Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni
(savollarga javob berish va uncha katta bo‘lmagan hikoyalar tuzish) mashq qilishga
o'tish.
Bolalarni rasmlar bilan tanishtirish mashg‗uloti turli xilda olib borilishi mumkin.
Mashg'ulot asosan ikki qismdan iborat boladi:
1. Savollar yordamida rasmni ko‗rib chiqish.
2. Tarbiyachining namuna-hikoyasi bilan yakunlash.
Mashg‘ulot uncha katta bo'lmagan kirish suhbati bilan boshlanishi mumkin. Uning
maqsadi rasmda tasvirlanganlar to‗g‗risida bolalarning tasavvurini aniqlashdan va
emotsional kayfiyatni vujudga keltirishdan iboratdir. Tarbiyachining savollari
mashg‘ulotdagi asosiy metodik usullardan biri hisoblanadi, Shuning uchun savollarni
oldindan puxta o'ylab olish muhimdir. Bolalarga beriladigan savollar tushunarli bo‘lishi
va unga javob berishda qiyinchilik tug'dirmasligi kerak. Kichik yoshdagi bolalar rasm
asosida ikki-uch so‗zdan iborat bo‘lgan gaplar yordamida hikoya qilib berishga o'rganadilar.
Rasmni ko‗zdan kechirish bolalar nutqining to‗g‗ri va aniq rivojlanishiga yordam beradi.
Tarbiyachi, rasmda tasvirlangan narsa-buyumlarni va voqealarni to‗g‘ri aytishlarini
nazorat
qilib borishi kerak.
Tarbiyachi o‗z nutq namunasi, savollari, ko'rsatmalari bilan bolalarga rasmda
tasvirlangan narsa-buyumlarning sifat va belgilarini aniq belgilovchi so‘zlarni tanlay
olishlarida yordam beradi. Kichik guruhlarda dastlabki rasmlar alohida narsa-buyumlar
(o‗yinchoqlar yoki tanish uy jihozlari), uy hayvoniari, bolalar hayotidan olingan
murakkab bo‘lmagan voqealar tasviridan iborat bo‗ladi. Mashg'ulotdan so‘ng rasm guruh
xonasida bir necha kunga qoldiriladi. Bolalar yana bir marta rasmni ko‗zdan kechirib
chiqadilar. Ilgari ko‗rmagan narsalarini ko‗radilar, bir-birlariga fikrlarini aytishadi.
Tarbiyachi bunday ko‗zdan kechirishlarga rahbarlik qiladi, ya‘ni ularning aytayotgan
fikrlarini
aniqlashtiradi, qo'llab-quvvatlaydi, rag'batlantiradi.
O‘rta guruh. Bu guruh bolalarining nutqi takomillashadi, fikrlashi faollashadi,
uncha katta bo‘lmagan hikoya tuza oladilar. Dastlab bolalar tarbiyachining savollari
yordamida hikoya qilib beradilar. Bu bolalarning jamoa bo‘lib tuzgan yoki tarbiyachi va
bitta bolaning hamkorlikda tuzgan hikoyasi bo‗lishi mumkin. Mashg‗ulot oxirida
tarbiyachi bolalarning barcha aytgan fikrlarini umumlashtirib, o‘zi to‗liq hikoya qilib
beradi. So‘ngra bolalar tarbiyachining namuna-hikoyasini takrorlaydilar. Bu guruhda
tarbiyachining namuna hikoyasi bolalarning undan nusxa olishlari uchun beriladi. „Xuddi
mendek hikoya qilib bering", „Yasha, mening hikoyamni eslab qolibsan―, - deb tarbiyachi
bolalarni rag‗batlantiradi, ya'ni ushbu guruhda bolalardan mavzudan
chetga chiqib ketmaslik
talab etiladi. Namuna híkoya ma‘lum bir talablarga javob berishi kerak. O‗rta guruh
bolalarini narsa-buyumlarni tasvirlovchi va voqeali rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya
tuzishga o'rgatish mumkin. Tarbiyachi bolalarni o‗z hikoyasida lug‗atidagi so‘zlardan,
sifatdoshlardan, aniqlovchidan, holdan va boshqalardan keng foydalanishga o‗rgatishi
kerak. Bolalar rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzishga (bir yoki bir qancha narsa-
buyumlarning yoki obyektlarning sifatlari, xususiyatlari, harakterlari to‗g‘risidagi hikoya)
o'rganib olganlaridan so'ng voqeaband suratlar bo‗yicha voqeaband hikoyalar tuzishga
o‘rgatiladi. Bolalar tarbiyachi yordamida tasviriy harakterga ega bo‗lgan bog‘langan hikoya
tuzadilar. Bu sckin-astalik bilan bolalarni mustaqil ravishda voqeaband hikoyalar
tuzishlariga yordam bcradi.