80
foydalanuvchi muhit va tizimni to’g’ri tashkil etish kerak. Virtual maydonda
ishlashning bir nechta asosiy xususiyatlarini sanab o’tish mumkin
31
:
- virtual faoliyat kam darajada ixtisoslashgan va ish bajaradi. Virtual
tashkilotlarda mehnatning funksional taqsimoti holati kamroq, va xodimlar, odatda,
muayyan loyihani amalga oshirish uchun ko’proq turlicha topshiriqlarni
bajaradilar. Bundan tashqari, xodimlar o’rtasida ko’plab topshiriqlar taqsimlangan.
Ayrim vazifalar avtomatlashgan, boshqalari esa loyihani takomillashtiruvchi
boshqa topshiriqlar bilan bog’liq. Virtual tashkilotning xodimlari loyiha bilan
bog’liq faqat bir topshiriq ustida emas, balki topshiriqlar seriyasi yoki hattoki
butun loyiha ustida ish olib boradilar;
- virtual faoliyat ko’proq ijrochilar emas, menejerlarning ishidir. Virtual
tashkilotning xodimlari avval menejerning huquqi hisblangan vazifalarni bajarish
uchun ko’proq vaqt sarflaydilar. Qisman bu yuqorida aytib o’tilganidek, kam
miqdordagi mehnat taqsimoti va ixtisoslik natijasida yuzaga keladi; aslida
xodimlarga ko’proq o’z menejerlari bo’lishi va turli vazifalarni bajarish uchun o’z
sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirishga to’g’ri keladi. Bundan tashqari, uzoqdagi
xodimlar o’z vaqtlarini tashkil etishlari va ishchi muhitini yaratishlari kerak;
- virtual ish ko’proq malakani, xususan, kishilar bilan ishlash malakasini
talab etadi. Bu avvalgi ikki punktdan kelib chiqadi: Virtual tashkilot xodimlariga
bir nechta vazifani bajarish uchun ko’proq malaka talab etiladi. Qobiliyatning
turliligi muayyan malakaning chuqurligidek juda muhim hisoblanadi. Bundan
tashqari, kommunikatsiya va tarmoqda ishlash kabi kishilar bilan ishlash malakasi
yanada muhim ahamiyat kasb etadi;
- virtual ish ko’proq personalga qaratilgan. Xodimlar bajuvchi ish talablariga
mos o’z ish uslublaridan foydalanish imkoniga ega bo’ladilar, va aksincha;
- virtual ish ko’proq shaxsiy javobgarlikni talab etadi;
- virtual ish yanada yuqori darajadagi moyillikni talab etadi. An’anaviy
tashkilotlar kerakli moyillikni ta’minlovchi guruh yoki jamoadagi qandaydir etik
ish prinspiga suyanishi mumkin.
Ko’p hollarda virtual tashkilotlarda ijtimoiy muhitni ta’minlash ancha
murakkab. Guruhdagi qadriyatlarni virtual ravishda etkazib berish o’ta qiyindir:
guruh ehtiyojlaridan chetga chiqishni istagan xodimlar uchun kompyuterni o’chirib
qo’yishning o’zi etarlidir. Virtual tashkilotlarda ijtimoiy muhitni yaratish usullari
mavjud, lekin menejerlarga A. Maslouning ehtiyojlar piramidasining eng yuqori
qismiga qarash va o’zini ko’rsatish orqali personalni rag’batlantirish yo’llarini
izlashga to’g’ri keladi.
Virtual
tashkilotlarning
ayrim
xususiyatlari
sayyohlik
sohasini
virtuallashtirishda yuqori natijalarga erishishni aniq ko’rsatib beradi. Bundan
tashqari, sayyohlik faoliyatida ishchilarning salmoqli malakasi mustaqil ravishda
qaror qabul qilish va yuzaga kelgan muammolarning hal etilishi (hattoki oddiy
xodimni kompaniya menejeriga aylantirish), mijozlar va ularning ehtiyojiga e’tibor
qaratish, kishilar bilan muloqot qilish malakalari, shaxsiy javobgarlik va shu
Do'stlaringiz bilan baham: