2.4. Murojaat shakllarining lisoniy xususiyatlari
Badiiy adabiyotning vazifasi inson qalbining, dilining “sirli”, “yashirin”
nuqtalarini yoritishdan iborat bo`lsa, badiiy til badiiy mahoratning uzviy bo`lagidir.
Til orqali yozuvchi asar qahramonlarining murakkab, o`ziga xos xarakterli
xususiyatlari, o`y-mulohazalari, his-tuygularini, shu jumladan, sharoit va muhitning
inson ruhiyatiga ta`sirini tahlil qiladi.
Badiiy asar yaratish borliqni badiiy obrazlarda idrok etish va qayta yaratish
jarayoni bo`lib, san`atkor zimmasiga umumxalq tili boylik va imkoniyatlaridan
oqilona va unumli foydalanish mas`ulyatini yuklaydi. Zero, umumxalq tili fikriy
rang-barang bo`yoq va shakillarda ifodalash imkoniyatini beruvchi bitmas-tuganmas
xazinaki, uning javohirlaridan har bir yozuvchi o`z kuzatuvchanlik qobilyati,
falsafiy mushohadasi va badiiy mahorati doirasi hamda darajasida foydalanadi.
Ijodkorning til sohasidagi san`atkorligi birinchi galda shunda namoyon
bo`ladiki, u keng iste`moldagi so`z va iboralarni mohirona qo`llash bilan bir
qatorda, xalqning ilg`or, peshqadam vakili sifatida umumxalq tili boylik va
imkoniyatlari mumtazam ravishda kengaytira boradi. O`z tili materiallari asosida
yangi so`z va iboralar yaratadi, har xil dialoglarda va umuman og`zaki nutqda
mavjud bo`lib, adabiy-yozma nutq boyligi hisoblanmaydigon ayrim leksik va
frazeologik birliklarni umumxalq sharoitlarda qo`llash yoli bilan ularga yangi ma`no
va vazifalar yuklaydi.
Badiiy nutqning kommunikativ va shu bilan birga estetik vazifa bajarishi
ma`lum. Badiiy uslubning boshqa uslublardan ajralib turadigan asosiy belgisi uning
estetik funksiyasi, obrazliligi va ekspressivligidirІ.
Til mohiyatan, ichki qurilishi jihatidan denotativ (atash, nomlash, nominativ)
va konnotativ ma`no bildirib, shu asosda aloqa vazifasini bajara oladigan vosita
39
ekanligi uning ichki dualizmi, bir tomondan, ob`yektiv borliqni aks ettiruvchi
tafakkurning shakli: ikkinchi tomondan, har bir elementning mohiyati shu
elementning boshqa elementlar bilan bo`lgan ichki munosabatlaridan kelib
chiqadigan mustaqil tizimdir.
Shekspirning “Hamlet” asarida personajlar unchalik ko`p emas. Qirol, qirolicha,
saroy a`yonlari, Hamlet, Ofeliya va bir necha posbonlar obrazi aks ettirilgan o`ziga
xos pesa. Ammo mo`jazgina ushbu asar orqali Shekspir jahon adabiyotida chinakam
buyuklikka erishdi. Uning qahramonlari adabiy tip darajasiga ko`tarilib, dunyoning
deyarli barcha teatr sahnalarida qayta-qayta ijro etildi. Qolaversa Shekspir asarlari
kirmagan xalqlar adabiyotining o`zi qolmadi, hisob. Har bir davr o`zining
Shekspirlarini kashf etib, yangi-yangi talqinlarni keltirib chiqarmoqda.
“Hamlet”dagi murojaat shakllari ham asarning o`zi kabi sodda va sirlidir. Har bir
personajning o`z tili, o`z murojaat shakli bor. Birini ikkinchisidan ajratish qiyin
emas. Asar personajlarining o`zaro muloqotlari, bir-birlariga qilgan murojaatlaridan
Shekspir davri koloritini ham bilib olish mumkin. “Hamlet”ning dastlabki sahnasida
posbonlar Bernardo va Fransisko tilidan ifodalangan o`ziga xos murojaatni
ko`ramiz. Jumladan, Hamletga nisbatan turli qahramonlar tildan milord, shahzodam,
begim so`zlari murojaat birligi sifatida qo`llanadi. Masalan, Hamlet:
Hisob-kitob, Horatsiy! To`y dasturxoniga
Tortiladi darrov motam-aza chalpagi.
Bu savdoni yana bir bor tatib ko`rgandan,
Men jannatda qarshilardim dushmanni xursand.
Marhum otam ro`paramda turgandek xuddi.
Horatsio:
Qayda, aziz shahzodam? (225-bet)
40
Murojaat shakllari masalasi tarjimashunoslikda milliy o`ziga xoslikni qayta
yaratish muammolari sirasiga kiritilib tadqiq etiladi. Yuqorida ta`kidlanganidek,
unda Shekspir davrining o`ziga xos milliy koloriti aks ettirilgan. Shu bois bunday
tasvir vositalarini nasroniy bo`lmagan, jumladan, islom diniga e`tiqod qiluvchi
xalqlar tillariga o`girganda ana shu kolorit masalasini esdan chiqarmaslik,
Shekspirni shaqonalashtirmaslik lozim bo`ladi. Yuqoridagi sahnaning davomida
posbonlarga Qirolning arvohi ko`ringach, Martsel Bernardoga gap qotadi.
Arvoh kiradi
Martsell:
Jim! Gapirma! Damingni yut! Qara, mana u!
Bernardo:
Savlatidan xuddi marhum qirolning o`zi.
Martsell:
Sen bilag`on, unga qarab so`z qot, Horatsio!
Yuqoridagi tarjimalarda ikki jihat e`tiborni tortadi. Buni M.Shayxzoda “Ana
boq, tag`in u arvoh” tarzida aniq o`girgan. Ammo jamol Kamolda faqat “Qara,
mana u!” deyiladi xolos. Bunda arvohning yana bir bor ko`ringanligi personaj
tomonidan ta`kidlanmagan. Ikkinchidan, Marsell Bernardoga arvoh bilan
gaplashishni aytib, unga “art a scholar!” deb murojaat qiladi. Ingliz tilida “scholar“
so`zini – donishmand, olim, talaba ma`nolari bor. Buni M.Shayxzoda “donishmand”
deb beradi. Bu haqiqatdan ham asliyatga mos. Ammo Jamol Kamol kontekstdagi
vaziyatdan kelib chiqib yana bir bosh so`zni, “bilag`on”ni qo`llaydi. Chunki bunday
holatlarda, aniqrog`i, saltanatni qo`riqlayotgan posbonlar bir-birlariga nisbatan
“donishmand” deb emas, “bilag`on” deb murojaat etishlari haqiqatga yaqinroq va
tabiiyroqdir.
41
Murojaat birliklari badiiy asarda personajlarning turli nutqiy vaziyatlarda
his−tuyg`ulari, borliqqa, tinglovchiga munosabatini yaxlit tarzda ifodalaydi.
Murojaat birliklari dramatik turga mansub asarlarda ham psixologik tahlil uchun
keng imkoniyatlar yaratadi.
16
Murojaat birliklari gapni ham shaklan, ham mazmunan murakkablashtiruvchi
vositalar bo`lib, appelyativ vazifadan tashqari poetik, estetik va turli nutqiy
vaziyatlardan so`zlovchining kommunikativ maqsadidan kelib chiqib, pragmatik
vazifa bajarishi mumkin. CHunki aksariyat murojaat birliklarida ob`ektga nisbatan
ijobiy yoki salbiy baho ifodalanadi. Murojaat birligi sifatida qo`llangan lisoniy
birlik sub`ekt va ob`ekt munosabatining simmetrik yoki asimmetrik ekanligini
ko`rsatib turadi.
17
Ma`lumki, murojaat inson nutqiy jarayonining ajralmas qismi bo`lib,
tinglovchini xabar-ma`lumot olishga tayyorlash, uning e`tiborini tortish demakdir.
Murojaat asosan tinglovchiga yo`naltirilsa-da, so`zlovchi mavqei ham murojaat
jarayonida unga teng yoki undan balanddir, chunki murojaat shakli va unda
ifodalanuvchi qo`shimcha ottenkalarni so`zlovchi tanlaydi: murojaatni
shakllantiradi.
18
Murojaat shakli nutqda til birliklarining faol harakatida yuzaga chiqadi.
Murojaat shaklining keng o`rganilgan shakli an`anaviy tilshunoslikda undalma deb
belgilanadi va tahlil qilinadi.
“Hamlet” tragediyasida murojaat birliklari oddiy murojaat qilish, tinglovchining
diqqatini jalb etishdan tashqari qahramonlarning o`tkir his-tuyg`ulari, turli voqea-
hodisalardan ta`sirlanishlarini jonli va hayajonli tasvirlash imkonini bergan.
Murojaat birliklarini kimga nisbatan qo`llanishiga ko`ra quyidagi guruhlarga
ajratdik:
16
Акбарова З. Тил ва мурожаат.//Ўзбек тили ва адабиёти.2014 йил, 3−сон, 92−бет.
17
Ҳакимов М. Ўзбек прагмалингвистикаси асослари.−Тошкент, Академнашр, 2013, 20−бет.
18
Акбарова З. Ўзбек тилида мурожаат шакллари ва унинг лисоний тадқиқи. Филология фанлари номзоди
илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация автореферати. – Тошкент, 2007. – Б. 18.
42
1. Tangriga murojaat. Masalan:
Arvoh:
Boqiylik bu, foniy inson buni anglamas,
Ammo eshit, eshitib ol, eshitgil, evoh,
Sen otangni chindan sevar bo`lsang mabodo…
Hamlet:
Do'stlaringiz bilan baham: |