O. X. Xamidov


Sayyohlik sanoati omillari



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/54
Sana14.07.2022
Hajmi1,58 Mb.
#801057
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54
Bog'liq
portal.guldu.uz-TURIZM VA SERVISDA INNOVATSIYALAR 2

 
Sayyohlik sanoati omillari. 
Ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish 
jarayonini tashkil etish va uning uchun tegishli sharoitlar yaratish imkonini 
beruvchi muayyan manbalar (tabiiy, mehnat, kapital...). Ishlab chiqarish 
omillaridan birining bo’lmasligi yoki kerakli hajmda bo’lmasligi ishlab chiqarish 
jarayonini ham, uning tijorat jihatidan maqsadga muvofiqligini xavf ostiga qo’yadi. 
Ta’kidlash joizki, ishlab chiqarish omillarining yo’qligi ishlab chiqarish 
jarayonining umuman mumkin emasligini bildirsa-da, ularning mavjudligi 
rivojlangan va foydali ishlab chiqarish faoliyati degani emas. Masalan, hudud etarli 


60 
miqdordagi ishchi kuchi bozoriga ega bo’lishi mumkin, lekin ushbu hududda zaruri 
mutaxassislarning bo’lmasligi yoki mulkdorning ishchilarni tanlay olmasligi va 
ularni ish joyida ushlab turolmasligi shunday holatga olib keladiki, bunda hattoki 
mehnat resurslariga ega ishlab chiqarish hududi ham aynan ishchilarning yo’qligi 
sababli rivojlana olmaydi. 
Sayyohlik mahsulotlarini ishlab chiqarish faqat uch asosiy omil: sayyohlik 
resurslari, kapital va mehnat resurslari bo’lgandagina yo’lga qo’yilishi mumkin. 
Sayyohlik resurslariga qiziqish uyg’otuvchi deyarli har qanday ob’ekt, ob’ektlar 
majmui, timsol yoki g’oya, ya’ni individning ongli ravishda bevosita tanishishga 
(ko’rish, ushlab ko’rish, sezish, tatib ko’rish va hokazolar) bo’lgan intilishi kiradi. 
Buning uchun u muayyan miqdordagi moddiy boyliklari (odatda, mablag’lar) va 
bo’sh vaqtini sarflashga tayyor bo’ladi. Sayyohlik resurslarining asosiy tasnifi 
ularning hosil bo’lish usuliga asoslangan, shunga ko’ra ular tabiiy (dam olish va 
balneologik), antropogen (inson yoki jamiyat tomonidan yaratilgan) va aralash 
(tabiiy-antropogen) sayyohlik resurlariga bo’linadi. 
Tabiiy sayyohlik resurslari tabiiy kelib chiqish tarixiga ega. Yashash 
sharoitiga ko’ra (geografik, iqlimiy, manzarali, geologik va shu kabilar) ular 
millatlar va jamiyatlarga beriladi. Tabiiy sayyohlik ob’ektlari dam olish, o’z 
yagonaligi, chiroyi, sayyohlarning emotsional holatiga ijobiy ta’sir etuvchi, dam 
olish, sport va vaqtni maroqli o’tkazish imkonini beruvchi, balneologik 
(sayyohlarning sog’lig’iga foydali ta’sir etuvchi) hamda ayrim sayyohlar 
qiziquvchi tabiiy ob’ektlardir. Tabiiy resurslarga qiziqish avval ham bo’lgan, hozir 
ham xalqaro turizmning yetakchi motivlaridan biridir. 
Antropogen sayyohlik resurslari inson yoki jamiyatning bevosita ishtirokida 
yaratiladi. Inson tomonidan yaratiladigan resurslarga sayyohlar qiziquvchi 
me’morchilik, madaniy, ilmiy, tomosha qilinuvchi, ko’ngilochar ob’ektlarni 
kiritish mumkin, jamiyat tomonidan yaratiladiganlariga esa ijtimoiy sayyohlik 
resurslari (til, madaniyat, turmush tarzi, oshxona) kiradi. Antropogen sayyohlik 
resurslari tarixiy ahamiyatga ega bo’lishi (Misr ehromlari yoki Afinadagi 
Akropol), yo ega bo’lmasligi (Parijdagi Jorj Pompidu markazi yoki Los-
Alamosdagi ilmiy laboratoriya) ham mumkin. 
Nihoyat, sayyohlik resurslarining uchinchi turiga aralash yoki tabiiy-
antropogen deya atalmish sayyohlik resurslari kiradi. Ular tabiiy jarayonlar yoki 
tabiiy ob’ektlarga (masalan, milliy bog’lar, hayvonot bog’lari, botanika bog’i va 
shu kabilar) nisbatan insonlarning sa’y- harakatlari tufayli shunday bo’lib qolgan). 
Sayyohlik resurslari aksariyat hollarda quyidagi sabablarga ega: 
-
tabiiy yoki tarixiy kelib chiqishga ega, ulardan beg’araz foydalaniladi va 
ularni qurish uchun real xarajat qilgan muayyan shaxslar bo’lmaydi; 
-
ularga nisbatan deyarli borishni cheklovchi choralarni ko’rish mumkin 
emas (aholidan tog’lar yoki plyajlar, tarixiy binolar yoki dunyoga mashhur 
durdonalarni yashirish imkoniyati yo’q). 
Millat yoki xalq madaniyati, tarixining bir qismi hisoblanadi, sayyohlik 
resurslari mantiqiy jihatdan, mazmunan jamiyatga tegishli, ya’ni insonlarning 
muayyan guruhi, ba’zida esa insoniyatning boyligi hisoblanadi. Shuning uchun, 
sayyohlik resurslaridan kishilarning borishini cheklovchi har qanday ta’qiqlar yoki 


61 
choralar kamida noinsoniy, o’z navbatida yo’l qo’yilmaydigan holat bo’ladi. 
Sayyohlik resurslaridagi jamiyat mulki shuni nazarda tutadiki, jamiyat vakillari 
kelgusi avlodlarga sayyohlik resurslarini qoldirish uchun ulardan faqat foydalanish 
huquqiga ega, lekin ularni boshqara olmaydi. 
Ikkinchidan, agar sayyohlik resurslari dastlab jamiyatga tegishli bo’lib, 
butun jamiyatga tegishli bo’lsa, alohida shaxslar yoki tashkilotlar qanday huquq 
asosida ulardan sayyohlik mahsulotlarini ishlab chiqishda, foyda olib, boshqalari 
esa foyda olmagan holda foydalanadimi?
Sayyohlik resurslarini sayyohlik mahsulotini ishlab chiqarish omiliga 
aylantirish ma’lum jarayondir. Natijada jamiyatning vakili sayyohlik resurslaridan 
xususiy tijorat maqsadlarida foydalanish huquqi, ya’ni sayyohlik mahsulotlarini 
sayyohlik mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug’ullanish huquqiga ega.
Ishlab chiqarish omili sifatida sayyohlik resurslari ulardan foydalanish 
xususiyati va sayyohlik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi jahon markazlarining 
geografik joylashuvini aniqlovchi bir qator muhim hususiyatlarga ega: 
- sayyohlik resurslarining harakatsizligi va ularning makon bo’yicha ko’cha 
olmasligi; 
- sayyohlik resurslarining tugamasligi (sayyohlik mahsulotini ishlab 
chiqarish ularni bevosita sarflash yoki iste’mol qilishni talab etmaydi); 
- sayyohlik resurslari hajmining cheksizligi (o’tish qobiliyati); 
- qayta tiklanish yoki o’zgarish qobiliyati. 
Har qanday boylik kapitalga aylanganda ishlab chiqarish jarayoniga jalb 
etilishi kerak. Sayyohlik mahsulotlarini ishlab chiqishda kapital quyidagilar 
hisobiga shakllanadi: 
-
sayyohlik mahsulotlarini ishlab chiqish bosqichida sarflanadigan pul 
mablag’lari (ishlab chiqarish mulkdori yoki jalb etiluvchi mablag’lar; 
-
sayyohlik mahsulotlarini ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etuvchi 
moddiy dunyo buyumlari (masalan, sayyohlik firmasi uchun ofis va tashkiliy 
texnika, yoki mehmonxona uchun bino va mebel); 
Buyum ifodasiga ega bo’lmagan, lekin hududdagi sayyohlik biznesining 
rentabellik darajasini bevosita belgilay oluvchi nomoddiy aktivlar (masalan, 
brendlar, savdo belgilari, kreativ g’oyalar yoki obrazlar). 
Mehnat bu uning yordamida tabiatni tubdan o’zgartiruvchi va uni o’z 
ehtiyojlarini qondirish uchun moslashtiruvchi insonning maqsadi -faoliyati
25

Shunday ekan, mehnat resurslariga ishga layoqatli, ishlab chiqarish jarayoniga jalb 
etish ehtimoli bo’lgan yoshdagi aholi kiradi. 
Mehnat resurslari mobillik (o’z joyi va qo’llanish sohasini o’zgartirish 
imkoniga ega), avtonomlik (ko’p sonli o’z parametrlari bo’yicha o’zaro farq 
qiladigan hududiy ishchi kuchi bozorlarining parallel ravishda mavjud bo’lishi), 
segmentli (mehnat resurslarini tasniflash mumkin, masalan ma’lumoti, ish tajribasi, 
ishchilarning shaxsiy tavsiflari va shu kabi mezonlar bo’yicha) kabi bir qator 
tavsiflarga ega. 
25
Шумпетер Й. 
Капитализм, социализм и демократия. - М.: Экономика, 1995.


62 
Inson kapitali o’z mohiyatiga ko’ra bir xil emas. Shartli ravishda uni ijtimoiy 
va tabiiyga bo’lish mumkin. Ijtimoiy kapital, o’z nomi bilan, muayyan kishining 
ma’lumoti, tajribasi, malakasi, bilimi va ko’nikmasi (ya’ni hayoti davomida ta’lim 
olish, jamoada ishlash va jamiyatdagi hayoti sababli barcha olgan ishlanmalariga 
ko’ra) uning nimaga qodirligi va ishlab chiqarish turiga mosligini ko’rsatadi. 
Boshqa tomondan, tabiiy inson kapitali ham insonning muayyan ishlab chiqarish 
turiga mosligini belgilaydi, lekin tug’ma tavsiflari bo’yicha (fikrlash, mijozi, 
jozibasi, tashqi ko’rinishi, hissiyotlarini namoyon etish usullari va hokazo).
Tabiiy kapitalga ish yoki o’qish natijasida erishib bo’lmaydi, jamiyat hayoti 
sharoitida ayrim tavsiflarni faqat to’g’rilab olish mumkin (masalan, oila, maktab, 
ijtimoiy guruhlar va shu kabilar ta’sirida insonning alohida imiji yoki uslubi 
shakllanishi mumkin). Shunday qilib, insonning tabiiy va ijtimoy kapitali 
qanchalik darajada ishlab chiqarish talablariga mos bo’lsa, inson bu ishlab 
chiqarish omili sifatida shunchalik yuqori qimmatga ega bo’ladi va aksincha. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish