O. X. Xamidov universitet rektori, rais


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Rasulova Y., Nurmatova O. Pedagogika. O`quv qo`llanma. ─T.Adabiyot uchqunlari,
2014. 
2. Nasritdinova N., Maqsudova D. KUGlarda ta‘lim-tarbiya ishlari nazariyasi va
metodikasi. O`quv qo‘llanma. ─T. 2015. 
3. ―Boshlang`ich ta‘lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: 
muammo va yechimlar‖ xalqaro ilmiy konferensiyalar maqolalar to`plami─T. 2017. 
CHAPAQAYLIK QOBILIYATMI YOKI NUQSON? 
Doniyorova Nodira Murodillo qizi, 
 BuxDU, 1-bosqich magistranti 
Ilmiy rahbar: Azimov Yunus f.f.n, dotsent
Har tong ko`zimizni ochganimizda bizga cheksiz imkoniyatlarni tuhfa etuvchi yangi kun jilmayib 
boqadi. Biz o`qiymizmi, ishlaymizmi, yoxud uyda biror yumushlar bilan band bo`lamizmi doimo yangilik 
va rivojlanishlar jarayonining markazida bo`lamiz. Sababi, hozir texnika rivojlangan asrda hayot 
kechirmoqdamiz. Inson hayoti davomida juda ko`p saboqlarni o`zlashtiradi. Bilimlarini, o`rgangan 
ma‘lumotlarini oq qog`ozga muhrlab borib, vaqti-vaqti bilan takrorlab turish esa kishi aqlini toblab, 
zehnini o`tkir qiladi. Demak, qalamni qo`limizga olar ekanmiz yozuvga, husnixatimizga tayanib, 
o`zlashtirayotgan bilimlarimizni uzoq muddatga oq qog`ozga muhrlaymiz. 
Maktab davrini, 1-sinfga ilk qadamini qo`ygan kichik o`quvchini ko`z oldingizga keltiring (bu 
holat barchamizning yoshligimizda bo`lib o`tgan, eslab ko`rsangiz), yozishni bilmaydigan o`quvchilar jim 
qarab tursada, yoza oladigan o`quvchilar ham qanday yo`l tutishni bilmay, jajji qo`lchalariga bir olam 
quvonch va qo`rquv aralash hayajon bilan qalam tutib, ustozlariga termulib turishadi. Ustoz esa ularga 
yozish o`rgatishni qalam ushlashga o`rgatishdan boshlaydi. ―- Qani, aziz o`quvchilar ruchkani qo`limizga 
olib, yozishga tayyorlanamiz. Salom beradigan, ovqat yeydigan o`ng qo`limizga ruchkani olamiz…‖ Shu 
o`rinda muammoli savol tug`iladi: bola o`ng qo`lini ko`ksiga qo`yib salom bersa-yu, ovqatni chap qo`lida 
yesa-chi? Yoki ruchkani o`ng qo`lda tuta olmasa-chi? Barcha yumushlarni chap qo`lida bajarsa-chi?
Ta`lim jarayonining dolzarb masalalaridan biri bo`lgan chapaqaylik haqida fikr yuritar ekanmiz, 
uzoq va yaqin tarixga hamda bugungi kunimizga nazar solamiz. Insonlarda juda ko`plab qobiliyatlar 
uchraydi, shulardan biri chapaqaylik qobiliyatidir. Ha-ha, men buni qobiliyat deb atayman. 
Chapaqaylarga bildirilgan fikrlarni kuzatib, tanishib chiqsangiz bu fikrlar orasida chapaqaylik qusr yoki 
kamchilik degan fikrlarni ham uchratasiz. Men esa, bu qobiliyat deb takrorlayman. Agar u kamchilik 
bo`lsa, nega jamiyatda juda katta mavqega ega yoki yaxshi natijaga erishgan chapaqaylarni ko`p 
uchratamiz? Chapaqaylik mening hayot kechirishimga qiyinchilik tug`diryapti deya noligan chapaqayni 
hali eshitmadik. Aksincha, aksariyat chapaqaylar o`zlarining noyob va ajralib turuvchi odatlari bilan 
faxrlanishadi.
Pedadog sifatida faoliyat olib borayotganimga uzoq yillar bo`lib, katta tajriba yig`magan bo`lsam-
da, men ta‘lim berayotgan o`quvchilar orasida uchratgan chapaqay o`quvchilarning ko`pchiligi juda 
chiroyli husnixat egalaridir. Ular o`naqaylarga nisbatan ancha iqtidorli bo`ladilar. Bundan tashqari, ular 
tengdosh o`naqaylariga nisbatan ancha tez ham yoza olishadi. Chapaqaylikning ham turlari ko`p bo`lib, 
faqat yozishda chapaqay, yozish va ovqatlanishda chapaqay, bir kasb-hunarni bajarishda chapaqay, yoxud 
hamma ish-yumushlarda chapaqaylik qobiliyati bor insonlarni uchratish mumkin. Uzoq yillik tajribali 
(boshlang`ich ta‘lim) ustozlarimiz bilan bu borada fikr almashganimizda, ular o`z kuzatish va 


131 
tajribalaridan ushbu holatlarni aytib beradilar: o`quvchilari orasida chapaqaylar uchrab qolsa, ularni o`ng 
qo`l bilan yozishga majbur qilganlar. Bu majburlashda tushuntirish, ogohlantirish, jazolash hattoki 
jismoniy ozor berish kabilar ham qo`llanilgan. Chapaqaylar chap qo`li bilan yozmasligi uchun ularning 
chap qo`li bog`lab qo`yilgan, chizg`ich, tayoq bilan urilgan, nina yoki bigiz kabi tig`li buyumlar bilan 
chap qo`liga og`riq yetkazilgan. Natijada o`quvchi og`riqdan yoki jazodan qo`rqib, o`ng qo`lda yozish 
uchun o`zini majbur qilgan. Chunki o`sha paytlarda chapaqaylik nuqson deya qaralgan. Bugungi kun 
ta`lim-tarbiya sohasidagi tadqiqotlar, statistik ma‘lumot va psixologik izlanishlar bu kabi majburlashlarni 
xato ekanini isbotlab berdi va qoraladi. Keling, saviyali va yozuv malakasi jihatidan ancha tajribali inson 
sifatida o`zingizni ruhan va jismonan biror ishga majbur qilib ko`ring. Masalan, o`ng qo`lda yozsangiz 
chap qo`lda yozishga majbur qiling. Bir, ikki uzog`i bilan besh daqiqaga toqatingiz yetadi, xolos. Darrov 
o`zingizga qulay usulda yozishga o`tasiz. Shunda sizni o`zingiz xohlamaganizda, chap qo`lda yozishga 
majbur qilishsa, qo`llaringizga urib ozor yetkazishsa, qay holatga tushasiz? Buni tasavvur qilish ham 
og`ir. Shu vaziyatni murg`ak qalb egasi, jajji bolajonlar o`z boshidan o`tkazishini ko`z oldingizga 
keltiring. Birgina mana shu kabi majburlash maktabda emas, uyda ota-onasi tomonidan ham olib borilgan 
holatlar ham yuz bergan. Bu esa bolada o`quvchilik inqirozi davri juda og`ir o`tishiga, maktab va ustozlar 
haqida, ta‘lim va tarbiya haqida yomon o`y- xayollarga borishiga sabab bo`ladi. Ich-ichidan maktab 
ta`limini yomon ko`rib qoladi, asabiy, jizzaki, injiq bo`lib qoladi. O`zlashtirishda tengdoshlaridan orqada 
qolib ketadi. Bu kabi misollar psixologik kuzatishlar natijasidir. 
Biz chapaqaylarni tushunib, ularning ta‘lim va tarbiyasi uchun yaxshi hamda qulay sharoitlarni 
yaratib berishimiz lozim. Axir, chap qo`lda yozish qobiliyati har kimga ham tuhfa etilmagan-ku!
Chapaqay o`quvchilar bilan ishlash, ularga yozishni o`rgatish metodikasi haqida o`zlarining foydali 
maslahatlarini ―Husnixatga o`rgatishning amaliy asoslari‖ kitobida filologiya fanlari nomzodi, dotsent 
Yunus Azimov hamda o`qituvchi Rustambek Qo`ldoshevlar berib o`tganlar. Ustozlarimiz tavsiyalariga 
ko`ra chapaqay o`quvchilar uchun yozuv daftari o`ng tomonga 60

qiyalikda bo`lishi, o`quvchi ruchka va 
qalamni uchidan 4 santimetr yuqori ushlashlari kerak. Chapaqaylarga ham o`naqaylarga o`rgatiladigan 
yozuv metodini qo`llash xato hisoblanadi. Ularga yozishlari uchun uy sharoitida ham e`tibor berilishi 
muhim, albatta. Yozuv stolida stol chirog`i o`ng tomonda joylashtirilishi hamda o`quv qurollari ham o`ng 
tomonga qo`yilishi ma‘qul.
Dunyoda chapaqaylar soni ortib borayotganligi sabali ularga kerakli buyumlar, jihozlar va o`quv 
qurollari ishlab chiqaradigan firmalar soni ham ortib bormoqda. ―Fiskars‖ brendi ostida ishlab 
chiqariladigan o`quv qurollari aynan chapaqay o`quvchilar uchu mo`ljallangan. Mana shu kabi 
ma‘lumotlar chapaqay o`quvchilar qobiliyatlarining qo`llab quvvatlanayotganligining isbotidir. 
Dunyoning mashhur shaxslari orasida chapaqaylar ko`plab uchraydi. Masalan: Leonardo da Vinchi, 
Aristotel, Nyuton, Lyudovig Van Betxoven, Charli Chaplin, Malika Yelizaveta.
Ta‘lim tarbiya sohasidagi so`nggi o`zgarishlar maqsad va vazifalari ham aynan iqtidorli yosh 
avlodni tarbiyalashdir.
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 9-bobi, 42-moddasida: ― Har kimga ilmiy va 
texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning 
madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g`amxo`rlik qiladi‖,- deya belgilab qo`yilgan. Biz chapaqay 
o`quvchilarimizni qo`llab quvvatlab, ularga barcha sharoitlarini yaratib bersak, ularning iqtidorlari 
namoyon bo`lib, rivojlanib boraveradi. Iqtidorli va qobiliyatli yosh avlod yurtimizning har sohada 
rivojlanishiga xizmat qilishi muqarrardir. Zotan, chapaqaylik ham o`ziga xos qobiliyat namunasidir. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish