Hamlet:
Ha, Daniya – zindon.(265)
“Hamlet” tragediyasida o`xshatishlar qahramonlar ruhiy holati va o`zaro
munosabati o`xshatish vositasida ta`sirli tasvirlanadi. Ayniqsa, Hamlet va malika
Gertruda munozarasida Hamlet tomonidan marhum qirol va uning qotili – ya`ni
amakisini o`zaro taqqoslab aytgan so`zlarida o`xshtish juda o`rinli qo`llangan.
Hamlet:
Mana sizga ikki suvrat: mana va mana
Qo`sh suvratda turar og`a-ini siymosi.
Qarang, qancha jozibalar jamdir birida.
Zevs manglayidek xuddi manglayi ochiq,
Sochi Appolonning barra sochidek quyuq.
Marsning nazaridek uning nigohi mag`rur.
Turishida bulut osha tuproqqa tushgan
Elchi Merkuriyning so`nmas salobati bor…
Ikkinchisi kasal tekkan boshoqqa o`xshar-
Toza boshoq yonida …(312)
Xiyonatkor qirolning ruhiy azob chekishi, lekin mash`um kirdikorlar
iskanjasidan chiqa olmaydi, yana xunrezliklarni davom ettirish payiga tushadi. Bu
holat o`xshatishlar vositasida yaqqol tasvirlanadi:
Azob, azob! O`lim yanglig` yuragim qora.
Ruhim loyga botib borar, cho`kib tobora!
Farishtalar, imdod eting, tizzalarim tez
67
Bukilingiz! Yurakdagi qo`rg`oshinim, sen,
Do'stlaringiz bilan baham: |