Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida



Download 179,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/26
Sana14.07.2022
Hajmi179,06 Kb.
#800414
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
O‘RQ-677-сон 25.02.2021

20-modda. Malaka imtihoni
Sertifikat olish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun talabgorlarning bilimlarini
malaka komissiyasi tomonidan tekshirish tartib-taomili malaka imtihonidir.
Malaka imtihonini o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.
Auditorda kamida o‘n yillik uzluksiz auditorlik ish staji mavjud bo‘lgan va u ushbu Qonun 22-
moddasining 
ikkinchi qismida 
belgilangan hujjatlarni taqdim etgan taqdirda, sertifikatning amal
qilish muddati malaka imtihoni topshirilmagan holda uzaytiriladi.
Malaka imtihonidan o‘ta olmagan talabgor, malaka imtihonini qayta topshirish uchun malaka
imtihonida ishtirok etgan sanadan e’tiboran kamida bir oydan so‘ng hujjatlarni taqdim etishga
haqli.
21-modda. Sertifikat olish uchun talabgorga qo‘yiladigan malaka talablari
Sertifikat olish uchun talabgor oliy ma’lumotga hamda oliy ta’lim tashkilotini
tamomlaganidan keyin oxirgi o‘n yildan kamida uch yil buxgalteriya hisobi va audit sohasida yoki
oliy ta’lim tashkilotida “Buxgalteriya hisobi” yoxud “Audit” fanidan dars berish sohasida ish stajiga
(shu jumladan o‘rindoshlik asosida) ega bo‘lishi kerak.
“Buxgalteriya hisobi” va “audit” ixtisosliklari bo‘yicha magistr diplomiga ega bo‘lgan talabgor
uchun auditorlik tashkilotida kamida bir yillik ish staji (shu jumladan o‘rindoshlik asosida) talab
qilinadi.
Talabgorning iqtisodiy ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy darajasi mavjud bo‘lgan taqdirda,
buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi ish staji talab etilmaydi.
22-modda. Sertifikat olish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun zarur
bo‘lgan hujjatlar
Talabgor dastlabki besh yillik muddatga sertifikat olish uchun vakolatli davlat organiga
quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining ma’lumotlari;
(22-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi
O‘RQ-759-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning yoki ilmiy daraja to‘g‘risidagi hujjatning yoxud chet
davlatda olingan oliy ma’lumot yoki ilmiy daraja to‘g‘risidagi hujjatni tan olish haqidagi tegishli


vakolatli davlat organi guvohnomasining ko‘chirma nusxasini;
belgilangan davriylik bilan malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda,
xalqaro buxgalter sertifikatining ko‘chirma nusxasini (mavjud bo‘lgan taqdirda);
mehnat daftarchasining ko‘chirma nusxasini (o‘rindoshlik asosida ish staji mavjud bo‘lgan
taqdirda bu haqda mehnat daftarchasiga yozuv kiritilgan holda, shuningdek xorijdagi ish stajini
tasdiqlovchi hujjatni) yoki “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan
ko‘chirmani;
arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatining ko‘chirma
nusxasini.
Auditor sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish uchun uning dastlabki besh yillik
muddati yoki navbatdagi o‘n yillik muddati tugashidan uch oy oldin, biroq sertifikatning amal qilish
muddati tugashidan ko‘pi bilan olti oy oldin vakolatli davlat organiga quyidagi hujjatlarni ilova
qilgan holda ariza taqdim etadi:
sertifikatning asl nusxasini;
belgilangan davriylik bilan malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda,
xalqaro buxgalter sertifikatining ko‘chirma nusxasini (mavjud bo‘lgan taqdirda);
mehnat daftarchasining ko‘chirma nusxasini yoki “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo
dasturiy-apparat kompleksidan ko‘chirmani;
arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatining ko‘chirma
nusxasini.
Ushbu moddaning 
birinchi
va 
ikkinchi qismlarida 
belgilangan hujjatlar yozma yoki elektron
shaklda taqdim etiladi.
Ushbu moddada nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 179,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish