113
ko‗rgazmalilikni oshiradi. Namoyish slaydlarini o‗quvchilarga tarqatma material sifatida ham berish
mumkin. Elektron darslikdan mustaqil ta‘lim olishda va o‗quv materiallarini har tomonlama samarali
o‗zlashtirishda foydalanish mumkin. Elektron darslikda fanning o‗quv materiallari o‗quvchiga interfaol
usullar bilan, psixologik va pedagogik jihatlar, zamonaviy axborot texnologiyalari, audio va video
animatsiyalar imkoniyatlaridan o‘rinli foydalaniladi. Bugungi kun o‗qituvchisiga qo‗yilayotgan talab,
dars jarayonida axborot texnologiyalarini qo‗llay olishi, o‗quvchilarni kompyuterdan erkin foydalanishga,
zamonaviy bilimlarni puxta egallashga, ma‘nan yetuk shaxs bo‗lib yetishiga o‗rgatishdan iborat. Ta‘lim-
tarbiyaning
yaxshi
texnika
va
yangi
pedagogik
texnologiyasi
bilan
uning
psixologik
asoslarini
ishlab
chiqish
bugungi
kunning
talabidir.
Ushbu
vazifani
samarali
hal
etish
uchun
esa
yosh
avlodni
tarbiyalaydigan
o‗qituvchilarda
yuksak
ma‘naviy-
axloqiy
fazilat
bo‗lgan
fidoiylik,
fidokorlik
tuyg‗ularini shakllantirish lozim. O‗qituvchilarda: birinchidan, o‗z bilimlarini muttasil oshirib borish,
ikkinchidan, yangi pedagogik texnologiyalarni amalda qo‗llash, uchinchidan, axborot texnologiyalaridan
foydalanish malakalarini o‗zlashtirish asosida ularda fidoiylik xususiyatlarini shakllantirishda muhim
o‗rin egallaydi. Darsda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning afzal tomonlari juda ko‗p.
Masalan:
- bilim olish darajasini kafolatlash;
- belgilangan bilim olish natijalariga erishish samaradorligini ta‘minlash;
- ta‘limning didaktik vositalaridan foydalanishni optimallashtirish;
- o‗qish darslarida esa quyidagi vazifalar amalga oshirilishi mumkin;
- o‗yin orqali o‗quvchining fanga bo‗lgan qiziqishi ortadi;
- o‗quvchining o‗z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o‗zligini namoyon etishga imkoniyat bo‗ladi;
- dars davomida o‗quvchida yangi fikr, g‗oya va takliflar paydo bo‗ladi.
Axborot kommunikatsion texnologiyalarni dars jarayonida qo‘llash natijasida o‘quvchilar mavzuni
tez va oson o‘zlashtiradi, fanni o‘rganishga qiziqishi oshadi, olgan bilimlarini to‘laqonli o‘zlashtirib,
hayotda qo‘llay oladi va muammolarga tezkor yechim topadilar. Talab doirasida to`g`ri ishlab chiqilgan
mavjud axborot manbalaridan foydalana oladi. Eng asosiysi, mustaqil fikrlovchi yoshlarni bugungi
zamonga mos ta‘lim berib, tarbiyalashga erishish mumkin. Talab darajasida to`g`ri ishlab chiqilgan
multimedia materiallari matnli axborotga qaraganda birmuncha ilg`or usul bo`lib, o`quvchilarda aniq va
samarali tasavvur shakllanishiga yordam beradi. Boshlang`ich sinf o`qituvchilarining multimediali o`quv
qo`llanmalaridan foydalanib dars o`tish texnologiyasi afzalliklari quyidagilardan ibotat: Muqobil
istiqbollar, faol ishtirok, tezkor ta‘lim olish, bilimlarni xotirada saqlash va qo`llay olish, muammolarni
yechish va qaror qabul qilish ko`nikmalari, tizimli ravishda tushuna borish, yuqori darajadagi tafakkur,
mustaqillik va e‘tiborlilik, axborotlar ketma- ketligi va tezligini boshqarish.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti o‗qituvchining
ijodkor bo‗lishini, fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olish, fan yutuqlarini
o‗quvchilarga yetkaza olishi va nihoyat o‗quvchilarni ham ijobiy fikrlashga, tadqiqot ishlariga o‗rgata
olishini talab qiladi.Bu ishda esa axbotot kommunikatsion texnologiyalar o`qituvchiga eng yaqin
ko`makchi, yordamchidir.
Do'stlaringiz bilan baham: