boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash sohasidagi vakolatlari
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tarkibiy va hududiy bo'linmalarining o'z faoliyati
to'g'risidagi axborotdan axborotdan foydalanuvchilarning foydalanishini ta'minlashga doir faoliyatini
muvofiqlashtirib borish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to'g'risida axborot taqdim etish tartibini
belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar, normativ va boshqa hujjatlar ishlab chiqilishi hamda qabul
qilinishini tashkil etish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash bo'yicha
o'tkazilayotgan tadbirlar monitoring qilinishini hamda doimiy ravishda kompleks baholanishini tashkil
etish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to'g'risida axborot taqdim etish uchun
mas'ul bo'lgan mansabdor shaxslarni belgilash;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to'g'risida ularning rasmiy veb-saytlarida
joylashtiriladigan axborot ro'yxatini tasdiqlash;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to'g'risidagi foydalanilishi qonun
hujjatlariga muvofiq cheklab qo'yilgan axborotga taalluqli ma'lumotlarning ro'yxatini tasdiqlash;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to'g'risidagi e'lon qilinishi (chop etilishi)
lozim bo'lgan axborot materiallarini tasdiqlash;
axborotdan foydalanuvchilarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hay'at
majlislarida hozir bo'lishi tartibini belgilash;
37
axborotdan foydalanuvchilarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati
to'g'risidagi axborotdan moneliksiz foydalanishini ta'minlash, ushbu Qonun 6-moddasining birinchi
qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to'g'risida ularning rasmiy veb-saytlarida
joylashtiriladigan axborotning o'z vaqtida berilishini va ishonchliligini ta'minlash;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risidagi qonun hujjatlarini
buzganlik uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan tegishli
choralar ko'rish.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rahbarlari davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash sohasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni
ham amalga oshirishi mumkin.
«Oo’zbekiston Respublikasida Mao’muriy islohotlar kontseptsiyasini tasdiqlash too’go’risida»gi
Farmon 2017-2021-yillarda Oo’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoo’nalishi
boo’yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda muhim qadam hisoblanadi hamda mohiyatiga
koo’ra Oo’zbekistonning davlat va jamiyat qurilishida yangi sahifani ochib beradi.
Oo’zbekiston Respublikasida Mao’muriy islohotlar kontseptsiyasida davlat boshqaruvi tizimini
tubdan isloh qilishning 6 ta asosiy yoo’nalishi belgilab berildi.
Birinchi yoo’nalish ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining institutsional va tashkiliy-
huquqiy asoslarini takomillashtirishga bago’ishlangan. Mazkur sohadagi chora-tadbirlar quyidagilarni
nazarda tutadi:
•
ijro etuvchi hokimiyat organlarini tashkil etish va tugatishning aniq mezonlari hamda
tartib-taomillarini joriy qilish;
•
kadrlar va moddiy resurslardan oqilona foydalangan holda, ijro etuvchi hokimiyat
organlarini optimallashtirish;
•
ijro etuvchi hokimiyat organlarining mustaqilligini oshirish hamda ularning Vazirlar
Mahkamasi bilan oo’zaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish;
•
davlat xizmatlari koo’rsatish tizimini izchil takomillashtirish va «Elektron hukumat»
tizimini yanada keng joriy etish;
•
mao’muriy adliyani rivojlantirish va murojaatlarni kollegial eshitishni joriy qilish.
Ikkinchi yoo’nalish ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifalarini, ularni amalga oshirish
mexanizmlari va javobgarlik sohalarini aniqlashtirishni nazarda tutadi. Shu munosabat bilan quyidagi
masalalar boo’yicha chora-tadbirlar koo’riladi:
•
rivojlanish dasturlarini shakllantirishda hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining
tashabbuskorligi va rolini oshirish;
•
maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan, barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat
organlari va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning printsipial yangi tizimini joriy qilish;
•
xalqaro amaliyotda muvaffaqiyatli qoo’llanilayotgan, shu jumladan, sifat menejmenti,
indikativ rejalashtirish, autsorsing, kraudsorsing kabi ishni tashkil etishning zamonaviy uslublaridan
foydalanish;
•
rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini monitoring qilishda
jamoatchilik bilan oo’zaro hamkorlikning zamonaviy shakllarini joriy etish.
Uchinchi yoo’nalish iqtisodiyot tarmoqlariga mao’muriy tao’sirni qisqartirish va boshqaruvning
bozor mexanizmlarini kengaytirish hisoblanadi. Ushbu yoo’nalishda quyidagilar rejalashtirilmoqda:
•
xususiy sektor samarali faoliyat koo’rsatayotgan sohalarda davlat ishtirokidagi tijorat
tashkilotlarini tuzishni cheklash va amaldagi davlat korxonalarini qayta tashkil etish;
•
iqtisodiy faoliyatda davlat ishtirokining aniq bozor mexanizmlarini ishlab chiqish;
•
ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishda ijtimoiy hamda davlat-xususiy sheriklikning
huquqiy va institutsional bazasini takomillashtirish;
•
ayrim davlat funktsiyalarini xususiy sektorga oo’tkazish.
38
Too’rtinchi yoo’nalishda, jumladan, quyidagilar orqali vertikal boshqaruv tizimi va ijro etuvchi
hokimiyat organlari hamkorligining mexanizmlarini takomillashtirish nazarda tutilgan:
•
davlat boshqaruvini bosqichma-bosqich nomarkazlashtirish;
•
mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish,
ularning roli va javobgarligini oshirish;
•
hududiy organlarning rahbar kadrlarini tanlash va joy-joyiga qoo’yish masalalarida
mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kuchaytirish.
Beshinchi yoo’nalish davlat boshqaruvi tizimiga strategik rejalashtirishning zamonaviy shakllari,
innovatsion go’oyalar, ishlanma va texnologiyalarni joriy etish boo’yicha chora-tadbirlarni oo’z ichiga
olgan. Mazkur chora-tadbirlar qatorida quyidagilarni tao’kidlash lozim:
•
davlat xizmatlari koo’rsatish tartib-taomillarini optimallashtirish va soddalashtirishni
tao’minlaydigan davlat boshqaruvining innovatsion shakllarini joriy etish;
•
innovatsion go’oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqishga investitsiyalarni faol jalb etish;
•
zamonaviy ilmiy-tadqiqot va innovatsion yutuqlarni muvaffaqiyatli joriy qilish uchun
zarur boo’lgan rivojlangan infratuzilmani yaratish;
•
tabiatni muhofaza qilish, resurs va energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish.
Oltinchi yoo’nalishda professional davlat xizmatining samarali tizimini shakllantirish,
shuningdek, korruptsiyaga qarshi kurashishning tao’sirchan mexanizmlarini oo’rnatish belgilangan.
Ularga erishish uchun quyidagilar rejalashtirilgan:
•
davlat xizmatining shaffofligi va ochiqligini tao’minlash, aholi bilan ochiq muloqotni
yoo’lga qoo’yishning yangi mexanizmlarini joriy etish;
•
davlat xizmatchilarining mehnatiga haq too’lash va ijtimoiy tao’minotining zamonaviy
tizimini kiritish orqali ularning mehnat unumdorligini oshirish.
Bundan tashqari, Farmon bilan Oo’zbekiston Respublikasida Mao’muriy islohotlar
kontseptsiyasi normalarini amaliy roo’yobga chiqarish boo’yicha 40 dan ortiq aniq tadbirlarni nazarda
tutuvchi «Yoo’l xaritasi» tasdiqlandi.
Shuningdek, Oo’zbekiston Respublikasida Mao’muriy islohotlar kontseptsiyasini amalga
oshirish boo’yicha komissiya hamda davlat boshqaruvi tizimini tanqidiy oo’rganish va uni tubdan isloh
qilish yuzasidan takliflar tayyorlash boo’yicha ishchi guruhlar tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |