84
(Alitalia, British Airlines, KLM, Austrian Airlines), START (AMADEUS bilan
bog’liq nemislar ishlanmasi), TRAVISWISS, TRAVICOM, TRAVIAUSTRIA
(GALILEO ga mos keluvchi tizimlar).
Band qilish tizimlarining muntazam rivojlanishi va takomillashuvi global
taqsimot tizimlarining (GDS Global Distribution Systems) yaratilishiga olib keldi.
Aviakompaniyalarning joylarni band qilishdagi elektron xizmatlarni ta’minlashdan
tashqari bu tizimlar mehmonxonalarda joylarni band qilish, kruiz va turlarni bron
qilish, avtomobillarni ijaraga olish, valyuta almashinuvi, ko’ngilochar va sport
dasturlari uchun biletlarga buyurtma berish va shu kabi imkoniyatlarni o’z ichiga
oladi.
G’arbiy firmalar amaliyotida bu tizimlar tabiiy ravishda sayyohlik
ma’lumotini shakllantirish va qayta ishlash texnologik jarayoniga kiritilgan, kredit
kartalari mexanizmi orqali sayyohlarni bron qilishdagi moliyaviy javobgarlik
ta’minlanadi. Band qilish tizimi bozorining 90% dan ortig’i global taqsimot
tizimlarining “oltin to’rtligiga” tegishli GDS: AMADEUS, GALILEO, SABRE va
WORLDSPAN.
O’z globalliliga qaramay, har bir GTT (global taqsimot tizimi) o’z taqsimot
hududiga ega: AMADEUS uchun bu avvalo Evropa. SABRE va WORLDSPAN
uchun Amerika. GALILEO uchun Evropa va AQSh. Jahondagi 400 ming
sayyohlik firmalari, shuningdek, 400 yaqini Rossiyada, ushbu tizim terminallariga
ega.
Global taqsimot tizimlari Rossiya bozoriga ham kirib kelgan. Turli GTTga
ega yirik mahalliy kompaniyalarning ko’p yillik tajribasiga ko’ra, , o’rta hajmdagi
mehmonxona uchun elektron tizim orqali savdolar har oyda tunash uchun
qo’shimcha o’nlab-yuzlab arizalar olish imkonini beradi. Rossiyadagi G’arb
mamlakatlaridan keluvchi sayyohlarni qabul qiluvchi yirik sayyohlik operatorlari
va mehmonxonalar uchun “oltin to’rtlik”ning barcha tizimlarida o’zini ko’rsatish
zarurati paydo bo’ldi. Ichki turizmga yo’naltirilgan mehmonxonalar uchun
SAHARA band qilish tizimiga chiqish afzalroqdir. U sobiq SSRI hududida keng
tarqalgan GABRIEL aviatashuvlarni bron qilish tizimiga mosdir.
Hozirgi kunda xorijiy mehmonxonalar zanjiriga kirmagan Moskva va Sankt-
Peterburgdagi 100 ga yaqin mehmonxona GTT bilan faol ish olib bormoqda.
Asosan, bu ish mehmonxonadagi nomerlarni nafaqat global band qilish tizimi,
balki korporativ mijozlar va shaxsiy agentlik tarmog’i orqali sotuvchi yirik
sayyohlik operatorlari («Akademservis», «Inturist», «Soleans», «Inturtrans» va
boshqa bir nechta) yordamida amalga oshirilmoqda. Ular GTT tizimida
mehmonxonalar uchun faol marketingni olib bormoqda (joylashtiriladigan
ma’lumotning samaraliligini baholash, raqobatchi-mehmonxonalarning tarif
siyosatini tahlil qilish, “o’z” mehmonxonalarida bron qiluvchi sayyohlik agentlari
uchun maxsus reklama kampaniyalari, rag’batlantiruvchi dasturlar). Rossiya
sayyohlik firmalari, joylashtiruv ob’ektlari, ayrim hollarda korporativ va shaxsiy
mijozlar yuqorida sanab o’tilganlardan tashqari Gemini Axess, Abacus Fantasia,
TravelSelect va boshqa bron qilish tizimlaridan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: