O. X. Xamidov universitet rektori, rais



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

№ 
Mа‘lumotlаr 
«
B» 
«
?» 
«
+» 
«
-» 
1

O‗rdak, g‗ozlar «g‗ag‗a»- lashib bu joylarni qushlar 
bozoriga aylantirib yuboradi. 
«
B» 
 
 
 
2

Qopqonga chap bersa, miltiq bor joyga yo‗lamasa, 
dorining hidini olsa, buning yo‗li bor. Iziga tozi solamiz. 
«
+» 
 
3

Yana nariroq yurgan edik, bir butaning tagida 
uchinchisi yer tishlaganicha mukkasidan tushibdi...
«
-» 
4

Shishaning sirtiga yopishtirilgan oq qog‗ozga odamning 
bosh suyagi, uning tagida ikkita ilik suyagining ayqashib 
turgan surati solingan. 
«
?» 
 
O‗quvchilar javoblari tinglanadi va xulosa qilinadi. 
O‗quvchilarga savollar bilan murojaat etiladi: 
- Hikoya qahramonlari kimlar? 
- Hikoya voqealari qaysi faslda sodir bo‗lgan? 
- Ovchilar nima uchun bo‗rilarning ketiga tushishdi? 
- Bo‗rilar qanday vahshiylik qilishgan edi? 
- Ovchilar qanday hiyla ishlatishdi? 
O‗quvchilar javoblari umumlashtiriladi.
Demak , dars jaryonida turli ilg`or pedagogika texnologiyallardan o‗rinli foydalanilsa, ta‘lim 
sifat samaradorligi oshadi. 
 
 
 


139 
PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ADABIYOTLARDA KREATIVLIK TUSHUNCHASINING 
YORITILISHI 
 
Savurova Muxlisa Utkirovnv
Guliston davlat universiteti magistrranti 
Kreativlikni o`rganishga ham juda ko`p tadqiqotlar bag‘ishlangan bo‘lib, ular nazariy va amaliy 
samarali natijalarni bergan. Lekin hozirgacha kreativlikning yaxlit, mukammal ishlab chiqilgan nazariyasi 
mavjud emas. Shu tufayli kreativlikni tushunish bo‘yicha yagona tushuncha va mazkur qobiliyatni 
o‘rganishga qaratilgan va barcha olimlar tomonidan qabul qilingan diagnostik metod ishlab chiqilmagan.
Kreativlik so‘zi ilk bor 1922-yilda AQSh olimi D. Simpson tomonidan qo‘llanilgan. Ushbu atama 
orqali shaxs qolipdagi, stereotip, odatiy tafakkurdan voz kechish qobiliyatini ta‘riflagan.
Kreativlik (lot. creatio – yaratish, vujudga keltirish) – bu insonning noodatiy g‘oya, fikr bera olish, 
muammolarni takrorlanmas, original yechimini topish, tafakkurning an‘anaviy shakllaridan voz kecha 
olishga bo‘lgan qobiliyatidir.
K. Rodjers (1944) kreativlik deb muammolarni yangi yechimi va biror narsa, voqea, holatni ifoda 
etishning yangi usullarini aniqlashni tushunadi.
Kreativlik bilan shaxs va intellektual xossalar taqqoslangan tadqiqotlar katta ahamiyatga egadir. 
Intellektual xossalar bilan taqqoslash bo‘yicha tadqiqotlar Dj. Gilford tomonidan amalga oshirilgan. U 
kreativlikni divergent tafakkurga tenglashtirgan.
Divergent tafakkur muammoni ko‘p miqdorda asosli, odatdan tashqari, original yechimlarini 
keltirishdir. Rossiyalik olima D.B.Bogoyavlenskaya divergent tafakkur sifatida faqat kenglikda fikrlash, 
ya‘ni obyektning boshqa belgilarini ko‘ra olish qobiliyatini tushunadi.
S. Mednik fikriga ko`ra, ijodiy jarayonda ham divergent, ham konvergent tafakkur turlari o`zaro 
bog`liq holda faoliyat ko`rsatadilar.
Sternberg va Lyubartlarning kreativlik nazariyalarida asosiy tushuncha –muammoni yechish 
tushunchasidir. Ular intellektual qobiliyat va kreativlikni tenglashtirmaydilar. Lekin, shu bilan birgalikda, 
ularning fikriga ko`ra, intellektual 
qobiliyatlar, bilim, motiv va shaxs xususiyatlari ijodiy faoliyat uchun turtki hisoblanadi. 
Ko`rinib turibdiki, olimlar fikrlarida yakdillik mavjud emas. Bu esa kreativlikni tushunshni 
qiyinlashtirmoqda. Shuning uchun kreativlik haqida so‘z yuritilayotganda, kreativlik – bu qobiliyatmi 
yoki shaxs sifatimi aniqlik kiritish lozim hisoblanadi.
Ma‘lumki – kreativlik so`zi asosan jonsiz narsa va hodisalarga taaluqli bo‘lib, ularni tadqiqot 
natijalari shaxslararo munosabatlar sohasiga ko‘chirilish holatlarini kuzatish mumkin. Bu esa taniqli olim-
metodolog B.F.Lomovga ko`ra, bunday ko`chirishlar tagida hech qanday asos yo`q. Bu ma‘noda ijtimoiy 
kreativlik haqida alohida fikr yuritish maqsadga muv ofiqdir.
Yuqoridagi ilmiy adabiyotlarning tahlili shuni ko`rsatadiki, kreativlik tushunchasiga nisbatan bir-
biriga zid bo`lgan quyidagi turli xil qarashlar majud. Bular:
1. Kreativlik – bu insonning butun hayoti davomidagi sifatlari majmuidir.
2. Kreativlik – bu insonning o‘ziga topshirilgan muayyan topshiriq va vazifalarni bajarish usulidir.
3. Kreativlik – bu intellekt (aql) ning mahsulidir. 4. Kreativlik – bu insonga xudo tomonidan berilgan 
qobiliyat, kashfiyotlardir. 5. Kreativlik – bu ijodiy faoliyatdir. 6. Kreativlik – bu ijodkor insonlarning 
ma‘naviy-axloqiy va ijtimoiy adaptatsiyalanishidir. 7. Kreativlik – bu madaniyat bilan uzviy bog‘liq 
bo‘lgan kategoriyadir. Kreativlik – bu insonning shaxsiy xususiyati bo‘lib, uning o‘z-o‘zini 
takomillashtirib va rivojlantirib borishi bilan bog‘liq.
Kreativlikning alohida turi bu ijtimoiy kreativlikdir. O‘zbekistonda bu masalada tadqiqotlar kam 
amalga oshirilgan. Shunday bo‘lsa-da, mamlakatimizda ijtimoiy psixologiya, kommunikatsiyalar bilan E. 
G`oziyev, G. Shoumarov, V. Karimova, B. Umarov shug`ullanganlar. Ijodiy tafakkur, intellektual 
salohiyatni tadqiq etishga B. Qodirov, R. Sunnatova, M. Usmanova, R.A. Mavlanova va boshqalar e‘tibor 
qaratishgan. Bo`lg`usi psixologlarning kasbiy tayyorgarligi masalasida ijtimoiy kreativlikni o`rganish va 
uni rivojlantirishga ahamiyat berilmagan.
Rossiyalik va g`arb olimlari tadqiqotlarida ijtimoiy kreativlik quyidagi masalalar doirasida ko`rib 
chiqilgan.
S.Yu. Kann muloqot sohasidagi kreativlikni o`rgangan, lingvistik kreativlikni G.A.Xalyushova, 
ijtimoiy intellektni M.I. Bobneva, Yu.N. Yemelyanov, ―kommunikativ kompetentlik‖ni N.A. Aminov, 
L.A.Petrovskaya, ―sotsial kompetentlik‖ni A.A. Bodalev, O.K. Tixomirovlar o`rganganlar.


140 
G`arb psixologiyasida aksariyat ilmiy ishlar ijtimoiy intellektni (Dj. Gilford, R. Sternberg), kam 
miqdorda kommunikativ kompetentlik, ijtimoiy iqtidorni o`rganishga qaratilgan (S. Greys, R. 
Tomassoni). 
V.Kala ilk bor ―muloqotdagi kreativlik‖ atamasini qo`llagan va uni muloqotga ijodiy yondashuv, 
unga kirishganlik, o`z xulqini modifikatsiya qila olish bilimi va qobiliyatga ega bo`lish, mavjud vaziyatni 
o`zgartirishga tayyorgarlikni nazarda tutgan. 
L.A. Petrovskaya shaxslararo muloqotda produktiv va reproduktiv komponentlarni ajratgan. 
Shaxsni ijodiy, produktiv potentsiali muloqot jarayonida muammoli vaziyat vujudga kelgan vaqtida 
namoyon bo‘ladi. T.Yu. Osinova kommunikativ kreativlikni ijodkorlikni boshqa tomonlari bilan 
murakkab aloqalari mavjudligini isbotlagan. Uning fikriga ko`ra, kommunikativ jarayonda umumiy ijodiy 
qobiliyat asta-sekin va muvofiq ravishda samarasi pasaygan tajribani o`zgartirish imkoniyatini keltirib 
chiqaradi va eski tajriba bilan ulaydi; yangi maqsad, original vositalar va usullar o`zaro aloqasini (yangi 
tajribani), to`siq, stereotip, ustanovka, qoida, odatlardan tashqariga chiqishni vujudga keltiradi.
Ijtimoiy kreativlikning psixologik strukturasi A.A. Popel tomonidan ishlab chiqilgan. U o`z ichiga 
quyidagilarni qamrab oladi: o`zini aktuallashtirishga bo`lgan umumiy qobiliyatni, ijtimoiy motivatsiyani, 
kommunikativ sezgirlikni, ijtimoiy xayolni. Bizningcha, A.A. Popel ijtimoiy kreativlikning psixologik 
strukturasi bugungi kunda puxta ishlangandir.
Shu bilan bir qatorda psixologiyada ijod va ijodiy faoliyat muammosini o`rganuvchi alohida 
yo`nalish – ijodkorlik psixologiyasi yo`nalishi vujudga kelgan.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish