Adabiyotlar:
1.Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz.
T.:”O‘zbekiston”, 2017.
2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T., Ma’naviyat. 2008.
3.Jabborov I.M. “Jahon xalqlari etnologiyasi asoslari”. T. O’qituvchi. 2008
4.Jabborov I.M. “Jahon xalqlari etnografiyasi”. T. O’qituvchi. 1987
5.Этнология. Учебник. Под.ред.Г.Е.Маркова и В.В.Пименова М.1994.
6. Этнография Учебник. Под.ред. Ю.В. Бромлея и Г.Е.Маркова М.1982.
7.Народы Мира. Серия. М. 1954- 1966.
8.Annayev.T. Sag’dullayev. Sh. Surxondaryo tarixidan lavhalar. T., 1997
9.Беленицкий А.М., Бентович И.Б., Большаков О.Г. Средневековый город Средней Азии. Л.,
1973
11.Древнейщие государства Кавказа и Средней Азии. М. «Высшая школа» 1985
12.Еленек Я. Большой иллюстрированный атлас первобытного человека М., 1982
Rossiyaning yarmidan ko'proq qismini egallab olgan Sibirning bepoyon dashtlari, tayga va
o'rmonlarida qadimdan 30 dan oshiq turli elat va etnografik guruhlar yashaydi. Ular fanda xo'jalik,
madaniy xususiyatlariga qarab bir necha tarixiy-etnografik mintaqalarga bo'lingan: Janubiy
Sibirning o'rmon dasht qismi; G'arbiy Sibirning Tayga va Tundra bo'yi tomoni, Oltoy-Sayan qismi;
Markaziy Sibir; Amur-Primore o'lkasi va Shimoli-sharqiy chekka qismi.
Son jihatdan nisbatan kam hisoblangan mahalliy Sibir xalqlari (umurniy aholisi hozir 25
milliondan ortiq bo'lsa-da, mahalliy tub elatlar taxminan bir milliondan ko'proq) juda katta hududda
joylashgan. Masalan, 328 mingdan ortiq aholiga ega bo'lgan yoqutlarning avtonom respublikasining
hozirgi hududda Fransiya hududiga nisbatan old hissa katta, yoki buryat avtonom respublikasi tub
aholisi soni 353 ming kishidan iborat bo'lib, egallagan hududi Buyuk Britaniyaga bir yarim baravar
keladi.
Sibir xalqlari bir oz o'zini tiklab etno-iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy-madaniy taraqqiyot
yo'liga chiqdilar. Hozir Sibir va Uzoq Sharqda uchta avtonom respublika, uchta avtonom viloyat va
to'qqizta avtonom okrug mavjud.
Xo'jalik-madaniy tavsifnomasi nuqtayi nazardan Sibirni ikki-ga bo'lib turgan Yenisey
daryosining janubida dehqonchilik va chorvachilik xo'jaligi, o'rta va quyi Ob daryosi bo'ylarida
ovchilik, eng shimoliy qismida Tundrada bug'uchilik, Yenisey va Lena daryolari o'rtaligida tayga
bug'uchiligi va ovchilik xo'jaligi ajralib turadi. Sayan-Oltoy tayga tog'liklarida barcha mazkur
xo'jaliklarni mujassamlashtirgan o'ziga xos etnografik dunyoni ko'rish mumkin. Amur-Primore
hududida ham maxsus etnografik xususiyatlarga ega bo'lgan baliqchilik va ovchilik xo'jalik tipini
uchratamiz. Chukotka-kamchatka hududida esa qadimiy «paleo-osiyo» madaniyati bilan bog'liq
maxsus ovchilik va bug'uchilik tipi diqqatga sazovor
31
.
31
Jabborov I.M. “Jahon xalqlari etnologiyasi asoslari”. T. O’qituvchi. 2008.Б.21.
Shuni alohida qayd qilish lozimki, Sibir qadimdan ruslarni o'ziga jalb qilib kelgan. Bu yerga
XVI asrdan boshlab yangi yerlarni kashf etuvchi ruslar tomonidan yo'l ochib berilgan edi. Bir asr
o'tmay Sibirga kelgan ruslarning soni 150 mingdan oshib ketgan va mahalliy tub aholi soniga
yaqinlashgan. Hozirgi davrda Sibirda yashovchi 25 millionli aholining deyarli 90 foizi yoki o'ndan
to'qqiz qismi ruslar (22mln.), ukrainlar (Imln.) va beloruslar (200 ming).
Lingvistik jihatdan Sibir xalqlari bir necha til oilasi va turkumlariga ega. Birinchi o'rinda
eng ko'p sonli Oltoy til oilasiga kiradigan elat va xalqlar turadi. Ularni uch turkumga bo'lish
mumkin: turkiy, mo'g'ul va tungus-manjur tillari. Eng katta turkiy til turkumiga oltoy-sayan xalqlari
(oltoyliklar, tuvaliklar, xakaslar, sho'rlar, chulimlar, tufalar yoki qoragaslar), G'arbiy Sibir tatarlari
(ishim va tobolliklar), Shimoliy Sibirdagi yoqutlar va do'lganlar kiradi. Mo'g'ul til turkumiga faqat
buryatlar kiradi. Tungus-manjur tillari-da evenk (tungus)lar va ularga yaqin even (lamut)lar, quyi
Amurda va Ussuriy o'lkasida yashovchi nanay (gold)lar, ulchilar, o'ro'chi va udegeylar, Saxalindagi
o'ro'kilar gapiradi. G'arbiy Sibirda yashovchi xanti-mansilar, samodiy xalqlari (nenes, enes va
selkuplar) ural til oilasiga oid kam sonli elatlardir
32
.
Eng qadimgi Osiyo xalqlariga (odatda «paleoosiyo» deb ataydi-lar) yuqorida tilga olingan
turkumlarga kirmaydigan Shimoli-sharqiy Sibirda yashovchi itelmenlar, chukchilar, koryaklar,
kalmia yukagirlari kiradi. Paleoosiyo til turkumiga Amur quyi oqimida va Saxalinda joylashgan
nivxa (gilyak) anlarni ham kiritadilar. Markaziy Yeniseyda yashovchi ketlarni bir vaqtlar juda keng
tarqalgan mustaqil Yenisey til oilasiga oid deyish mumkin. Qisman Chukotka va Vrangel orolida
yashovchi eskimos va aleutlar o'ziga xos til oilasini tashkil qiladi.
Antropologik jihatdan Sibir xalqlari asosan, mongoloid irqiga oid. Ammo Yeniseyning
g'arbida yashovchi aholida yevropoid irqining ta'siri sezilarli.
Sibir xalqlarining kelib chiqishi va shakllanish tarixi eng qadimgi davr - yuqori paleolitga
borib taqaladi. Neolit davri (mil.avv. IV-1I ming yilliklar)ga kelib ibtidoiy ovchi va baliqchi elatlar
Amur, Yenisey, Lena va Ob kabi yirik daryo vohalarini, Kamchatka va Chukotkaning ichkari
sohillarini ham egallab olganlar, hozirgacha yetib kelgan til turkumlari ildizi o'sha davrlarga borib
taqaldi. Butun Sharqiy Sibirni Yeniseydan Oxot dengizigacha egallab olgan «paleoosiyoliklar» bir
necha mustaqil etnolingvistik birikmalardan iborat edi. Ular o'z navbatida turli tilda gapiradigan
mayda turkumlarga bo'lingan. Amur vohasining ancha qismini gilyaklar, Oxot dengizi sohillari va
qisman Chukotkani koryak va chukchilarning ajdodlari, Kamchatka va Bering qirg'oqlarini
eskimoslar, Ob va Yeniseyning yuqori oqimini ketlarga qardosh qabilalar, Yuqori Lena va Baykal
bo'ylarini yukagirlar egallagan edi. Zauraleda, ya'ni Ob daryosining pastki va o'rta oqimlarida
mil.avv. V-III ming yillikda ural til oilasiga oid ugor xalqlari (xanti-mansi) ham samodiylar joy-
lashgan. Mazkur elatlar ovchilik va baliqchilik bilan shug'ullanganlar.
Janubiy Sibir dashtlarida neoht davrida turli ovchi qabilalari daydib yurganlar. Mil.avv. Ill
ming yilliklar bu yerda g'arbdan kelgan yevropoid tipidagi chorvachilik bilan shug'ullanuvchi elatlar
paydo bo'ladi. Keyingi ming yillikda Janubiy Sibirni andronov madaniyati tipidagi o'troq
dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullanuvchi bronza davri elatlari egallaydi. Milod boshlarida
bu yerga oltoy til oilasiga oid turkiy va tungus qabilalari bosib kiradi. Ehtimol, ular Sayan-Oltoy va
Baykal bo'ylaridan kelgandir. Baykal atroflarida mo'g'ul tilidagi buryatlarning ajdodlari ham
yashagan.
Milodning VI-X asrlarida qadimgi turkiy elatlar Ob va Yeniseyning yuqori qismidagi
Baykal ko'li atrofida juda keng hududni egallab olganlar. O'sha davrda evenklarning tungus
ajdodlari Sharqiy Zabaykale, Amur vohasi va Markaziy Sibirga tarqalgan. Mo'g'ul istilosidan keyin
bu yerdagi turkiy elatlarning bir qismi Lena daryosining o'rta oqimiga ko'chib mahalliy
«paleoosiyo»lilar bilan aralashib yoqut xalqiga asos solgan. Mazkur murakkab etnik jarayon
keyingi asrlarda ham qisman davom qilib kelgan. Uning mohiyatini to'liqroq tasavvur qilish uchun
ayrim yirik xalqlarning etnogenezi va etnik tarixi ustida qisqacha to'xtab o'tish zarur.
Sibirning nisbatan eng ko'p sonli xalqlaridan yoqutlar (328 ming) qadimiy etnoslardan biri
hisoblanadi. Ular o'zlarini «Saxa» deb ataydilar va Yohutiston Avtonom Respublikasining tub
32
Этнология. Учебник. Под.ред.Г.Е.Маркова и В.В.Пименова М.1994.С.22.
aholisi bo'lib, Lena daryosining o'rta oqimida, janubiy Oldan va Vilyuyada, qisman Olekmaning
quyi oqimi va Shimolning chekka hududlarida joylashgan. Ayrim guruh yoqutlar Krasnoyarsk
o'lkasining shimolida, Magadan, Saxalin va Amur viloyatlarida ham yashaydilar.
Yoqut etnosi asli milodning II ming yilligining birinchi yarmida Lena daryosining o'rta
oqimi havzasida Baykal sohillaridan kelgan turkiy qabilalarning mahalliy paleoosiyo va tungus
tillaridagi elatlarni o'ziga singdirib yuborishi natijasida paydo bo'lgan. Eng oxirgi elatlarning
ko'chib kelishi XIV-XV asrlarda ro'y bergan. XVII asrlarda yoqutlarning katta guruhlari Lena,
Yana, Indigirka va boshqa yirik daryolarning vodiylariga yoyilib mahalliy qabilalar bilan aralashib
ketganlar. Yoqutlarning etnik konsolidatsiyasi XVII asrlarning 20-30-yillaridan, ya'ni o'lkani
Rossiyaga qo'shilish davridan keyin tugallanadi.
Ikkinchi yirik xalqlardan buryatlar (353 ming kishi) XVII asrda turli mo'g'ul qabilalari
(bulag'atlar, exiritlar, xorinlilar va xo'ndo'rlar)dan tashkil topgan, ularga keyin boshqa mo'g'ul
qabilalari va qisman evenklar qo'shilgan. Oktabr to'ntarishidan avval buryatlar ikki qismga
bo'lingan: g'arbiy o'troq chorvadorlar va dehqonlar (pravoslav dinida) hamda sharqiy (Zabaykale)
ko'chma chorvador qismi (lamaizm dinida).
O'tmishda uryang'ayliklar, soyotlar yoki sayanlilar deb nom qozongan hozirgi tuvalilar (166
ming kishi)ning kelib chiqishi asli VII-VIII asrlardagi o'rxun-yenisey yozuvlarini yaratgan turkiy
qabilalar bilan bevosita bog'liq bo'lgan. Ularning etnogenezida samodiy qabilalari ham qisman
ishtirok qilgan. Yoki ilgari noto'g'ri o'yro'tlar deb atalgan oltoy xalqi (60 ming) ham qadimiy
samodiy, ket, ugor va turk qabilalarining uzoq davr davomida aralashib ketishi natijasida, janubiy
oltoyliklar esa Sayan-Oltoy qadimiy turklari (VI-VIII asrlar) bilan ko'chib kelgan mo'g'ul qabilalari
(XIII va XVI-XVIII asrlar) bilan aralashishi oqibatida paydo bo'lgan edi. Hozir oltoylilar Yuqori
Ob daryosi havzasidagi va Oltoy tog'i oralig'idagi vodiylarda yashaydilar va o'zining avtonom
viloyatiga ega. Boshqa shimoliy xalqlarning ham etnogenezi va etnik tarixi shunday murakkab.
Sibirning tabiiy-geografik sharoitiga moslashgan holda qadimdan bir necha xo'jalik-madaniy
tiplar paydo bo'lgan. Oltoy - Sayandagi buryatlar, G'arbiy Sibir va Lenaning o'rta oqimida
joylashgan yoqutlar chorvachilikka ega bo'lib, ot, qo'y va tuya boqqanlar. Baykal bo'yi buryatlari
yarim ko'chma chorvachilikni o'troq dehqonchilik xo'jaligi bilan birga olib borganlar. XIX asrlardan
boshlab ruslarning ta'siri ostida dehqonchilik xo'jaligi ancha rivojlangan. Oltoyning tog'li va tayga
hududlarida yashovchi aholi ovchilik bilan shug'ullangan. Yoqutlar yaqin davrgacha yarim
ko'chmanchi chorvachilik (qoramol va yilqichilik) bilan bir qatorda baliqchilik va ovchilik (go'sht
va qimmatbaho teri mahsuloti yetkazish) xo'jaligiga ega bo'lganlar, shimoliy yoqutlar esa qisman
bug'u ham saqlaganlar.
Katta-kichik daryo vohalarida va tarmoqlarida, dengiz sohillarida joylashgan nanay, ulchi,
nivxi, koryak, itelmen, xantimansi va janubiy selkuplar o'troq baliqchi xo'jalik tipi vakillaridir.
Ularning butun hayoti va tirikchiligi baliqchilik va qisman ovchilik bilan bog'liq bo'lgan.
Sharqiy Sibirda yashovchi evenk, even, do'lg'an, tufalar, o'rmon neneslari, selkup va
udegeylar ovchilik, bug'uchilik xo'jaligi bilan shug'ullanganlar. Ularning asosiy kasbi ovchilik bilan
bug'uchilik bo'lsa-da, qo'shimcha baliqchilik bilan ham shug'ullanganlar. Ko'chmanchilik bilan
turmush kechirgan mazkur elatlar bug'ulardan yuk tashish va transport sifatida foydalanganlar,
yengil qayiq, chana va chang'i ham ulov sifatida ishlatilgan.
Nenes, chukchi va koryaklar tundra bug'uchilik xo'jaligiga ega bo'lganlar. Ular qishda tayga
chekkalariga, yozda dengiz sohillariga, kuzda yana tayga tomon yil bo'yi bug'ulari bilan ko'chib
yurganlar. Tundra bug'uchilari ikki, to'rt yoki besh bug'u qo'shilgan yengil chana (narta)larda
ko'chmanchilik qilib hayot kechirganlar
33
.
Sharqiy-shimoli Sibirda, asosan, Chukotka sohillarida yashovchi eskimoslar, o'troq chukchi
va koryaklar dengiz hayvonlariga ov qiluvchi arktikaliklar xo'jalik tipini tashkil qiladilar. Ular yil
bo'yi morj va tulenlarga sanchqi bilan ov qilganlar. Yoz paytlarida yengil teri bilan o'ralgan yog'och
qayiqlarda, qishda it qo'shilgan chanalarda ovga chiqqanlar.
33
Jabborov I.M. “Jahon xalqlari etnologiyasi asoslari”. T. O’qituvchi. 2008.Б.32.
Sibir xalqlarining moddiy madaniyati ularning xo'jalik faoliyatiga moslashgan. Chorvachilik
bilan mashg'ul aholi ko'chma va o'troq tipdagi uylarda yashaganlar. Buryat va oltoylar konus
shaklidagi kigiz yopilgan o'tov uylarda, yoqutlar daraxt qobig'i yopilgan o'tovsimon «yarasa» nomli
uylarda yashaganlar. O'troq aholi yog'och uylar ham qurganlar. Baliqchilik bilan shug'ullanuvchi
elatlar o'tmishda yerto'lalarda, keyin xitoycha fanza tipidagi to'g'ri burchakli yog'och uylarda
istiqomat qilgan. Ko'chmanchi ovchi va bug'uchi nenes va evenklarda ko'chirishga qulay bo'lgan
teri yoki daraxt qobig'i bilan bekitilgan konus kapa shaklidagi chayla («chum») tiklangan. Eskimos
va chukchilarda yerto'la shaklidagi muzdan tiklangan uylar mavjud. Hozirgi davrda barcha Sibir
xalqlari zamonaviy uylarga ega. Ko'chma xo'jalik bilan shug'ullanuvchi aholining an'anaviy
kiyimlari teri va matodan turli xilda tikilgan chopon va po'stinlar, ko'ylak va ishtonlar, etik va
qalpoqlardan iborat bo'lgan. O'troq baliqchilar baliq terisidan, bug'uchilar va ovchilar bug'u hamda
boshqa hayvonlarning terisidan kiyim va poyabzallar tikkanlar. Erkak va ayollarning kiyimlari
uncha farq qilmagan. Arktika ovchilarida teridan ikki qavat qilib boshdan oyoq yaxlit tikilgan kiyim
bo'lgan.
XX
asrga qadar Sibir xalqlarining ijtimoiy turmushi ibtidoiy ishlab chiqarishga asoslangan
arxaik shakldagi munosabatlardan iborat edi. Ularning sotsial tuzumida hatto ona urug'i davriga oid
sarqitlar (matrilokal nikoh qoldiqlari, avonkulat, ya'ni ona tomonidagi tog'aning maxsus roli, fratriy
tashkiloti va boshqa ibtidoiy, ijtimoiy va oilaviy turmush odatlari) saqlanib kelgan. Xanti-mansi,
selkup, evenk, nivxi kabi elatlarda urug'-jamoa tuzumi yemirilib sinfiyjamiyatga o'tish jarayoni
boshlangan. Buryat, oltoy va yoqutlarda esa ilk patriarxal feodal munosabatlari o'rnatilgan edi.
Sibir xalqlarining ko'pchiligi yozuvsiz, nihoyatda qoloq madani-yatga ega bo'lganlar.
Ularning ma'naviy hayotida urug' va oila arvohlariga, tabiat kuchlariga sig'inish kabi ibtidoiy dinlar
hukmronlik qilib kelgan. G'arbiy Sibir tatarlari dastlab shomonizm kabi ibtidoiy dinlarga itoat
qilganlar, faqat XVI asrda islom diniga o'tganlar. Buryat va qisman oltoy xalqlarida buddizm dini
keng tarqalgan
34
.
Butun Sibir xalqlarida eng keng tarqalgan diniy e'tiqod shomonizm edi. Shomoniylik dinida
shomon zikrga tushib o'zini jazavaga tushgan holda arvohlar bilan bevosita munosabat qilishi-ga
qurilgan. Unga ko'ra Shomon arvohlar vositasida kasallarni davolashi, ochlik va turli musibatlarni
tugatishi, bola tug'ilish, ovda va kasb-hunarda muvaffaqiyat keltirish yoki dushmanlarni
mag'lubiyatga hukm qilishi mumkin degan aqida hukm surgan. Itel-manlarda hamma shomonlik
qila olgan bo'lsa, chukchilarda, har bir oila boshlig'i shomonlik marosimini oila bayramlarida
o'tkaza bilgan. Yukagir, xanti-mansi, evenk va buryatlarda shomonlik maxsus mutaxassislik
hisoblangan va merosiy kasbga aylangan. Buryatlarda buddizm ta'sirida shomonizm nihoyatda
murakkablashib ketgan.
Sibir xalqlarida boshqa ibtidoiy diniy tasavvurlar qatori oilaviy-urug' ajdodlariga, ayiq va
boshqa hayvonlarga sig'inish odatlari uzoq davr saqlangan. Masalan, nivxa xalqida ayiqqa sig'inish
urug' ibodati darajasiga ko'tarilgan. Neneslarda shomoniylik asosiy diniy e'tiqod hisoblansa-da,
ammo homiylik vazifasini bajaruvchi oilaviy arvohlarning tasviri yasalib oila boshlig'ida saqlangan.
Ular hatto ovchilik va baliqchilik homiylari - «syadey»larga qurbonliklar kel-tirganlar.
Chor Rossiyasi o'z hukmronligini to'liq o'rnatish va mahalliy aholini butunlay bo'ysundirish
maqsadida
XVIII
asrdan
boshlab
missionerlik
faoliyatini
kuchaytirgan
edi.
Sibirni
nasroniylashtirish asosan, zo'rlik bilan amalga oshirilgan. O'lkaning ko'pchilik aholisi XIX asr
oxirlariga kelib pravoslav diniga o'tkazilgan bo'lsa-da, mahalliy diniy tasavvurlar yo'qolmagan,
aksincha tub aholining dunyoqarashi va xatti-harakatiga ta'sir ko'rsatib qolaverdi.
O'tgan asrimizning 50-yillaridan boshlab Sibirda urbanizatsiya jarayoni shiddatli tus oldi.
Ayni paytda shi.moliy neneslarning 68 % i shaharlarda joylashgan, xantilarning 66,5 foizi,
chukchilardan 62,5 foizi shaharliklarga aylangan. Shimoliy xalqlarning shaharga ko'chib kelishi
ularning turmush sharoiti va madaniyati, mehnat xarakteri, bilim darajasi, sotsial-madaniy saviyasi
o'zgarganligi, yangi ehti-yojlar paydo bo'lganligining oqibatidir.
34
Этнология. Учебник. Под.ред.Г.Е.Маркова и В.В.Пименова М.1994.С.26.
Sibir xalqlarining hozirgi madaniy darajasi ularning ta'lim saviyasi bilan bog'liq. Masalan,
Shimoliy xalqlarning 1926-yilda 90 foizi savodsiz bo'lgan bo'lsa, hozir ko'pchilik aholi o'rta va
to'liqsiz o'rta bilimga ega. Hozirgi davrda ular uchun davlat ta'minotiga o'tgan maktab-internatlar,
maxsus o'quv yurtlar ochilgan va boshqa iqtisodiy-madaniy sharoitlar yaratilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |