Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni
Kapalaklar gulzorda,
Qanot qoqib uchishar.
Xursand bo‘lib gulzordan,
Guldan gulga qo‘nishar.
Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o`stirishda nutqning grammatik tomonini
o‘rgatish, ya'ni nutqni grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzishga o‘rgatishda tarbiyachining so‘zning
asosiy va qo‘shimcha morfemalarini bilishi va uni bolalarga amaliy o‘rgatishi muhim ahamiyat
kasb etadi.
Nutqning grammatik tomonini o‘rgatish bolalarning nutqni to‘g‘ri ifodalash
malakalarini shakllantiradi, ular nutqidagi grammatik xatolarni bartaraf etish, nutqni to‘g‘ri,
ifodali, tushunarli bayon etishga o‘rgatadi.
Nutqning grammatik tuzilishini o‘rgatish maktabgacha ta'limning kichik guruhidan
boshlanadi va quyidagilarni amaliy o‘rgatish asosiy vazifa hisoblanadi:
a) otlarni kelishiklar bilan to‘g‘ri turlash (Anvarning, Anvarni, Anvarga va hokazo)
b) fe'llarni shaxs-zamon qo‘shimchalari bilan to‘g‘ri tuslashga o‘rgatish (oldim, oldi)
v) hayvon va parrandalarning nomini birlik va ko‘plik ifodalashga o‘rgatish
s) uyushiq bo`laqli gaplar tuzishga o‘rgatish (Odil tupni, sharni va bayroqchani oldi)
d) ertak, she'rni ifodali aytish ko‘nikmasini tarkib toptirish,
chiroyli, to‘g‘ri gapirishni o‘rgatish
e) grammatik to‘g‘ri nutqni shakllantirish, rasm asosida, suhbat orqali bolalar nutqida sifatlarni
to‘g‘ri qo‘llash, otlarni kelishikda to‘g‘ri turlashga o‘rgatish.
O‘rta guruhda nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish mazmuni quyidagicha:
1. Gapirganda, hikoya qilganda so‘zlarni grammatik jihatdan to‘g‘ri qo‘llashga, ya'ni
kelishiklarda to‘g‘ri turlashga o‘rgatish.
2. So‘zlarni birlik, ko‘plik aytish, fe'llarni shaxs va zamonda to‘g‘ri tuslash, ayrim so‘zlarning
yasalishini bilish.
3. Jumlani to‘g‘ri tuzish,
nutqda sodda, qo‘shma gaplardan foydalanish.
4.
Topishmoq, tez aytish orqali ogzaki nutqni shakllantirish.
5. Nutqda fe'lning buyruk maylini qo‘llash va to‘g‘ri ishlatishni o‘rgatish.
Katta guruhda nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish davom etadi, bunda
quyidagilar amalga oshiriladi.
1. To‘g‘ri gapirish, so‘zlarni o‘zaro bog`lash, jumlani to‘g‘ri tuzish.
2. Nutqda uyushiq bo‘laqli, sodda yoyiq va qo‘shma gaplardan foydalanish.
3. Fikrni xilma-xil ma'noda bayon etish.
4. Yangi so‘z yasashni, grammatik to‘g‘ri nutqni shakllantirish talab etiladi.
Maktabga tayyorlov guruhida nutqning grammatik tuzilishi buyicha quyidagilarga
ahamiyat beriladi:
1. Nutqning morfologik va sintaktik tuzilishini shakllantirishni davom ettirish.
2. Bolalarda o‘z nutqi va boshqalar nutqiga tanqidiy munosabatda bo‘lishni tarbiyalash.
3. Ot, sifat, fe'llarning murakkab grammatik shakllaridan foydalanishni mashq qilish.
4. So‘z yasash malakasini mustahkamlash.
5. Rasmga karab hikoya qilishga o‘rgatishni davom ettirish.
6. Bolalar nutqidagi grammatik xatolarni bartaraf etish.
Nutqning grammatik tomonini o‘rgatish amaliy mashqlar, Ko`rsatib berish, o‘rgatish
orqali amalga oshiriladi, quyidagilar nazarda tutiladi.
1. Bolalarning psixologik
va fiziologik rivojlanishi, rivojlanganlik darajasi.