asosan SSSRning xomashyo bazasiga aylangandi. Natijada respublikada
sanoatning xomashyoga birlamchi ishlov berish bilan bogMiq tarmoqlari
ko‘proq rivoj topgan. Paxta bo‘yicha rejalarning bajarilishi partiya va
Sovet organlari rahbarlarining ustivor vazifasi hisoblangan. Paxta
yetishtirishning salmog‘i, hatto chor Rossiya davrida (1913-yilda)
33,2% tashkil etgan.
Sovet davrida esa umumiy yer maydonlarining 75 foizini paxta
tashkil qilgan. O‘zbekistonning amalda paxta etishtirishni ko‘paytirish
imkoniyati tugagan bir sharoitda Markaz O‘zbekistonda 2000- yilga
borib paxtaning yalpi hosilini 8 min. tonnaga etkazish dasturini ishlab
chiqdi. Adolatsiz narx siyosati ham 0 ‘zbekiston xalqining turmush
darajasiga putur etkazar edi. Bunga SSSRdagi ma’muriy-buyruqbozlik
tizimi va respublikaning o‘z
manfaatlari, xalqining manfaatlari bilan
hisoblashmaydigan siyosati sabab edi. Bu siyosat orqali SSSRda
ko‘zboyamachilik, poraho‘rlik, laganbardorlik kabi illatlar kuchayib
bordi. Barcha darajadagi ba’zi xo‘jalik rahbarlari hokimiyatni, xizmat
lavozimini suiste’mol qilar, g‘arazli manfaatlarini o‘y!ab yashar edi.
Ammo bu nuqsonlar Markaz tomonidan olib borilgan ma’muriy-
buyruqbozlik siyosatning oqibati edi.
1984-yildan boshlab KPSS MK rahbarligining topshirig'i bilan
Q‘zbekistonga
prokuratura
xodimlari
T.
Gdlyan
va
Ivanov
boshchiligida katta guruh tergovchilar yuborilib, “paxta ishi” nomini
olgan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi. Markaziy matbuotda bu “0 ‘zbek
ishi” degan nom olgan. Jinoyatchilikka qarshi kurashish niqobi ostida
Moskvadan va boshqa respublikalardan 0 ‘zbekistonga ketma-ket turli
tergov guruhlari yuborildi. Respublihamizga har xil joylaridan rahbar
kadrlar kela boshladi. 1985-yilda boshlangan “qayta qurish” siyosati
xalqimizda o ‘z hayotini
yangilashga, uni yaxshilashga bo‘lgan umidni
uyg‘otgan edi.
Biroq puxta o‘y!ab ko'rilmagan qarorlar, ulami joriy qilishdagi
jiddiy nuqsonlar, ma’muriy siquvning davom etishi, “qayta qurish”ning
puxta ishlab chiqilgan konsepsiyasining yo'qligi, xo‘ja-ko‘rsinga olib
borilayotgan tadbirlar, markaz tomonidan o‘ylab topilgan “paxta ishi”
tufayli yuz berayotgan qonunbuzarliklar respublikaning
ijtimoiy-siyosiy
ahvolini yanada murakkablashtirdi. Ziddiyatli “qayta qurish” siyosati
oqibatda republikalar orasida iqtisodiy aloqalarning buzilishiga olib
keldi, 0 ‘zbekiston iqtisodiyotidagi tangchilik holati chuqurlashib bordi,
sanoat ishlab chiqarishining va qishloq xo‘jaligi samaradorligi pasayib
bordi.
1 69
1989-yil 2 3 -iyun oyida 0 ‘zbekiston MQ ning birinchi kotibi
lavozimiga I.A.Karimov saylandi. Uning tashabbusi bilan 1989-yil
avgust oyida qishloq aholisiga 90,7 tning gektar yer ajratildi,
shu bilan
1,5 min. ko'proq oilaning tomorqa uchastkalari kengaytirildi, 580 ming
oila unga ega bo‘ldi. 0 ‘z mustaqilligiga intilayotgan O'zbekistonning
keyingi qadami 1989-yil 21-oktyabrda 0 ‘zbekiston Oliy Kengashning
XI sessiyasida “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: