O. X. Xamidov universitet rektori, rais



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

Qog‗ozdan to`qish — qog‗ozga ishlov berishning eng qiziqarli badiiy usullaridan biridir. To`g`ri 
tashkil etilgan qog`ozdan to`qish tarbiyaviy va ta‘limiy ahamiyatga egadir. Bu ishning asosiy maqsadi 
chamalash, aniqlik, tartiblilikni o`stirish, to`qish usullarini o`rgatishdir. To`qish amaliy san‘atda muhim 
o`rinni egallaydi, ornamentlar to`qimachilik tarkibiga kiradi va u estetik tarbiyaning vositalaridan biri 
hisoblanadi. 
Texnologiya darsi o`quvchilarning aqliy va jismoniy kuchlarini rivojlantirish, ularning onglarini 
bilim, malaka va ko‗nikmalar mavzusi bilan boyitish, o‗quvchilarning o`qish, turmush, o‗yinda 
foydalanadigan narsalarni yasashlaridagi yosh xususiyatlarini, imkoniyatlarini nazarda tutgan holda puxta 
o`ylab chiqilishi kerak. To‗qish namunalarida o‗quvchilar o‗rish va arqon iplar tushunchalarini 
egallaydilar, naqshlar o‗yishni, naqsh gullarini uyg`unlashtirishni o`rganadilar, ular turlash texnikasi bilan 
tanishadilar, bular o‗quvchilarning ijodiy o‗sishlariga maqsadga muvofiq ta‘sir ko`rsatadi. Bunday ishda 
har qanday qog‗ozdan foydalanish mumkin. 
To‗qishda quyidagilar hisobga olinishi zarur. 
Turli detallarga mo‗ljallangan qog‗ozlarning qalinligi bir xil bo‗lishi kerak, aks holda naqsh yoki 
buyumlarni yasash murakkabgina bo`lmay, balki ular notekis ham chiqadi. 


151 
Naqshni tanlab, to‗qiladigan chiziqlar yuqori qatordan boshlab qanday izchillikda borishini, ular bi-
lan qaysi kataklarni bekitish lozimligini ko‗rib chiqing. Naqshlarda ko`pincha bir xil to‗qilgan chiziqlar 
takrorlanadi. Ularning qaerda takrorlanishpni mustaqil belgilab oling, shunda ish ancha osonlashadi va 
tezlashadi, chunki kataklarni sanashga hojat qolmaydi. 
Naqsh bir tekis chiqishi uchun har bir to‗qilayotgan chiziqni oldingisiga to‗g‗ri va zich qilib taqash 
lozim. Buni ishning orqa tomonidan qilish kerak, aks holda chiziqning old chetlari ezilishi mumkin. Agar-
da naqsh ko`p chizig‗lardan to‗qiladigan bo`lsa, vaqti-vaqti bilan arqoq chiziqni ko`tarish, unga ozgina 
yelim surib to`qilayotgan chiziqga yopishtirib qo‗yish lozim. 
To`qishda rangsiz universal yelimdan foydalangan ma‘qul. yelimni gugurt cho‗pi bilan 
yopishtiriladigan chiziqning koq o‗rtasiga nuqta tarzida surib, tayyor yupqa karton yoki qalin qog‗ozga 
yoki bezalishi lozim bo`lgan narsaga yopishtirib qo`yish kerak. 
To‗qishda barcha barmoqlarni ishlatishga harakat qiling. 
Tasvirni tanlab va uning nimaga mo`ljallanganligini aniqlab, kerakli qog‗oz olinadi va razmetka 
qilishga kirishiladi. 
Kerakli o‗lchamdagi varaq ikkiga buklanadi, chetidan talab qilinayotgan kenglik o`lchanadi, 
so`ngra govori va o`ng chetdan bu chiziqlar ramka tarzida chiziladi. Ishning keyingi bosqichi chizilgan 
chetning chap tomonidan rasm uchun kerak bo`lgan kenglikdagi chizig‗ o‗lchanadi. Chiziqlar o‗rtasidagi 
oraliqni o`lchab bukish chizig`idan yuqorida belgilangan milk qirrasigacha kesiklar qilinadi. Varaq 
ochilganda u tekis chizig`larga qirqilgan bo`ladi. Boshqa rangdagi keyingi varaq kerakli kenglikdagi 
chizig‗larga o‗lchab chiziladi. 
To‗qishda o‗rish (asos) birmuncha qisqaradi, shuning uchun u doimo bir necha mm uzun bo`lishi 
kerak. Razmetka qog`ozning chap tomonidan qilinishini unutmang. Chiziqlarni tandashda ranglarning 
o`zaro uyg‗un bo‗lishiga harakat qilish, bir necha variantda sinab ko`rib eng qulayini topish kerak. 
Avval oddiy naqsh to`qiladi. Chizig`dagi kesiklar shaxmat tartibida to`qiladi. Kesiklarni qiya 
tarzida ham qilish mumkin. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish