117
Multimedia markazi tomonidan bir qancha EATRlar ishlab chiqilgan bo‘lib, bular interfaol elektron
doska yordamida o‘quvchilarga yetkazib berilishi lozim. O‘quvchilar mustaqil o‘zlari yoki guruhlarda
interfaol doska yordamida EATRlardagi o‘yinlar, testlar, krossvordlar va boshqa qiziqarli mashg‘ulotlarni
bajarishlari mumkin. Bu faoliyat natijasida o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishlari oshadi va ta‘lim
jarayonida juda katta samaradorlikka erishiladi. Agar dars jarayonida real obyektlarni ko‘rish va kuzatish
mumkin bo‘lmagan hollarda ulardan foydalanish yanada asosli bo‘ladi.
Bunday ko‘rinishdagi zamonaviy darslarning tashkil qilinishida ta‘lim muassasalarida quyidagi
ko‘rinishdagi qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
axborot texnologiyalari va yangi pedagogik texnologiyadan turli fanlarda foydalanishni yo‘lga
qo‘yish va rag‘batlantirish;
maktablarda zamonaviy axborot va pedogogik texnologiyalarni aks ettiruvchi burchaklar yoki
ko‘rgazmalar tashkil qilish;
fan kabinetlarida AKTning ahamiyatini ko‘rsatish;
O‘quvchilar bilan kompyuter savodxonligini oshirish uchun tashkil qilinadigan to‘garak
ishlarini jonlantirish;
Pedagoglarning dars mashg‘ulotlari davomida kompyuter texnologiyalaridan foydalanishi
natijasida o‘quvchilarning o‘z ustida ishlash ko‘nikmalari rivojlanadi, ta‘lim samaradorligi oshadi.
Demak, darslarda multimedia vositalaridan foydalanishning afzalliklari sifatida ta‘lim-tarbiya
jarayonini jadallashuvi, o‘quvchilarning intellektini rivojlantirishga qaratilgan uslublarni qo‘llashga
imkoniyat berilishini e‘tirof etish mumkin. Shunday ko‘rinishdagi darslarni tashkil qilish asnosida vizual
informasiyalarga yuqori darajada talabgor bo‘lgan o‘quvchilarning xohishi amalga oshadi, mashg‘ulot
zerikarli ko‘rinishdan mazmunan boy va ta‘sirchan darsga aylanadi, ko‘rgazmalilikning amalga oshishi
natijasida diqqat va yangi mavzuning xotirada uzoq muddatga saqlanib qolishi ta‘minlanadi.
O‘quvchilarning axborot olishga bo‘lgan ehtiyojlarining qondirilishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi.
Darsni mazmunli o‘tishiga tayyorgarlik ko‘rilishi natijasida esa, o‘qituvchining ijodkorligi va zamonaviy
bilimlarni o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqi rivojlanadi. Axborotlar oqimi shiddat bilan oqib kelayotgan bir
sharoitda bolalarning ongini va bilishga, o‘rganishga bo‘lgan intilishlari munosib baholanadi. Biz
axborotlar asrida yashayotgan ekanmiz, bugungi kun o‘qituvchisidan yuksak intellektual salohiyat, ilm-
fanning zamonaviy yutuqlaridan boxabar bo‘lish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: