Madaniy-tarixiy jarayonlarni o'rganishda arxeologiya fanining ahamiyati.
Qadimgi va o'rta
asrlar davri tarixini o'rganishda arxeologiya fanining ahamiyati. O’zRFA Ya.G’ulomov nomidagi
Arxeologiya ilmiy-tadqiqotlar instituti faoliyati. O’zbekiston arxeologiyasining rivojlanishida hissa qo’shgan
arxeolog olimlar.
Qo'llaniladigan ta'lim texnologiyalari: seminar-loyiha, dialogik yondoshuv, muammoli ta'lim, aqliy
hujum, SWOT-tahlil, zig-zag, charxpalak.
Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; A5; A6; A8; A11; A13; A14; Q1; Q2.
“Arxeologiya va etnologiya” fani bo'yicha amaliy mashg'ulotlarning kalendar tematik rejasi
1-semestr uchun
t\r
Mavzular
soat
Bajarilishi
imzo
soat
muddat
1
Arxeologiya fanining maqsad va vazifalari
2 soat
2
Paleolit davri moddiy madaniyati
2 soat
3
Mezolit davri xo'jaligi va moddiy
madaniyati
2 soat
4
Neolit davri madaniyatlari xususiyatlari
2 soat
5
Eneolit davri tarixiy-madaniy jarayonlari
2 soat
6
Bronza davri jarayonlari va moddiy
madaniyati
2 soat
7
O'rta Osiyoning temir davri xususiyatlari
2 soat
8
Antik davri madaniyati va san'ati
2 soat
9
O'rta Osiyoning o'rta asrlar moddiy
madaniyati
2 soat
10
Madaniy-tarixiy jarayonlarni o'rganishda
arxeologiya fanining ahamiyati
2 soat
JAMI:
20 soat
Mustaqil ta'limni tashkil etishning shakli va mazmuni
“Arxeologiya va etnologiya” fani bo'yicha talabaning mustaqil ta'limi shu fanni o'rganish
jarayonining tarkibiy qismi bo'lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to'la ta'minlangan.
Talabalar auditoriya mashg'ulotlarida professor-o'qituvchilarning ma'ruzasini tinglaydilar, tegishli
topshiriqlarni bajaradilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt
qiladi, uy vazifa sifatida berilgan vazifalarni bajaradilar. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq
o'rganish maqsadida qo'shimcha adabiyotlarni o'qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo'yicha testlar
yechadi. Mustaqil ta'lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Tavsiyalar individual talabga asoslanadi va joriy, oraliq nazorat shaklida yoki darslardan tashqari
vaqtda referat yeki muloqot tarzida topshiriladi.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda fanning xususiyatlarinihisobga olgan holda, quyidagi shakllardan
foydalanish tavsiya etiladi:
- Amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik;
- Darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
- Tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismini o‘zlashtirish;
- Maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
- Talabaning o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fan bo‘limlari va mavzularni
chuqur o‘rganish;
- Faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;
- Masofaviy ta’lim.
Do'stlaringiz bilan baham: |