va genetik omillarni urganadigan bulimi -
«Odam biologiyasi» degam umumiy nom bilan XX asrning urtalaridan boshlab
rivojlandi. Odamning paydo bulishida faqat tabiat olamining qonuniyatlarigina
emas, balki ijtimoiy omillar xam muxim rol uynagan.
Odam paydo bulgandan
xozirgi xolatigacha uning butun xayoti ijtimoiy jamiyatning rivojlanish qonuniyati
bilan chambarchas boglangan. Antropologiyaning fan bulib rivojlanishida tabiat va
jamiyat tugrisidagi fanlar ijobiy rol uynadi. Zamonaviy fan nuqtai nazaridan
aytganda, antropologiya quyidagi uchta katta bulimdan iborat: 1) odam
morfologiyasi; 2)
Do'stlaringiz bilan baham: