О‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


-Mavzu: Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/68
Sana29.12.2021
Hajmi1,02 Mb.
#79174
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   68
Bog'liq
fuqarolik jamiyat 1 kurs

3-Mavzu: Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish 

 

REJA: 

 

1.  Demokratik islohotlarni chuqurlash tirishda parlament va siyosiy partiyalarning roli. 

2.  Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ochiqligining ta’minlanishi. 

3.  Davlat xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligi ta’minlanishi 

 

Demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda parlament va siyosiy partiyalarning roli. 



 

Mustaqillikning tub mohiyatini milliy davlat qurish tashkil etadi. Biz 1991 yilning 31 avgustidan 

shunday mustaqil davlat qurishga kirishdik. Davlat  –  jamiyatning boshqaruv tizimi. Har qanday milliy 

davlat  jamiyat  taraqqiyoti  bilan  birga  ravnaq  topadi.  Shuning  uchun  ham  davlat  va  jamiyat  qurilishi  – 

yaxlit kechadigan jarayon. 

Mustaqillikning  oo’tgan  28  yili,  avvalo,  davlat  va  jamiyat  qurilishini  tubdan  isloh  qilish  orqali 

kechdi. Bu borada ham milliy ano’analarimizga tayanib, ham xal¬qaro tajribalarga suyangan holda ish 

tutdik. Boshqacha aytganda, istiqlol tarixiga birinchi galda davlat va jamiyat qurilishi nuqtai nazaridan 

qarab baho berishimiz zarur. 

Oo’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Oo’zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish 

boo’yicha harakatlar strategiyasi too’go’risida”gi Farmonida bu beshta ustuvor yoo’nalishning birinchisi 

quyidagicha bayon etilgan: “Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yoo’naltirilgan demokratik 

islohotlarni  chuqurlashtirish  va  mamlakatni  modernizatsiya  qilishda  parlamentning  hamda  siyosiy 

partiyalarning  rolini  yanada  kuchaytirish,  davlat  boshqaruvi  tizimini  isloh  qilish,  davlat  xizmatining 

tashkiliy-huquqiy  asoslarini  rivojlantirish,  “Elektron  hukumat”  tizimini  takomillashtirish,  davlat 

xizmatlari  sifati  va  samarasini  oshirish,  jamoatchilik  nazorati  mexanizmlarini  amalda  tatbiq  etish, 

fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish”. 

Oo’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  7  fevraldagi  “Oo’zbekiston  Respublikasini 

yanada  rivojlantirish  boo’yicha  Harakatlar  strategiyasi  too’go’risida”gi  Farmoni  bilan  Oo’zbekiston 

Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoo’nalishi boo’yicha Harakatlar strategiyasini amalga 

oshirish  boo’yicha  Milliy  komissiya  hamda  Harakatlar  strategiyasida  nazarda  tutilgan  Oo’zbekiston 

Respublikasini  rivojlantirishning  ustuvor  yoo’nalishlarini  amalga  oshirish  boo’yicha  komissiyalar 

tuzilgan edi.  

Oo’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  14  fevraldagi  Farmoyishi  bilan  Harakatlar 

strategiyasida  nazarda  tutilgan  tadbirlarning  ekspertlik  va  jamoatchilik  muhokamasini  samarali  tashkil 

etish  borasidagi  sao’y-harakatlarni  birlashtirish,  ularni  mukammal  amalga  oshirish,  fuqarolik  jamiyati 

institutlarini,  ekspertlar  va  olimlarni  mamlakatimizni  demokratlashtirish  hamda  modernizatsiya  qilish 

jarayonlariga faol jalb etish maqsadida poytaxtimizda Taraqqiyot strategiyasi markazi tashkil etildi. 

Oo’zbekiston  oo’z  mustaqilligini  koo’ppartiyaviy  jamiyat  tarzida  boshladi.  Oo’zbekis¬ton 

Respublikasi Prezidentligiga 1991 yil 29 dekabrda oo’tkazilgan dastlabki saylovdan boshlab davlatimiz 

rahbari har gal muqobillik asosidagi saylov orqali saylandi. Muqobillik deganini tushunish esa unchalar 

qiyin  emas  –  har  bir  partiya  Oo’zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  oo’z  nomzodini  koo’rsatib, 

saylovchilarni  unga  ovoz  berishga  dao’vat  qiladi.  Saylovda  esa  eng  koo’p  ovoz  too’plagan  nomzod 

yutadi. 


1991  yil  29  dekabrdagi  saylovda  alohida-alohida  partiyalardan  koo’rsatilgan  ikki,  2000  yil  9 

yanvardagi  saylovda alohida-alohida partiyalardan koo’rsatilgan ikki, 2007  yil 23 dekabrdagi  saylovda 

alohida-alohida  partiyalardan  koo’rsatilgan  uch  va  saylovchilar  tashabbuskor  guruhi  koo’rsatgan  bir 

(jami  –  too’rt),  2015  yil  29  martdagi  saylovda  alohida-alohida  partiyalardan  koo’rsatilgan  too’rt,  2016 

yil  26  dekabrdagi  saylovda  ham  alohida-alohida  partiyalardan  koo’rsatilgan  too’rt  Prezidentlikka 

nomzod ishtirok etdi. 




 

34 


Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi  hamda  xalq  deputatlari  mahalliy  kengashlariga  saylovda  ham 

aynan  partiyalardan  koo’rsatilgan  nomzodlar  ishtirok  etadi.  Faqat  keyingi  ikki  saylovda  Oliy  Majlis 

Qonunchilik  palatasi  deputatlari  soni  150  taga  yetkazildi  va  buning  15  nafari  (har  bir  mintaqadan  bir 

nafardan  va  respublika  tashkilotidan  bir  nafar)  Oo’zbekiston  ekologiya  harakatidan  saylanadigan 

boo’ldi. 

Koo’ppartiyaviy tizimning afzalligi nimada? Davlat  – xalqniki. Xalq esa turli ijtimoiy toifadagi 

aholidan  tashkil  topgan.  Har  bir  toifaning  esa  oo’z  qiziqishlari,  intilishlari,  boshqacha  aytganda, 

manfaatlari bor. Har bir toifa davlat uning manfaatlarini himoya qilishini istaydi. Xoo’sh, barcha toifalar 

manfaatlarini  birday  ifodalash  mumkinmi?  Mumkin.  Buning  uchun  koo’p  partiya  boo’lishi  kerak.  Bu 

partiyalarning  har  biri  oo’z  yoo’nalishi,  jamiyatdagi  muayyan  ijtimoiy  toifa  intilishlari,  qiziqishlaridan 

kelib  chiqqan  holda,  yao’ni  ularning  manfaatlarini  ifodalagan  va  himoya  qilgan  holda  oo’z  dasturini 

ishlab chiqishi zarur. 

Har  bir  partiya  oo’z  oldiga  qoo’ygan  go’oyalarni  hayotga  tatbiq  etishi,  yao’ni  amalga  oshirish 

uchun kurash boshlaydi. Bu kurash aynan saylovlar orqali kechadi. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi 

deputatlari  orasida  qaysi  partiyadan  eng  koo’p  vakil  saylangan  boo’lsa,  parlamentda  oo’sha  partiya 

go’olib  hisoblanadi.  Hatto,  shunday  tartib-qoida  qonunga  kiritilganki,  har  bir  partiyaga  Oliy  Majlis 

Qonunchilik  palatasidagi  deputatlari  sonini  qato’iy  hisobga  olgan  holda  davlat  byudjetidan  mablago’ 

ajratiladi. 

Oo’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.Mirziyoev  2017  yil  parlamentga  muojatida 

Partiyalararo raqobatni tao’minlash, barcha siyosiy subo’ektlar uchun teng sharoitlar yaratish parlament 

rolini kuchaytirishning muhim sharti hisoblanadi, deb tao’kidlagan edi. 

Shu  oo’rinda  siyosiy  hayotimizda  muhim  ahamiyatga  ega  boo’lgan  saylov  qonunchiligi  haqida 

ham  too’xtalib  oo’tmoqchiman. Bu borada qabul  qilingan 6 ta  qonun va bir qator qonunosti  hujjatlari, 

afsuski,  haligacha  yaxlit  bir  hujjat  shakliga  keltirilmagan.  Shu  sababli  xalqaro  norma  va  standartlarga 

javob beradigan yagona Saylov kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish lozim. Shuningdek, 2019 yilda 

hokimiyatning  vakillik  organlariga  boo’lib  oo’tadigan  saylovlarga  tayyorgarlik  koo’rish  boo’yicha 

tadbirlar  dasturini  ishlab  chiqishga  hozirdan  kirishish  kerak.  Dasturda  mazkur  siyosiy  jarayon  yanada 

oshkoralik  ruhida  oo’tishini  tao’minlaydigan  yangi,  ilgo’or  amaliyotni  joriy  etishga  alohida  eo’tibor 

qaratish zarur. 

2016  yilgi  saylovda  deputatlikka  saylangan  nomzodlari  soniga  koo’ra,  Tadbirkorlar  va 

ishbilarmonlar  harakati  –  Oo’zbekiston  Liberal-  demokratik  partiyasi  –  birinchi,  Oo’zbekiston  “Milliy 

tiklanish”  demokratik  partiyasi  –  ikkinchi,  Oo’zbekiston  Xalq  demokratik  partiyasi  –  uchinchi  va 

Oo’zbekiston “Аdolat” sotsial-demokratik partiyasi too’rtinchi oo’rinni egalladi. 

Koo’ppartiyaviylikning  yana  bir  ahamiyatli  tomoni  shundan  iboratki,  davlat  siyosatida 

muqobillik  yuzaga  keladi.  Har  bir  partiya  qabul  qilinayotgan  qonunlar  va  qonunosti  hujjatlari 

muhokamasida oo’z nuqtai nazarini bildirib, oo’z qarashlarining qonun va qarorlarda bevosita aks etishi 

uchun  kurashadi.  Bundan  tashqari,  qonun  va  qonunosti  hujjatlarining  ijrosi  ustidan  jamoatchilik 

nazoratini oo’rnatadi. Oo’z ommaviy axborot vositalari orqali go’oyalarini targo’ib va tashviq qiladi, bu 

haqda jamoatchilik fikrini uygo’otadi. 

Oo’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  1-moddasida:  “Oo’zbekiston  –  suveren 

demokratik  respublika.  Davlatning  “Oo’zbekiston  Respublikasi”  va  “Oo’zbekiston”  degan  nomlari  bir 

mao’noni  anglatadi”,  –  deb  yozilgan.  Mamlakatimizning  qanday  tipdagi  davlat  ekanini  “suveren 

demokratik  respublika”  degan  ana  shu  uch  soo’z  aniq-tiniq  ifodalab  bergan.  Keling,  avval  shu  uch 

istilohning mago’zini chaqib koo’raylik. “Suveren” soo’zi – frantsuzcha “souverain” soo’zidan olingan 

va u lugo’aviy jihatdan “oliy” degan mao’noni bildiradi.  

Xalqaro huquq atamasi sifatida esa “mustaqil oliy hokimiyati egasi” degan mao’noni anglatadi. 

Shundan  kelib  chiqib,  bu  soo’z  mustaqillikka  ega,  erkin,  hur  davlatga  nisbatan  ham  ishlatiladigan 

boo’lgan. Shu oo’zakdan yasalgan “suverenitet” istilohi xalqaro huquqda “davlatning ichki ishlarni olib 

borishda va tashqi  munosabatlarda too’la mustaqilligi” mao’nosida qoo’llanadi.  “Demokratiya” soo’zi, 



 

35 


asli,  yunoncha  “demos”,  yao’ni  “xalq”  hamda  “kratos”,  yao’ni  “hokimiyat”  soo’zlarining 

qoo’shilishidan hosil  boo’lgan. Huquqiy atama sifatida “fuqarolar erkinligi  va tengligi  konstitutsiya va 

qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatining shakllari amalda oo’rnatilgan va yuzaga chiqarilgan 

siyosiy tuzum; xalq hokimiyati” mao’nolarida talqin etiladi. 

Soddaroq  qilib  tushuntirilsa,  demo¬kratik  tuzumda  to  xalq  saylamaguncha  hech  kim  davlat 

boshligo’i boo’la olmaydi va to xalq saylamaguncha hech kim qonun chiqarish vakolatini qoo’lga kirita 

olmaydi.  Аlbatta,  “demokratiya”  soo’zi  “jamoa  barcha  ao’zolarining  faol  ishtirokida  rahbarlik  qilish 

usuli”  tarzida  oddiyroq  mao’noda  ham  qoo’llanaveradi.  “Respublika”  soo’zi  ham  –  xalqaro  huquq 

atamasi. U lugo’aviy jihatdan lotincha “ish” mao’nosidagi “res” hamda “ijtimoiy”, yao’ni “koo’pchilik” 

yoki  “umumxalq”  mao’nosidagi  “publika”  soo’zlarining  qoo’shilishidan  hosil  qilingan.  Istilohiy 

mao’nosi  ham  shundan  kelib  chiqadi:  u  “oliy  davlat  hokimiyati  mao’lum  muddatga  saylanadigan 

hokimiyat  organi  (prezident  yoki  parlament)ga  tegishli  boo’lgan  boshqaruv  shakli;  shunday  boshqaruv 

shakliga ega boo’lgan davlat” ni anglatadi. 

Oo’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Oo’zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish 

boo’yicha  harakatlar  strategiyasi  too’go’risida”gi  Farmoni  bilan  belgilangan  bu  beshta  ustuvor 

yoo’nalish  mamlakatimiz  taraqqiyotining  2017  –  2021  yillarga  moo’ljallangan  dasturulamali 

hisoblanadi.  Bizda  bu  besh  ustuvor  yoo’nalish  ijrosiga  qattiq  kirishildi.  Buning  birgina  isboti  shuki, 

2017  yilning  12  iyulь  kuni  Oo’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasida  parlament 

palatalari,  siyosiy  partiyalar,  xalq  deputatlari  mahalliy  kengashlari  faoliyatining  tahlili  hamda 

istiqboldagi  vazifalariga  bago’ishlangan  videoselektor  yigo’ilishi  boo’lib  oo’tdi.  Unda  Oo’zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoev  “Parlamentimiz  haqiqiy  demokratiya  maktabiga  aylanishi, 

islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi boo’lishi kerak” mavzusida mao’ruza qildi. Mao’ruzada 

hokimiyat  vakillik  organlari,  siyosiy  partiyalar  va  Ekologik  harakatning  oo’tgan  davrdagi  faoliyati 

oo’zaro  muloqot  shaklida,  tanqidiy  ruhda  tahlil  qilindi,  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  yoo’lida 

oldimizda turgan muhim vazifalar belgilab berildi. 

“Har qanday siyosiy partiya zamon talabi bilan hamnafas boo’lib, uning oo’tkir talablariga javob 

bergan  taqdirdagina  siyosiy  kuch  sifatida  yashay  oladi…  Siyosiy  partiyalarning  Qonunchilik 

palatasidagi fraktsiyalari faoliyatini kuchaytirmasak, qonun ijodkorligi va qabul qilingan qonunlar ijrosi 

kutilgan natijani bermaydi”, – dedi Prezidentimiz. 

Davlatimiz  rahbari  demokratiyani  tao’minlashda  parlamentning  oo’rni  va  ahamiyati  katta 

ekanligini tao’kidlar ekan: “Demokratiya qaerdan boshlanadi  – parlamentdan boshlanadi. “Parlament – 

demokratiya maktabi”, – deymiz. Shunday ekan, milliy parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga 

aylanishi kerak”, – dedi. 

Modomiki,  2017  –  2021  yillarga  moo’ljallangan  Harakatlar  strategiyasining  birinchi 

yoo’nalishida  “demokratik  islohotlarni  chuqurlashtirish  va  mamlakatni  modernizatsiya  qilishda 

parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish” ham koo’zda tutilgan, 2017 yil 

mamlakatimizda  “Xalq  bilan  muloqot  va  inson manfaatlari  yili”  deb  eo’lon  qilingan,  partiyalar  aynan 

xalqning  muayyan  toifalari  manfaatlarini  himoya  qilishga  chogo’langan  siyosiy  kuch  hisoblanar  ekan, 

bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etib, islohotlarni yanada chuqurlashtirish lozim. 

Harakatlar strategiyasi real ijro talab qiladi. Uni amalga oshirish esa davlat va xalq birligida juda 

katta  ishlarni  bajarishni  taqozo  etadi.  Shuning  uchun  ham  shu  yilning  15  avgustida  Oo’zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  “2017  –  2021  yillarda  Oo’zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning 

beshta ustuvor yoo’nalishi boo’yicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari 

too’go’risida”gi  Farmoyishi  qabul  qilindi.  Unda  muayyan  mao’noda  amalga  oshirilgan  ishlar  bir  sidra 

sarhisob ham etildi. 

Qonun  ijodkorligi  faoliyati  sifatini  tubdan  o‘zgartirish,  davlat  hayotidagi  yetakchi  siyosiy 

kuchlarning o‘rni va rolini kuchaytirish Harakatlar strategiyasini kelgusi besh yilda amalga oshirishning, 

mamlakatni  uzoq  istiqbolda  rivojlantirish  hamda  modernizatsiyalashning  muhim  va  hal  etuvchi  omili 

hisoblanadi.  Birgina  2017  yilda  Harakatlar  strategiyasida  belgilangan  vazifalarga  binoan,  Oliy  Majlis 



 

36 


palatalari 50 ta qonun loyihasi ustida ish olib borishi kerak bo‘ladi. Ulardan 18 tasi mutlaqo yangi qonun 

bo‘lsa,  30  dan  ortig‘i  amaldagi  qonun  hujjatlariga  o‘zgartish  hamda  qo‘shimchalar  kiritishni  ko‘zda 

tutadi. Ushbu hujjatlarning asosiy maqsadi jamiyat hayotining barcha jabhasida munosabatlarni tartibga 

solishni  takomillashtirishga  qaratilgan.  Jumladan,  davlat  va  jamiyat  qurilishida  17  ta  qonun  loyihasini 

ishlab  chiqish  nazarda  tutilgan.  Qonun  ustuvorligini  taminlash  hamda  sud-huquq  tizimini  yanada  isloh 

qilishda tegishincha 18 ta qonun loyihasi, iqtisodiyotni liberallashtirish sohasida 7 ta, ijtimoiy sohada 4 

ta, tashqi siyosiy faoliyatda 3 ta qonunni ishlab chiqish belgilangan. 

 


Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish