Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni
Ushinskiy 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini tavsiflar ekan, uning ayrim
xususiyatlarini, masalan: tovushning tushunarsizligi, lug‘at boyligining yetarli emasligini,
o‘zaro bog‘liqlikning yo‘qligini alohida ta‘kidlagan. U bolalar bilan mashg‘ulot o‘tkazishning
turli shakllarini taklif qilgan:
bolalar hayotidan hikoyalar;
bolaga narsalarning xususiyatlarini ko‘rishda, 6 yoshga kelib esa narsalar juftligini bir-
biriga taqqoslash, ular o‘rtasidagi umumiylik va farqlarni topishda yordam beruvchi mashqlar;
suratlar asosida hikoya qilish, bu bolalarga savollarga javob berish, so‘ngra esa ravon,
tushunarli va erkin hikoya qilib berishni o‘rgatadi;
bolalarni o‘qish va yozishga tayyorlovchi amaliy mashqlar.
K.D.Ushinskiyning til va uning bolani ruxan shakllanishida tutgan o‘rni haqidagi
ta‘limoti nutqni rivojlantirish metodikasini mustaqil fan sifatida ajratish uchun muhim
ahamiyatga egadir.
1. Til haqida, uning vujudga kelishi haqidagi ta‘limot – metodikaning nazariy asoslari
ishlab chiqildi; uning har bir odamning rivojlanishida tutgan o‘rni ko‘rsatib berildi, bu esa
bolalarni rivojlantirish va tarbiyalashda ona tilining yetakchi o‘rin tutishini asoslash imkonini
berdi.
2. Bolalar nutqini rivojlantirish ishi maktab ta‘limiga qadar boshlanadigan ish sifatida
alohida bo‘limga ajratilgan.
3. Bolalar nutqini rivojlantirishga bolaning uzoq davom etadigan ona tili, uning mazmuni
va shakllarini o‘zlashtirish jarayoni sifatida qaralgan. Ushbu murakkab jarayon ustoz
tomonidan to‘g‘ri va faol rahbar lik qilishni talab qiladi.
4. Ona tilini o‘qitish jarayoniga rahbar lik qilishning asosiy qoidalari: ona tilini birlamchi
o‘qitishning maqsadlari; ularni amalga oshirish mazmuni va shakli; nutqni rivojlantirishda
ko‘rgazmaviylikning ahamiyati ishlab chiqilgan va asoslab berilgan.
5. Bola nutqini uning fikrlashi, ma‘naviy va estetik xis-tuyg‘ulari bilan birgalikda
rivojlantirishni ta‘minlovchi ish usullari ko‘rsatib berilgan.
K.D.Ushinskiy shunday yozadi; «Bola ona tilini o‘rganar ekan, u faqat shartli
tovushlarnigina o‘rganmaydi. Balki ona tilining ona ko‘kragidan ma‘naviy hayot va kuchni
ham emadi. U bolaga tabiatni shunday tushuntiradiki, boshqa hech bir tabiatshunos bunga qodir
emas, u atrofdagi odamlar harakteri, u yashayotgan jamiyat, uning tarixi va intilishlarini
shunday tanishtiradiki, boshqa hech qanday tarixchi bunga qodir emas; U bolani xalq udumlari,
xalq she‘riyatiga shunday olib kiradiki, boshqa hech bir estetika bunga qodir emas, nihoyat u
bolaga shunday mantiqiy tushunchalar va falsafiy qarashlarni beradiki, adbatta, boshqa biron-
bir faylasuf bunga qodir emas»
5
. Buyuk pedagogning ushbu so‘zlarida nafaqat ona tilini
o‘zlashtirish natijalari, balki uni o‘rganish metodi: «nafaqat ko‘p narsani o‘rgatadigan, balki
hayron qolarli darajada oson, qandaydir yetishib bo‘lmaydigan metod asosida o‘qitadigan»
6
o‘qituvchi tiliga ishonch ko‘rsatib berilgan.
Shunday qilib, ona tilidagi muayyan badiiy asarni egallashda bolalarga yordam berar
ekan, pedagog har tomonlama tarbiyalash vazifasini ham bajaradi.
Maktabgacha davrdagi har bir yosh bosqichi o‘zining nutqiy rivojlantirish vazifalarini
qo‘yadi. Yoshi o‘sib borishi bilan adabiy asarlarni qabul qilish darajasi ham
ortib borishi tufayli
ular asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Bolalarda she‘r tinglay olish qobiliyati rivojlanadi.
Shundan kelib chiqqan holda kattalar bolalarning yosh imkoniyatlarini bilishlari zarur.
Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni har bir yosh bosqichida
bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirib borish masalalarini ko‘rib chiqamiz.
5
Ушинский К.Д. Избранные педагогические сочинения. Т., М., 1974, 148-бет.
6
Ўша жойда, 149-бет.