О‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/68
Sana29.12.2021
Hajmi1,02 Mb.
#79174
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   68
Bog'liq
fuqarolik jamiyat 1 kurs

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 



 

41 


 

4-MAVZU. FUQAROLIK JAMIYATI G’OYALARI EVOLYUSIYASI 

Reja 

1. 


Fuqarolik jamiyati tushunchasining tarixiy ildizlari va ularning turli tavsiflari.  

2. 


O’rta asrlar va yangi davrda fuqarolik jamiyatining paradigmalarini yaratilishi.  

3. 


Fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalar 

 

1. 



Fuqarolik jamiyati tushunchasining tarixiy ildizlari va ularning turli tavsiflari.  

Insoniyat  taraqqiyotining  barcha  davrlarida  fuqarolik  jamiyatini  qurish  eng  ezgu  g’oya  sifatida 

amal  qilgan.  Unga  erishish  uchun  turli  darajadagi  nazariy  qarashlar  ilgari  surilgan.  Bir  guruh  olimlar 

fuqarolik jamiyatini  qurish  g’oyasi  G’arb tamadduni  mahsuli  sifatida  amaliyotga  tadbiq etilmoqda deb 

hisoblamoqdalar,  aslida  SHarq  mamlakatalari  mutafakkirlari  ijodida  bu  masalaga  oqilona  yondashuv 

uch  ming  yil  ilgari  shakllangan.  Ijtimoiy  taraqqiyotning  ma’lum  davrlarida  sharq  mamlakatlari 

etakchilik mavqeini egallagan.Har qanday fan, o’z mohiyatiga ko’rat umumbashariydir. Dunyo xalqlari 

katta-kichikligidan  qatiy  nazar  uning  rivojiga  hissalarini  qo’shgan.  Shu  nuqtai  nazardan  fuqarolik 

jamiyatini  shakllantirish  va  rivojlantirish  to’g’risidagi  g’oyalar,  bilimlarni  bir  yoqlama  bo’rttirish  yoki 

kamsitish noto’g’ri yondoshuvdir. 

Fuqarolik  jamiyati  va  uning  tushunchalari  Markaziy  Osiyo  ijtimoiy-siyosiy  va  ma’naviy 

hayotining  yorqin  namunasi“Avesto”  muqaddas  kitobida  keltirilgan.  2001  yilda  millat  ma’naviy 

madaniyatining  eng  qadimgi  manbasi  “Avesto”ning  2700  yilligiga  bag’ishlangan  tantanali  marosimda 

O’zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidenti  I.A.  Karimov:  “  ...  bu  noyob  asar  bebaho  tarixiy  xujjat 

bo’lib,  u  biz  yashagan  bu  qadim  yurtda,  bu  zaminda  o’zining  madaniyati  va  boy  ma’naviyatiga  ega 

bo’lgan buyuk davlat  bo’lganligidan, ajdodlarimizga, asrlar davomida bitmas tuganmas quch vaqudrat 

va  tayanch  sifatida  xizmat  qilganligidan  dalolat  beradi”  deb  alohida  e’tirof  etgan.  Darhaqiqat, 

“Avesto”ning  bosh  g’oyasi  “ezgu  fikr,  ezgu  maqsad,  ezgu  amal”  har  qanday  jamiyat  va  insonlararo 

munosabatlarning ma’naviy asosi ekanligidan dalolatdir.  

Fuqarolik  jamiyatini  qurish  g’oyasi  Markaziy  Osiyo  mutafakkirlari  ijodida  o’rganilganligi  Birinchi 

Prezident I.A.Karimovning 2014 yilda Samarqandda o’tkazilgan “O’rta asr SHarq mutafakkirlarining ilmiy 

merosi  zamonaviy  sivilizasiyada  o’rni  va  ahamiyati”mavzusidagi  xalqaro  konferensiyada  so’zlagan 

nutqida“Olim  va  tadqiqotchilar  fikricha,  SHarq  xususan  Markaziy  Osiyo,  IX-XII  va  XIV-XV  asrlarda 

bo’lganilmiy  hamjamiyat  tomonidan  Buyuk  SHarq  uyg’onishi  deya  nom  olgan  yirik  ilmiy  madaniy 

uyg’onish  uchun  asos  sifatida  xizmat  qildi”

3

  deb  alohida  ta’kidlagan.  Darhaqiqat,  Markaziy  Osiyo 



uyg’onish  davri  IX-XV  asrlarda  davlatni  boshqarish  va  adolatli  jamiyat  qurish,  davlat  rahbari  va 

xizmatchilarining  faoliyat  darajalari  tasniflari,  ijtimoiy  mas’uliyati  mezonlarining  nazariy  jihatlari 

haqidagi g’oyalar Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, YUsuf Xos Hojib, Nizomulmulk, Amir Temur, 

Alisher Navoiy va boshqalar ijodida keng tahlil qilingan. 

Fuqarolik jamiyati konsepsiyasining Evropacha an’anasi  antik ildizlarga ega. Mazkur an’ananing 

mazmun-mohiyati nafaqat siyosiy, balki shaxsni ijtimoiy-axloqiy nuqtai nazardan baholash bilan bog’liq 

edi. Bunga Aflotun, Arastu, Siseron kabi mutafakkirlarning qarashlarini misol keltirish mumkin.  

Fuqarolik  jamiyatining  antik  konseptual  ta’limotida  jamiyat  va  davlat  fenomenlarining  uzviyligi 

qadimgi  yunon dunyoqarashining muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Xususan, Aflotunning (mil. 

av.  427–347  y.)  “Davlat”  dialogida  fuqarolarning  shaxsiy  va  ijtimoiy  hayotini  ajratishgina  emas, 

ijtimoiy  sohani  hozirgidek  zamonaviy  talqinda,  siyosiy  faollik  sifatida  tushunilgan.  Bunda  jamiyat 

hayotining siyosiy jihatlari, fuqarolik jamiyati tizimining umumiy tavsifi sifatida namoyon bo’ladi. 

Fuqarolik  jamiyati  g’oyasining  keyingi  rivoji  Aflotunning  shogirdi  Arastu(mil.  av.  384–322  y.) 

                                                           

1.

Каримов И.А. Ўрта  аср Шарқ мутафаккирларининг  илмий мероси замонавий  цивилизацияда  ўрни ва аҳамияти. // 



Ҳалқ сўзи. 2014 йил 24 май. 


 

42 


ijodi  bilan  bog’liq.  Ustozi  kabi  Arastu  ham  eng  mukammal  jamiyat  g’oyasini  ishlab  chiqishga  diqqat 

e’tiborini  qaratadi,  biroq  fuqarolik  jamiyati  g’oyalari  tarkibida  bu  masala  o’zgacha  nazariy  jihatlarni 

tashkil  qiladi.  Uni  ko’proq  ijtimoiy  transformasiya  emas,  balki  davlat  tuzilmasidagi  o’zgarishlar 

qiziqtiradi.  Bundan  tashqari  Arastu  o’zining  nazariy  ishlanmalarida  davlat  haqidagi  mavhum  g’oyaga 

tayanishni  emas,  jumladan  Aflotunga  xos  bo’lgan,  balki  voqe’likda  mavjud  bo’lgan  boshqaruv 

shakllarini  solishtirish, qiyosiy tahlil  qilishga  tayanadi,  bu jihat  esa  uning davlat  va  jamiyat borasidagi 

pozisiyasini konkretroq bo’lishini ta’minlaydi.  

Platondan  farqli  o’laroq,  Aristotel  xususiy  mulkni  e’tirof  etadi.  CHunki  u  inson  tabiatiga  xos 

bo’lib,  odamlar  o’rtasidagi  o’zaro  munosabatlarning  o’zagini  tashkil  etadi.  Aristotel  mulk  huquqining 

fuqarolar  farovonligi,  davlat  va  uning  boshqaruv  shakli  xavfsizligi,  qonunchilik  organi  ishida 

fuqarolarning ishtiroki  mexanizmi, lavozimlarni egallash  va  vazifalarni bajarish, sud  organlari ishidagi 

rolini  atroflicha  o’rgangan.  Huquqni  Aristotel  adolat  mezoni  deb  hisoblagan  va  unga  ijtimoiy 

munosabatlarni tartibga  soluvchi va ayni  vaqtda  ularni muhofaza  qiluvchi  institut  sifatida  yondashgan. 

Aristotel fikriga ko’ra, siyosiy boshqaruv – bu odamlarning emas, balki qonun boshqaruvidir: hatto eng 

yaxshi hukmdorlar ham tuyg’ular va hissiyotga beriluvchan bo’ladi, qonun esa «oqilona tafakkur»dir. 

Siseron davlat tushunchasiga birinchilardan bo’lib huquqiy tus beradi, bu ta’limot keyinchalik juda 

ko’p  mutafakkirlar,  shu  jumladan  «huquqiy  davlat»  g’oyasining  hozirgi  tarafdorlari  tomonidan  ham 

e’tirof etiladi. 

Siseron  konsepsiyasiga  ko’ra,  “fuqarolik  jamiyati”  g’oyasi  antik  davr  uchun  klassik  ahamiyatga 

ega  bo’ladi,  bu  o’z  navbatida  yangi  davrda  shakllangan  nazariy  qarashlarga  asos  bo’ladi.  Ko’pgina 

ekspertlar  fikricha,  aynan  Siseronning  ijtimoiy-siyosiy  ta’limotida  “fuqarolik  jamiyati”  o’zining 

tushunchaviy asoslariga ega bo’ladi.  

Fuqarolik  jamiyatining  tarixiy  ko’rinishlari  ifodasi  Evropa-O’rta  er  dengizi  an’anasi  asosida 

fuqarolik  jamiyatining  dastlabki  ko’rinishlari  –  Uyg’onish  davridagi  italyan  shahar-davlatlariga  borib 

taqaladi. Bunda fuqarolik jamiyati shahar boshqaruvi tizimiga asoslangan, muayyan shahar doirasidagi, 

ijtimoiy munosabatlar tizimi sifatida xarakterlanadi.  

Olimlar  fuqarolik  jamiyatining  yana  bir  tarixiy  ildizini,  olmon  madaniy  doirasi  ta’siridagi 

kontinental-evropa an’anasi bilan bog’lashadi. Erkin fuqaroning paydo bo’lishiga, birinchilardan bo’lib 

birlashgan hunarmandlar va savdogarlar gildiyasi, feodallardan himoyalovchi va shaharlar boshqaruviga 

ta’sir qilgan birinchi assosiasiya sabab bo’lgan deb hisoblanadi. 




Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish