Psixologik trening asoslari


Kommunikativ kompetentsiyani rivojlantirish



Download 2,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/190
Sana14.07.2022
Hajmi2,48 Mb.
#799115
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   190
Bog'liq
fayl 776 20210505

Kommunikativ kompetentsiyani rivojlantirish

Bunga misol qilib aloqa 
bo'yicha trening guruhini keltirish mumkin. Ularning asosiy vazifalari: 
- muloqotda psixologik aloqani o'rnatish va qo'llab-quvvatlash qobiliyatini 
rivojlantirish; 


124 
- boshqa odamlar bilan o'zaro munosabatlardagi o'zlarining imkoniyatlari 
va cheklovlarini bilish; 
- samarali aloqaga xalaqit beradigan ichki to'siqlar va qisqishlarni bilish va 
olib tashlash; 
- boshqa odamning xatti-harakatlarini oldindan bilish qobiliyatini 
rivojlantirish va boshqalar. 
2.Trening guruhlaridagi boshlovchilarni tayyorlash va attestatsiya 
qilish masalasi.
Treningni qanchalik samaradorligi trenerning tayyorgarligi bilan 
belgilanadi

Ijtimoiy-psixologik 
trening insonlar o’rtasidagi sog’lom 
munosabatlarning bo’lishiga erishishni maqsad qilib qo’yar ekan, uni 
o’tkazuvchi, uyushtiruvchi shaxs o’z ishini mukammal bilishi va faoliyat 
samarasini ta’minlovchi usullarni qo’llay olishi asosiy omillardan biridir. Trening 
o’tkazuvchiga qo’yiladigan asosiy shart va talablardan biri shuki, u muloqot 
jarayonining barcha qirralarini kasbiy va psixologik jihatdan mukammal darajada 
egallab, nazariy bilimlarni bevosita amaliyotda, trening jarayonida qo’llay 
bilishdir. Ularni odatda trenerlar, instruktorlar, boshlovchilar deb atashadi. Demak, 
trening mashg’ulotlarini uyushtiruvchi muassasa yoki tashkilotlarda eng avvalo 
e’tibor berilishi zarur bo’lgan tomoni u yerda ijtimoiy psixologik trening olib 
boruvchilarni o’qitish, tayyorlash, ulardan trening o’tkazuvchi mutaxassislarni 
shakllantirishdir. Shuningdek, trenerlarni tez – tez attestatsiyadan o’tkazib turish, 
ya’ni ularning nazariy va amaliy tayyorgarligini tekshirib turish maqsadga 
muvofiqdir. Chunki har bir shaxsning individualligi, ularga o’ziga xos ta’sir 
o’tkazish usullarini bilish, trening jarayonida kutilmagan vaziyatlar yuzaga 
kelganda udan samarali chish yo’llarini takomillashtirib borish treningni yanada 
natijaviyligini oshiradi.
 
Trening o’tish jarayonida qo’llaniladigan interfaol usullar, trening 
mashg’ulotlarida foydalaniladigan turli xil metodikalar, mashq va o’yinlarning 
tavsifi, ularni tahlil qilish usullaridan foydalanilishi, shuningdek, trening davomida 
yuzaga kelgan vaziyatlarni konstruktiv usullar orqali, operativ ravishda echimini 
to’ish qobiliyatini rivojlantirish zarur.
Trener avvalo o’zgalar shaxsiga xos bo’lgan xususiyatlarni juda yaxshi bilishi 
va bundan inglizlar aytganidek: « O’zgalar psixologiyasini bilish ular ustidan 
xukmronlikning bir shaklidir» degan naqlni esdan chiqarmaslikdir, lekin bunda 
pedagogik alg’truizm ya’ni, o’zgalar manfaatini o’zinikidan ustun qo’yish xislati, 
o’zining shaxsiy fazilatlari va psixologiyasini mukammal bilishi va uni boshqara 
olish qobiliyatiga ega bo’lishi zarur. Har qanday chigal yoki ziddiyatli vazi- 


125 
yatlardan chiqib ketishgina emas, balki uni oldini ola bilish, vaziyat to’g’ri 
kelganda esa bartaraf etib, ishtirokchilarga to’g’ri maslahat bera olishi, empatiya, 
ya’ni o’zgalar holatlarini chuqur his qila olish qobiliyatining mavjudligi, 
o’zgaruvchan, moslanuvchan aql sohibi bo’lish, kutilmagan holatlarga o’zini 
oldindan tayyorlash, o’zini yo’qotmaslik, o’z xatti-harakatlarini doimo ma’lum 
maromda ushlash va kerak bo’lsa o’zidagi motorikani rivojlantira olish, o’zgalar 
nutqi, reaksiyalarini aniq tushunish va tinglash, mimika va mohiyatlar harakatini 
to’g’ri talqin etish va tushunish, tinglovchilar va o’yin ishtirokchilarining 
ehtiyojlari va qiziqishlariga qarshi bormasligi, rejalashtirish qobiliyatining bo’lishi, 
oldindan kutilayotgan jarayonning barcha muhim va nomuhim jihatlarini oldindan 
taxminan bo’lsa ham tasavvur qilib, aniq reja tuza olishi, o’ziga ishonch, 
e’tiqodning mavjudligi, real tafakkur va irodaning bo’lishi ko’zda tutiladi. 
Boshlovchi trenerning asosiy vazifalari ham uning shaxsiga qo’yiladigan 
talablardan bevosita kelib chiqadi. Ya’ni u: 
a) avvalo ta’lim dasturiga ega bo’lishi kerak; 
b) dasturga mos ssenariylar tanlay bilish, kerak bo’lsa, har bir aniq holat va 
vaziyatga moslashtirish, mashg’ulotlarni tashkil qilishda ham ushbu holatlarga 
e’tibor qaratish shart; 
v) qatnashchilarning yoshi, jinsi, kasbiy malakalari, madaniyat darajasi va 
ehtiyojlariga mos ravishda dastur va ssenariylarga o’z vaqtida tuzatishlar kiritish 
qobiliyatiga ega bo’lishi, mashg’ulotlar shakli, vaqti, joyini ham yuqoridagi 
omillarga mos ravishda tanlashi ularning samaradorligiga bevosita ta’sir 
ko’rsatadi. 
Trening ishtirokchilarini mashg’ulot boshlanishidan avval mavzu bo’yicha 
matnlar bilan ta’minlash va ma’ruzalarni iloji boricha trenerning o’zi o’qib, 
amaliy mashg’ulotlarga ham begonalarni jalb qilmagani ma’qul, chunki bu 
yerda “nimaga o’rgatish” va “qanday o’rgatish” degan savollarga javobgar shaxs 
bir kishi bo’lsa, harakatlarda uyg’unlik bo’lishi mumkin. 
Ijtimoiy-psixologik treningda boshlovchi roliga duch kelgan shaxslarni jalb 
qilib bo’lmaydi. Chunki mashg’ulotlarni o’tkazuvchi maxsus tanlovda ishtirok 
etgan bo’lishi va unda uning komunikativ mahorati, o’z-o’zini nazorat qila olish 
qobiliyati, bosiqligi, hissiyotlarining muqobilligi, ularga ma’lum ma’noda 
turg’unlik xos bo’lishi shart. Tanlov umuman, xolis ekspertlar, trenerlarni 
tayyorlash kurslari ham nisbatan uzoq muddatga mo’ljallangan mashg’ulotlar ti- 
zimidan iborat bo’ladi. Ijtimoiy-psixologik treningda samarali muloqotga 
erishish uchun quyidagi omillar hisobga olinishi maqsadga muvofiq: 


126 
a) maqsadning aniq bo’lishi, uning boshlovchi va ishtirokchilar tomonidan 
bir xil idrok qilinishi va tushunilishi. Demak, bu o’rinda guruhiy va individual 
maqsadlar o’rtasidagi moslik va kelishuvning mavjudligiga e’tibor qaratilishi 
shart; 
b) ikki tomonlama muloqotning mavjudligi, ya’ni fikr va hissiy 
kechinmalarning aniqligi, ochiqligi va rostgo’ylik tamoyillariga e’tibor berish; 
v) faol ishtirok va guruhdagi liderlikning a’zolar o’rtasidan teng 
taqsimlanishiga erishish, ya’ni guruhda yaqqol ko’zga tashlangan lider yoki 
doimo o’z hissiy kechinmalarini va irodasini boshqalarga o’tkazishga harakat 
qilayotgan shaxsning bo’lmasligi; 
g) ta’sir ko’rsatish yoki ruhiy tazyiqning ishtirokchilar bilimlari, 
qobiliyatlari va malakalariga asoslanishi, lekin bunda boshqalarning 
kamsitilishiga yo’l qo’ymaslik; 
d) qaror qabul qilish va munozaralarini yakunlash bosqichlarida vaziyatga 
qarab, boshlovchining tashabbusini o’z qo’liga olish huquqidan foydalanishi; 
e) tortishuvlarga doimo to’g’ri, oqilona, konstruktiv tus bera olish, bu omil 
ishtirokchilar tashabbuslarini qo’llab-quvvatlaydi va ulardan shakllanadigan 
sifatlarning mustahkamlanishiga zamin hozirlaydi; 
j) guruh faoliyatining samaradorligi masalasi ham o’sha guruh a’zo lari 
tomonidan baholanishi o’yin munozarani yana davom ettirish yoki to’xtatish 
masalasiga oydinlik kiritadi, aks holda boshlovchi bu mas’uliyatni o’z bo’yniga 
olsa unda guruh o’z faoliyatidan qoniqmay qolishi mumkin; 
z) birinchi guruh a’zolarining maksimal tarzda o’zini ko’rsatish, hattoki, 
o’zidagi yashirin emotsiyalarni va yangiliklarni namoyon etishga undash 
lozimki, toki u har qanday sharoitda ham o’z individualligini ko’rsatish 
qobiliyatiga ega bo’lsin. 
Shunday qilib, ijtimoiy-psixologik trening samaradorligi bir tomondan, 
ishtirokchilarni faol qatnashishlarini va o’zlarini erkin his qilishlariga bog’liq 
bo’lsa, ikkinchi tomondan, bu narsa boshlovchi, trener shaxsining psixologik 
xususiyatlariga bevosita bog’liqdir. Shuning uchun ham trenerda ijtimoiy-
psixologik trening o’tkazish tajribasi yetishmasa, u o’ziga xos va mos 
auditoriyani topib ishlashi, kattalar guruhi yoki noma’lum kishilar bilan ishlash 
uchun yetarlicha tayyorgarlik ko’rishi lozim. Chunki agar u o’z amaliy 
faoliyatini boshidayoq mag’lubiyatga uchratsa, hech qachon u trening 
mashg’ulotlari o’tkaza olmasligi mumkin. Bu holat unda shaxsiy tushkunlikni 
keltirib chiqarib, o’zi yordamga muhtoj bo’lib qoladi. Boshlovchi ham o’z 
faoliyatini amalga oshirishda yuqorida ta’kidlanganidek, ijtimoiy-psixologik 


127 
treningning turli shakllaridan ma’qulroq turidan boshlashi mumkin. Masalan: 
o’zidan yosh bo’lgan bolalar guruhida turlicha oson o’yinlar tashkil qilish, 
savol-javob guruhlarini uyushtirish, dumaloq stol atrofida turli hayotiy 
muammoli masalalarni muhokama qilishga o’rgatish mumkin. Psixodramatik 
o’yinlar, ayniqsa, sotsiadramalar shaxsdan yuksak kasbiy sifatlarni, insonlar 
bilan ishlash tajribasini talab qiladi. 
Boshlovchi trenerdan talab qilinadigan psixologik kasbiy faoliyatning asl 
mohiyati shundaki, odamlar ko’ziga, xatti-harakatiga qarab, ularning niyat va 
istaklarini, treningda ishtirok etish qobiliyatini taxminan oldindan chamalab 
olishi hamda o’yin davomida mohirlik bilan ular harakatini zimdan boshqarish 
qobiliyatiga ega bo’lishi shart. Shuning uchun maxsus ijtimoiy psixologiya 
kurslarida tahsil olmagan, kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lmagan shaxslar 
treningni boshqara olmaydilar. Bundan tashqari boshqaruvchi shaxslardan 
fidoyilik, o’z manfaatini o’zgalardan yuqori qo’ymaslik, sabr, chidam, tezkorlik, 
fahm-farosat sifatlari talab qilinadi. Bu sifatlar ma’lumki, nafaqat nazariy 
tayyorgarlik asosida balki, ko’proq hayotiy muloqot va ijtimoiy faoliyatning 
barcha turlarida faol ishtirok etish natijasidangina qo’lga kiritiladi.

Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish