R
-
Rabod
(ar.) - musulmon Sharqidagi o‘rta asr shaharlarining savdo va
hunarmandchilik do‘konlari joylashgan qismi.
-R a v o q
(ar.) - katta binolaming old tarafida baland qilib ishlangan
ko‘rkam va savlatli qismi.
-
Radar yoki radiolokator
(ing.) - radio yordamida, ya’ni nurlar orqali
masofani aniqlash va belgilash vositasi.
- Radiogramma (lot.) —
radioxabar, axborot.
-
Ratifikatsiya
(lot.) - ahdlashuvchi davlatlarning muhtor vakillari
tomonidan tuzilgan xalqaro shartnoma yoki bitimning davlatning oliy
hokimiyati (kongress, parlament, duma, oliy majlis) tomonidan
tasdiqlanishi.
-
Rang
(nem.) - tabaqa, lavozim darajasi.
- Rdsadxona (fors.) - osmon jismlarining holati va harakatini
kuzatadigan maxsus joy.
-R eaksiya (lot.) - 1) u yoki bu harakat ta’siriga qarshi holat; 2)
jamiyatda ilg‘or o‘zgarishlarga qarshi bo‘lgan harakat.
-
Rezerv
(fr.) - zaxira, extiyot qism. Harbiyda og‘ir, mushkul sharoitda
ishga solinadigan ehtiyot harbiy qism.
-
Reyxstag
(nem.) - davlat majlisi. 1871-1945-yillardagi Germaniya
parlamenti.
-
Renatriatsiya
(lot.) - harbiy asrlami, boshqa qochoqlami o‘z vataniga
qaytarish.
-
Reforma
(lot.) - islohot, o ‘zgartirish.
-
Rasadxona
(ar.) - osmon jismlarini kuzatish joyi.
-
Raqobat
(ar.) - ziddiyat, qarama - qarshilik.
-
Revansh
(fr.) - qasos. Urushda yuz bergan mag'lubiyat uchun o‘ch
olish. Revanshizm - qasos olish siyosati.
- Raiyat (ar.) - tobe kishilar, oddiy xalq.
-R eviziya
(lot.) - qayta ko‘rib chiqish. Revizionizm - biron bir
xulosaga o‘zgartirish kiritish maqsadida olib borilgan siyosat.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |