Jamoa ish haqini brigada a’zolari o‘rtasida taqsimlashda vujudga
keladigan
asosiy muammo har bir ishchining brigada ishining umumiy natijasiga shaxsiy
hissasini yanada to‘laroq hisobga olishdan iboratdir.
Brigada ish haqini
taqsimlashning ko‘rib chiqilgan usullari buni shunday holda hisobga olishi
mumkin: agar har bir ishchi o ‘zining malakasiga to ‘g‘ri keladigan
murakkablikdagi ishni bajarishi kerak bo‘lsa, brigada har bir a’zosining mehnat
unumdorligi taxminan bir xil bo‘lsa. Biroq amalda hamisha ham shunday
bo‘lavermaydi. Ishchilaming umumiy brigada ishi yakunlariga qo‘shgan alohida
hissasi ko‘pincha birmuncha farq qiladi, ishlangan vaqt va razryad bir xil bo‘lganda
ish haqi ham bir xil bo‘ladi. Bu hoi brigada ish haqini taqsimlashning odatdagi
usullariga tuzatish kiritish zarurligini ko‘rsatadi.
Mehnatga haq to‘lashning ishbay (akkord) tizimlda haq akkord topshiriqqa
kirgan muayyan ishlar majmuini bajarganlik uchun to‘lanadi, ayrim operatsiyalar
va ish turlarining bajarilishi hisobga olinmaydi. Akkord naryad bo‘yicha ish haqi
summasi kalkulyatsiya asosida hisoblanadi. U vaqt (mahsulot ishlab chiqarish)
me’yorini va mazkur majmuaga kiritilgan ish turlari narxlarini hisobga oladi.
Mehnatga haq to‘lashning bevosita ishbay tizimi shundan iboratki, xodimning
ish haqi uning shaxsiy ishlab chiqarish
normasiga emas, balki boshqa xodimlar
mehnatining natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Haq to‘lashning
bunday tizimi ish
normalari bajarilishini hisobga olish qiyinroq bolgan yordamchi ishlami bajaruvchi
xodimlar uchun tatbiq etiladi, lekin asosiy ishbay
xodimlar uchun ishlab
chiqarish normalarining bajarilishi ularning mehnati natijalariga bogiiq bo‘ladi.
Mehnatga bevosita ishbay haq to‘lashdagi narxlar quyidagi formula bilan aniqlanadi:
S t.in
R b a v = ---------------
;
N i c h . a s
Bu yerda:
Rbav~
bevosita ishbay narx (so‘m, tiyin);
Stjn —
ishbay tizim
bo‘yicha haq to‘lanadigan xodimning kundalik tarif stavkasi (so‘m, tiyin);
Nkhas
— asosiy xodimning smenadagi ishlab chiqarish normasi.
Mehnatga haq to'lashning ishbay-ortib boruvchi tizimi shu bilan ajralib turadiki,
me’yorlarni bajarishning oldindan belgilangan darajasidan
boshlab bajarilgan
operatsiyalar, detallar yoki buyumlar uchun ishbay narx muayyan darajada
ko‘paytiriladi.
Shunday qilib, ishbay narxlar me’yorlarni bajarishning erishilgan
darajasiga qarab tabaqalashtiriladi. Ayni bir xizmat, operatsiya, detal va hokazolarga
turlicha haq to'lanadi va me’yorlaming bajarilishi qanchalik yuqori bo ‘ Isa, bajarilgan
ishning har bir birligi uchun to4anadigan narx ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
Ishbay-ortib boruvchi haq to‘lash tizimida ish
haqining umumiy miqdori
quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi:
KUj+n2x
Aw2+...+/f, x
Ku);
88
Bunda: / г — mehnatga ishbay-ortib boruvchi haq to‘lashda ish haqining
miqdori;
R —
belgilangan boshlang‘ich baza doirasida har bir mahsulot birligi
uchun narx;
1,2,...I —
ortib boruvchi shkala pog‘onalari miqdori;
Ku —
boshlang‘ich bazani oshirib bajarish haqiqiy foiziga
muvofiq ortib boruvchi
qo‘shimcha haqlar shkaiasi bo‘yicha qabul qilingan narxlarning ko'payish
koeffitsiyenti.
Do'stlaringiz bilan baham: