O. X. Xamidov universitet rektori, rais


BOSHLANG‗ICH SINF O‗QITUVCHISINING METODIK TAYYORGARLIGI



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

 
BOSHLANG‗ICH SINF O‗QITUVCHISINING METODIK TAYYORGARLIGI 
Sultanov Muxtorali, 
 Nizomiy nomidagi TDPU kata o`qituvchisi 
 
Mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xalq ta‘limi tizimida 
bo‗layotgan o‗zgarishlar „Тa‘lim to‗g‗risida―gi qonunda hamda „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi―da 
ko‗rsatib o‗tilganidek, har bir boshlang‗ich sinf o‗qituvchisi oldiga muhim vazifa qo‗ymoqda.
Boshlang‗ich sinflar o‗qituvchisining metodik-matematik tayyorgarligi deyilganda biz uni 
ilmiy dunyoqarash asosida matematika o‗qitish metodikasi bo‗yicha umumiy psixologik-pedagogik va 
matematik tayyorgarlik bilan uzviy bog‗lanishda tayyorlanishni tushunamiz. 
Metodik-matematik tayyorgarlik boshlang‗ich sinf o‗qituvchisini tayyorlashning tarkibiy 
qismi bo‗lib, unga ta‘limiy-tarbiyaviy faoliyatdan ajralgan holda qarash mumkin emas. Ikkinchi 
tomondan, boshlang‗ich sinflarda matematika o‗qitish birinchi bosqichdir, ya‘ni bolalarni navbatdagi 
maktab matematika kursini o‗zlashtirishga tayyorlash bosqichidir, yoki matematikadan tayyorligidir. 
Matematikadan boshlang‗ich ta‘limning bu ikki jihati (aspekti) (boshlang‗ich ta‘limning tarkibiy qismi va 
matematik tayyorgarligi) o‗qitish metodikasida o‗zining munosib aksini topishi lozim.
Boshlang‗ich matematika kursi, bir tomondan, bilimlarning boshqa sohalarida foydalaniladi 
va bolalarning rivojlanishiga yordam beradi. Shu bilan boshlang‗ich bilimlar yagona majmuasini yaratadi; 
ikkinchi tomondan, zaruriy metodologik tasavvurlarni va fikrlashning mantiqiy tuzilishlarini 
shakllantirishga yo‗naltirilgan. 
6-10 yoshli davr bolalarining muhim fikrlash qobiliyatlari va tasavvurlarini shakllanishida eng 
mas‘ul davr ekanligini psixologlar isbot qilishgan. Mana shu bolalikda shakllantirilmagan bilimlar 
poydevorini keyinchalik to‗ldirish juda qiyin. Shu sababli, boshlang‗ich ta‘lim metodikasining, xususan, 
matematikadan boshlang‗ich ta‘lim metodikasining asosiy vazifalaridan biri – o‗qitishning yetarlicha 
yuqori rivojlantiruvchi samaradorligini oshirishni ta‘minlash, bolalarning aqliy rivojlanishlariga 
ta‘sirlarini jadallashtirishdan iborat. 
Matematikadan boshlang‗ich ta‘lim-tarbiyaviy vazifalar nazariy bilimlar tizimi asosidagina 
hal etilishi mumkin. Bu bilimlar ilmiy dunyoqarash, psixologiya, didaktika, matematika va ularning 
xususiyatini o‗z ichiga oluvchi metodologik o‗qitish nazariyasini (matematika didaktikasi) o‗z ichiga 
oladi. Biroq, birgina nazariy bilimlarning o‗zi har qanday boshqa faoliyatga tayyorlanishdagi kabi yetarli 
emas. O‗qitishning ma‘lum mazmuni va o‗quvchilarning aqliy faoliyati saviyasi bilan ta‘sirlanadigan u 
yoki bu o‗quv varianti uchun eng samarali usullarini qo‗llashni bilish darsga tayyorlanishda yoki darsning 
o‗zida yuzaga keladigan aniq metodik vazifalarni hal etishni bilishi zarurdir. 
Ayni shu boshlang‗ich sinfda bolalarning aqliy rivojlanishiga asos solinishi sababli 
boshlang‗ich sinf o‗qituvchisi uchun o‗quvchilarning aqliy faoliyatlari darajasini va imkoniyatlarini bilish 
va hisobga olish ayniqsa muhimdir. Kelgusidagi amaliy faoliyat seminar, amaliy va laboratoriya 
mashg‗ulotlarida matematika o‗qitish metodikasida bajariladigan topshiriqlar orqali egallanadi. Amaliy 


141 
mashg‗ulotlarga tayyorlanishda va mashg‗ulotlarning o‗zida o‗qitish amaliyotida yuzaga keladigan va 
nazariy bilimlardan foydalanilishni talab etadigan turli-tuman metodik masalalar yuzaga keladi. 
Metodik masalalar har bir darsda yuzaga keladi, shu bilan birga, odatda, ular bir qiymatli 
yechimga ega emas. Darsda yuzaga kelgan metodik masalaning mazkur o‗quv vaziyati uchun eng yaroqli 
yechimini o‗qituvchi tez topa olishi uchun bu sohada yetarlicha keng tayyorgarlikka ega bo‗lish talab 
etiladi. Shu sababli, mazkur qo‗llanmada keltirilgan metodik masalalar va shular jumlasidan darsda 
bevosita yuzaga keladiganlari ham iloji boricha turli usullar bilan hal etilishi lozim. O‗quvchilarning xato 
javoblari munosabati bilan yuzaga keladigan metodik masalalarga alohida e‘tibor berilishi lozim. 
Xatoliklar mohiyatini aniqlash va tushuntirish muhim ta‘limiy vazifani bajaradi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o‗yinlar muhim ahamiyatga ega: o‗yin orqali o‗qitish 
jiddiy tarbiya shaklidir. Mavjud didaktik o‗yinlar mantiq ilmi va matematika nuqtayi nazaridan 
mazmunan o‗rganilgan materialni mustahkamlash vositasi sifatida ishlatiladi.
Bolalarni 6-7 yoshdan o‗qitishning mazmuni va usullarida muammolar yuzaga keladi. Sanoqni 
o‗rganish, qo‗shish va ayirishni birinchi bosqichda o‗rgatish (yuz ichida) – boshlang‗ich ta‘limning asosiy 
vazifasi bo‗lib kelgan va shunday bo‗lib qoladi. Biroq, bu yagona vazifa bo‗lib qolmasdan, balki u 
bolalarning matematikani o‗rganishga yanada kengroq va har tomonlama sanoqqa tayyorlash ishining 
tarkibiy qismi bo‗lib qoladi. U ikkita asosiy yo‗l bilan belgilanadi: pedagogik yo‗l, ya‘ni bolalar 
fikrlashida qo‗llaniladigan matematik mulohazalarga tayyorlash va matematika yo‗li, ya‘ni bolalarni eng 
muhim matematik tushunchalarni, eng avvalo, natural son va geometrik shakl tushunchalarini o‗rganishga 
tayyorlash orqali. 
Bolalarni matematikani o‗rganishga tayyorlashda ishni nimadan boshlash yangicha yechimni 
taqozo etadi. Matematikani „jiddiy― o‗rganish uchun bolalarni partaga o‗tqizishdan oldin balki ular bilan 
„matematik o‗yin― o‗tkazish lozimdir. Matematik tayyorgarlikda didaktik o‗yinlardan foydalaniladi, biroq 
bu o‗yinlar, birinchidan, mantiqiy va matematik mazmun bilan boyitilgan bo‗lmog‗i, ikkinchidan, ular 
mashg‗ulotning o‗zida emas, balki undan oldin yoki keyin o‗tkazilishi lozim.
Adabiyotlar: 
1.2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi 
bo‗yicha Harakatlar strategiyasi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 
sonli Farmoni. 
3.Jumaev M. Matematika o‗qitish metodikasi.T:, Turon iqbol . 2016 yil 
4. Assessing Reading, Mathematics and Scientific Literacy: A framework for PISA 2009. OECD, 
2009 
5. PISA va TIMSS dasturlaridan (Shuxrat Ismoilov tarjimasi) foydalanildi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish