Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida


-modda. Auditorlik tashkilotlarining turdosh xizmatlari



Download 179,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/26
Sana14.07.2022
Hajmi179,06 Kb.
#800414
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Bog'liq
O‘RQ-677-сон 25.02.2021

33-modda. Auditorlik tashkilotlarining turdosh xizmatlari
Auditorlik tashkilotlari quyidagi turdosh xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin:
buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, qayta tiklash, yuritish va moliyaviy hisobot tuzish, shu
jumladan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha moliyaviy hisobot tuzish;
yuridik shaxsning taftish komissiyasi (taftishchisi), investitsiya aktivlarini ishonchli
boshqaruvchi vazifalarini amalga oshirish;
buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish masalalari bo‘yicha maslahat berish;
auditorlik tashkilotining shtatida soliq maslahatchisi mavjud bo‘lganda yoxud shartnoma
shartlari asosida uni jalb etgan holda, soliqqa oid qonunchilikni qo‘llash, soliqlar va yig‘imlar
bo‘yicha hisob-kitoblar, deklaratsiyalar tuzish yuzasidan maslahatlar berish;
moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish va moliyaviy rejalashtirish, shu jumladan biznes-rejalar
tayyorlash, iqtisodiy, moliyaviy maslahat va boshqaruvga oid maslahat berish;


buxgalteriya hisobi, audit va moliyaviy hisobot, soliq solish, moliya-xo‘jalik faoliyatini hamda
moliyaviy rejalashtirishni tahlil qilishga doir seminarlar, konferensiyalar o‘tkazish;
buxgalteriya hisobini yuritishni avtomatlashtirish va moliyaviy hisobot tuzish, moliyaviy
axborotning axborot xavfsizligi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyati standartlarida nazarda tutilgan boshqa turdosh
xizmatlarni ham ko‘rsatishi mumkin.
6-bob. Auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish
34-modda. Auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdagi cheklovlar
Auditorlik tashkilotlariga quyidagilarga nisbatan auditorlik tekshiruvini o‘tkazish taqiqlanadi:
mazkur auditorlik tashkilotining kreditorlari, sug‘urtalovchilari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi
subyektlarga nisbatan, shuningdek ushbu auditorlik tashkilotlari va auditorlar o‘zining muassislari,
ishtirokchilari, aksiyadorlari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan;
muassisi, ishtirokchisi, aksiyadori yoki rahbarlik vazifalarini yoxud buxgalteriya hisobi va
moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan shaxsi, audit qo‘mitasi a’zosi bir vaqtning
o‘zida mazkur auditorlik tashkilotining xodimi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan;
auditorlik tekshiruvi bilan qamrab olinadigan davrda mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektga
ushbu Qonun 33-moddasi birinchi qismining 
ikkinchi
va 
uchinchi xatboshilarida 
nazarda tutilgan
turdosh xizmatlarni ko‘rsatganlarga;
xodimlari muassisning, ishtirokchining yaqin qarindoshlari yoki rahbarlik vazifalarini yoxud
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi shaxsning
tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt audit qo‘mitasi a’zosining yaqin qarindoshlari bo‘lgan;
auditorlik tashkilotining yoki auditorning manfaatdorligi moliyaviy hisobot va u bilan bog‘liq
moliyaviy axborot to‘g‘risida fikr bildirishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvi
yuzaga kelgan taqdirda.
Auditorlik tashkiloti ketma-ket yetti yildan ko‘proq ayni bir xo‘jalik yurituvchi subyektning
auditorlik tekshiruvini o‘tkazishga haqli emas.

Download 179,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish