79
ishga tushiradi. Ana shuning uchun ham yangi ish yoki yangi mijozlar haqida
o‘ylaganingizda imkoniyatlar kutilmaganda paydo bo‘ladi.
Samarali vizualizatsiyaning bir necha asosiy jihatlari mavjud:
O‘lchamga ega aniq maqsad belgilang:
Vizualizatsiya uchun rasm
to‘plaganda uni maksimal darajada aniq bo‘lishiga harakat qiling. Masalan, agar
kitob ustida tongda xotirjam ish olib borishni istasangiz, bu qachon sodir
bo‘lishi va qancha vaqt davomida ishlashingizni tasavvur qiling.
Detallarigacha tasavvur qiling:
Qanday ishlashingiz va qadam-baqadam
maqsadlaringizga erishayotganingizni tasavvur qiling. Iloji boricha ko‘proq
detallar qo‘shing: qayerdasiz, nima kiyib olgansiz.
Hislaringizni ishga soling:
Xonaning hidi, yugurganingizdan keyin
oyoqdagi jimirlashlar, nutqingizdan keyin yangragan olqishlar – bularning barini
tasavvurda jonlantirishga harakat qiling.
Ssenariy kabi yozing:
Maqsadlarini qog‘ozda qayd etgan kishilar katta
ehtimol bilan ularga erishadilar. O‘z vizualizatsiyangiz ssenariysini qog‘ozga,
elektron ko‘rinishda yoki audioshaklda yozing. Uni takror ravishda tinglash yoki
qayta o‘qish yanada aniqroq obraz xosil qilishda yordam beradi.
Hodisa rivojining turli shakllarini ko‘rib chiqing:
Kelajak haqida
o‘ylaganingizda qo‘rquv, xavotir va shunday fikrlar paydo bo‘ladi: «Agar…
bo‘lsa-chi…» Ularni tasavvuringiz yanada moslashuvchan bo‘lishi uchun
qo‘llang.
Xayoliy tarzda barcha ichki – quvvat va o‘ziga bo‘lgan ishonchning
yetishmasligi va tashqi to‘siqlardan o‘ting. Masalan, vaqt, pul, vaziyatlar.
Ularning har birini qanday yengib o‘tayotganingizni tasavvur qiling. Natijani
detallarda tasavvur eting. Uni iloji boricha batafsil tasvirlang. Sizga xalaqit
qilishi mumkin bo‘lgan holatlarni o‘ylab ko‘ring. Barcha taklif va
qo‘rquvlaringizni yozib chiqing. O‘zingizga bog‘liq bo‘lganlarinigina qayd
eting. Reja tuzing. Har bir holat uchun hodisalar rivojining turli variantlarini
o‘ylab toping. Masalan: «Agar sahnada yiqilib tushsam, o‘rnimdan turib, bu
haqida hazillashaman. Yozayotgan vaqtimda telefon jiringlab qolsa, uni
o‘chirib, keyinroq qo‘ng‘iroq qilaman».
Agar sizga vizualizatsiya texnikasi ham shubhali ko‘rinayotgan bo‘lsa,
dastlab kichikroq maqsadga erishish uchun qo‘llab ko‘ring: 50 marta tortilishni
o‘rganish, qo‘shimcha ish topish, yangi do‘st orttirish. U ishlashiga ishonch
hosil qilgach, uni hayotingizning qolgan sohalariga doimiy asosda integratsiya
qilishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: