Psixologik trening asoslari



Download 2,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/190
Sana14.07.2022
Hajmi2,48 Mb.
#799115
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   190
Bog'liq
fayl 776 20210505

Biriichidan,
industrial 
jamiyatdan 
axborotlar 
jamiyatiga 
o’tib 
bormoqdamiz. Axborotlarning kunligi aynan inson manfaatiga aloqador 
ma’lumotlarni saralash, u bilan to’g’ri munosabatda bo’lishni taqozo etadi. 
Axborot XXI asrda eng nodir kapitalga aylanadi va bu o’z navbatida insonlarga 
zarur axborotlar uzatiliish tezligi va tempini o’zgartiradi. 
Ikkinchidan,
turli kasb-faoliyat sohasida ishlayotgan odamlar guruhining 
ko’payishi, ular o’rtasida munosabatlar va aloqaning dolzarbligi axborotlar tigiz 
sharoitda oddiygina muloqotni emas, balki professional, bilimdonlik asosidagi 
muloqotni talab qiladi. Umuman, XXI asrning korporatsiyalar asri bo’lmoqda, 
deb bashorat qilayotgan iqtisodchilar ham bu korporatsiya insonlarning o’zaro 
til topishlariga qaratilgan malakalarning rivojlangan, mukammal bo’lishi haqida 
gapirmoqdalar. Undan tashqari, bu kabi korporativ aloqa ko’p hollarda bevosita 
yuzma-yuz emas, balki zamonaviy texnik vositalar — uyali aloqa, fakslar, 
elektron pochta, Internet kabilar yordamida aniq va lo’nda fikrlarni uzatishni 
nazarda tutadi. Bu ham o’ziga xos muloqot malakalarining ataylab 
shakllantirilishini taqozo etadi. 
Uchinchidan,
oxirgi paytlarda shunday kasb-hunarlar soni ortdiki, ular 
sotsionomik guruh kasblar deb atalib, ularda “odam-odam” dialogi faoliyatning 
samarasini belgilandi. Masalan, pedagogik faoliyat, boshqaruv tizimi, turli xil 
xizmatlar (servis), marketing va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday 
sharoitlarda odamlarning ataylab muloqot bilimdonligining oshirilishi mehnat 
mahsulini belgilaydi. 
Shuning uchun ham muloqot, uning tabiati, texnikasi va strategiyasi, 
muloqotga o’rgatish, ya’ni ijtimoiy psixologik trening masalalari bilan 
shug’ullanuvchi fanlarning hamjamiyatdagi o’rni va salohiyati keskin oshdi. 
Treninglar - shaxsiy, o'quv va kasbiy vazifalarni bajarish uchun zarur 
bo'lgan ma'lum ko'nikmalarni yaratish, rivojlantirish va tizimlashtirishga 


143 
qaratilgan intensiv, qisqa muddatli o'quv mashg'ulotlari hisoblanib, trening 
jarayonining asosiy manbasi shaxslararo muloqot, munosabat hisoblanadi.
Trening insonga eng ko'p yo'naltirilgan investitsiya hisoblanadi, chunki 
trening jarayonida inson muayyan maqsadlarga erishish uchun zarur bo'lgan 
ko'nikmalarni 
shaxslararo 
munosabatlarda 
shakllantiradi. 
Trening 
mashg'ulotning turli shakllarini - ma'ruzalar, vaziyatlarni tahlil qilish, biznes 
o'yinlari, shaxsning muayyan muammolarini hal qilishga qaratilgan zarur 
ko'nikmalarni rivojlantirish uchun turli mashqlar to’plamidir. Muloqot 
treninglarining turli shakllarining mohiyati an'anaviy mashg’ulotlarga qaraganda 
ancha samarali chiqishini ta’minlaydi. Jumladan:
-
muloqot jarayonida axborot almashish; 
-
o'zaro ta'sir va o'zaro tushunish; 
-
samarali aloqa ko'nikmalarini rivojlantirish; 
-
muloqotda to'siqlarni engib o'tish istagini uyg'otish; 
-
inson hayotiy ehtiyojlaridan biri bo'lgan aloqaga qiziqish; 
-
har xil aloqa vaziyatlarida aloqa o'rnatish imkoniyatlarini kengaytirish; 
-
boshqa 
odamlarni, 
o'zlarini, 
shuningdek 
odamlar 
o'rtasidagi 
munosabatlarni tushunish ko'nikmalarini rivojlantirish; 
- samarali tinglash ko'nikmalarini o'zlashtirish; 
- o'zini o'zi bilish va o'zini anglash jarayonini faollashtirish; 
Muloqot bu murakkab, ko'p qirrali jarayon bo'lib, unda ma'lumot 
almashish, o'zaro ta'sir, o'zaro tushunish anglanilib, shaxslar o’zaro aloqa 
jarayonida o’zlarining ehtiyojlari uchun muhim bo’lgan imkoniyatlarni 
o’zlashtirib oladilar. Kishilar muloqot jarayonini qiziqarli, ko'ngilochar, zarur va 
jonli ehtiyoj ekanligini, suv va ovqatga bo'lgan ehtiyoj kabi muhimligini yaxshi 
biladilar. 

Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish