108
________________________________________________________
2-DARAJALI SAVOLLAR
1.Arab yozuvi b-n birga qaysi yozuv 800 yil davomida o‘zbek xalqi orasida amalda bo‘lgan?
_________________
2.Arab yozuvida nechta harf bo‘lgan va harflar nechtagacha ko‘rinishga ega edi?
A.28 ta 4tagacha ko‘rinish B. 29 ta 3tagacha ko‘rinish
C. 27ta 4tagacha ko‘rinish D. 32ta 4tagacha ko‘rinish
3 .Fors-tojik va turkiy xalqlar bu alifboga qaysi harflarni qo‘shganlar va buning sababi nima?
4.Turkiy xalqlarning barchasi uchun umuniy bo‘lgan yozuvlar uchta bular:
3-DARAJALI SAVOLLAR
1.‖Qutadg‘u bilig‖nusxalarini sanang.Moslikni topin
1.Qohira nusxasi-------A.arab yozuvida
2.Namangan nusxasi-------------B.Uyg‘ur yozuvida
3.Vena nusxasi------------C.Arab yozuvida
2.Nima Wsababdan arab alifbosiga asoslangan yozuvdan voz kechilgan?Uch sabab ko‘rsating.
3.Xalqlar tarixida yozuvlarning almashinishi boisi nimada deb o‘ylaysiz?
4.Yozuvning tilga nisbatan afzalliklari va afzal bo‘lmagan jihatlariga misollar keltira olasizmi
Ushbu matn asosida ―Harakatli topshiriq ―usulini qo‘llaymiz.Bunda o‘quvchilar o‘rinlaridan turib ,
parta atrofida aylanishni boshlaydilar.O‘qituvchi esa matnni o‘qishni boshlaydi.O‘qituvchi matnni
o‘qishdan to‘xtagan o‘rinda O‘quvchilar ham to‘xtab matn tarkibidan o‘qituvchi to‘xtagan o‘rinni topib .
bo‘sh o‘rinni mos jumla bilan to‘ldirishlari kerak bo‘ladi.Bu o‘quvchilarning xotirasi va tinglab tushunish
qobiliyatlarini shakllantiradi.
Uyg‘ur yozuvi so‘g‘d yozuvi asosida VI-VII asrlarda shakllangan.Uyg‘ur yozuvida ….ta
harf bo‘lib, har bir harf 3 tadan ko‘rinishga ega (ya‘ni so‘z boshi, so‘z o‘rtasi, so‘z oxiri)
Uyg‘ur yozuvi ……….. ………….qarab o`qiladi, undagi barcha harflar qo`shib yozilish
imkoniyatiga ega.Bu yozuv XV asrgacha …………….bilan yonma-yon qo`llanilgan. Ammo
XVI asrdan, ya`ni …………….hukmronligi davrida iste`moldan chiqqan, fa qat Xitoydagi
urg`urlar orasida davom etgan . Uyg‘ur yozuvi yozilgan eng qadimgi turkiy yodgorlik Yusuf
Xos Hojibning………..dostonining ………..shahri kutubxonasida saqlanayotgan nusxasidir.
Shuningdek, …………...ning ikki nusxasi, Xorazmiy ―…………………‖sining bir nusxasi,
hatto
XV asrda ko`chirilib bir to`plamga kiritilgan …………..bir necha g`azallari uyg‘ur yozuvi
yozilgan.
Mashg‘ulotning yakuniy bosqichida o‘quvchilar devorga aralash holatda yopishtirilgan
ma‘lumotlarni o‘zlariga tegishli matn mavzusi ostiga yopishtiradilar .bunda voqealar ketma-ketligida
adashib ketmaslik ahamiyatli sanaladi.
Mashg‘ulot so‘ngida o‘quvchilardan o‘z kayfiyatlariga mos rangdagi doirachalarni ko‘tarish
talab qilinadi.Mashg‘ulot shioriga qaytiladi va o‘quvchiar ilm o‘rganishdan hech qachon to‘xtamaslikka
da‘vat qilinadi.To‘plangan ballar hisoblanib o‘quvchilarning matnni tushunish darajalari aniqlanadi.
Bunda matnni o‘qib tushunish quyidagi bosqichlarga bo‘linadi va quyidagicha baholanadi.
1
Matnni oliy darajada tushunish
625 ball
2
Matnni yuqori darajada tushunish
550 ball
3
Matnni o‘rta darajada tushunish
425 ball
4
Matnni quyi darajada tushunish
400 ball
Do'stlaringiz bilan baham: