Eng yangi davr xalqaro munosabatlar tarixi



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana14.07.2022
Hajmi0,58 Mb.
#798690
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-ma'ruza (2)

Xalqaro munosabatlarning
 
asosiy tamoyillari
 quyidagilardir: 

Kuch ishlatmaslik va kuch bilan qo‗rqitmaslik; 

Chegaralar daxlsizligi; 

Davlatlarning hududiy yaxlitligini hurmat qilish; 

Mojarolarni tinch yo‗l bilanbartaraf etish; 

Davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; 

Insonning asosiy huquq va erkinliklarini hurmat qilish; 

Teng huquqlilik va xalqlarning o‗z-taqdirini o‗zi belgilash huquqini hurmat qilish; 

Xalqaro huquq me‘yorlariga qat‘iy rioya qilish; 

O‗zaro foydali hamkorlik;

Jahon hamjamiyatini qurolsizlantirish. 
Xalqaro siyosat
xalqaro huquq sub‘ektlarini ularning manfaatlarini 
muvofiqlashtirish, urush va tinchlik masalalarini hal etish, butun insoniyatning 
yashab qolishi, yalpi xavfsizlik va qurolsizlanishni ta‘minlash, global, mintaqaviy 
va milliy nizolarni hal etish va ularning oldini olish, atrof muhitni muhofaza qilish, 
qoloqlik va qashshoqlikka, ochlik va kasalliklarga barham berish, insoniyatning 
boshqa global muammolarini hal etish, dunyoda adolatli tartib o‗rnatish bilan 
bog‗liq bir maqsadga yo‗naltirilgan siyosiy faoliyatidan iboratdir. 
Xalqaro siyosat - xalqaro munosabatlarning asosiy sub‘ektlarini umumiy 
bir maqsadga yo‗naltirilgan siyosiy faoliyati; BMT va jahon hamjamiyatining 
boshqa qonuniy va barcha tomonidan tan olingan organlari va tashkilotlarining 
faoliyatida o‗z aksini topgan integratsiyalashgan jarayon. 


Xalqaro siyosat tuzilmaviy jihatdan milliy davlatlarning tashqi siyosiy 
faoliyati, BMT hamda davlatlar va xalqlar tomonidan vakolat berilgan xalqaro 
ittifoqlar, tashkilotlar va muassasalarning global faoliyatidan iborat. 
Xalqaro siyosat sohasi davlatlar o‗rtasida vujudga kelayotgan siyosiy 
munosabatlarning butun maydonini qamrab oladi. Dunyo siyosatining asosiy 
unsurlari o‗zaro bog‗liq bo‗lganligi tufayli dunyo siyosiy munosabatlari, 
dunyodagi yagona siyosiy-davriy makon haqida so‗zlash mumkin va zarur, barcha 
asosiy siyosiy hatti-harakatlar uning davomida yoki tarkibiy qismlarida yuz beradi. 
Xalqaro siyosatning asosiy ustuvorliklari insoniyat va uning sub‘ektlari oldida 
turgan umumiy muammolarni hal etish zarurati bilan bog‗liq. Xalqaro siyosat ikki 
yoqlamalik xususiyatiga ega: xalqaro munosabatlarning har qanday sub‘ekti o‗z 
manfaatlarini himoya qilar va amalga oshirar ekan, u yoki bu darajada boshqa 
davlatlarning, jahon hamjamiyatining ham manfaatlarini hisobga olishi kerak. 
Shunga ko‗ra, xalqaro siyosat uning sub‘ektlarining o‗z (milliy) manfaatlari hamda 
butun insoniyat oldida turgan, etilgan va dolzarb vazifalar va umumiy maqsadlar 
uchun kurashning hosilasi sifatida namoyon bo‗ladi. Uning asosida jahon 
hamjamiyatida hokimiyatga va ta‘sirga ega bo‗lish uchun kurash yotadi. 
Sayyoramizda buyuk geografik kashfiyotlar zamonidan beri o‗zaro 
aloqalarning global tizimi yaratilayapti. Hozirgi dunyo gigant bir tizimdan iborat 
bo‗lib, unda uning turli jihatlari, unsurlari va bo‗g‗inlari ziddiyatli birlikda va 
o‗zaro hamkorlikda faoliyat ko‗rsatadilar. Hozirgi zamonning eng asosiy harakatga 
keltiruvchi kuchi har tomonlama tobora rivojlanib borayotgan ilmiy-texnik inqilob 
bo‗lib, uning chegaralari poyonsizdek ko‗rinadi. U butun jahon iqtisodiy va 
madaniy makonining yaratilishiga birligining hosil bo‗lishiga olib keladi. Xalqaro 
siyosat sub‘ektlarining o‗z manfaatlarini amalga oshirish maqsadidagi o‗zaro 
faoliyati siyosiy jarayonlarning o‗ziga xos tizimini o‗zida mujassam etadi. 
Xalqaro siyosiy jarayonlar
- xalqaro munosabatlarning institutsional va 
turli-tuman noinstitutsional sub‘ektlarining ularning o‗z funksiyalarini bajarishda 
makon va zamonda rivojlanishida olingan umumiy faoliyati; tizimli dunyodagi 
turli xil siyosiy jarayonlarning jamlanganidir. Uning sub‘ektlari sifatida xalqlar, 
etnoslar, sivilizatsiyalar, davlatlar, xalqaro tashkilotlar, nodavlat birlashmalar, 
ijtimoiy harakatlar, diniy tashkilotlar, siyosiy va jamoat liderlari; tuzilmaviy 
unsurlari sifatida esa BMTning siyosiy ahamiyatga ega faoliyati xalqaro 
tashkilotlar, fondlar, tashkilotlar, muassasalarning siyosiy faoliyati; mintaqaviy 
institutlar, birlashmalar, ittifoqlarning siyosiy aksiyalari, suveren davlatlarning 
tashqi siyosiy faoliyati namoyon bo‗ladi. 
XX asrga kelib xalqaro munosabatlar sohasidagi siyosiy tadqiqotlar yangi 
sifat o‗zgarishlariga ega bo‗ldi. Agar o‗tgan asrda xalqaro jarayonlar o‗z holicha 
rivojalanib, nazariy izlanishlar davlatning imkoniyat darajasidagi yo‗liga kam ta‘sir 


etgan bo‗lsa, yangi asrga kelib ilmiy yo‗nalishlarning xalqaro munosabatlarga 
ta‘siri o‗sib bordi. 
Xalqaro siyosat nazariyalari ichida proletariat ―dohiylarining‖ dunyo 
tartibotida inqilobiy transformatsiya konsepsiyasi paydo bo‗ldi. Bu konsepsiya 
uchun quyidagilar xarakterlidir: dunyo muammolarini tahlil qilishga sinfiy nuqtai 
nazardan yondashuv, davlatning tashqi siyosatini ichki siyosat bilan aloqadorlikda 
o‗rganish, xalqaro munosabatlarni har bir tarixiy davrda aniq ijtimoiy-iqtisodiy 
formatsiyalar rivojlanishi qonuniyatlari bilan bog‗liq ekanligi, kuchlar 
joylashuvining ob‘ektiv va sub‘ektiv omillarini tadqiq etish. 
XX asrda xalqao munosabatlar nazariyasining nomarksistik yo‗nalishlari 
ikkita qutblashgan oqimlar asosida rivojlandi. Ularni shartli ravishda ―kuchlar 
muvozanati‖, ―o‗zaro harakat‖, ―integratsiya‖larning turli muqobil g‗oyalari, deb 
atash mumkin.
XX asr boshlaridagi siyosatning globallashuvi va ―imperializm 
ittifoqlari‖ning shakllanishi mo‗ljallangan tamoyillar to‗g‗risida fikrlashga 
nisbatan yangi, umumdunyoviy yondashuvlarni ilgari surishga ko‗proq imkoniyat 
yaratdi. 1904 yilda taniqli ingliz olimi Xalfrord Makkinder o‗zining xalqaro 
jarayonlarni konsepsiyalarda ifodalashga doir qarashlarini e‘lon qildi. u 
keyinchalik "geosiyosat" deb ataldi. Makkinder shunday deb yozgan edi: ―Agar 
kim Sharqiy Evropani boshqarsa, u Evroosiyoning Xartlendiga (o‗rta yerlariga ) 
rahbarlik qiladi; agar kim Xartlendni boshqarsa, Evropa, Osiyo, Afrikaning dunyo 
orollariga rahbarlik qiladi, agar kim dunyo orollarini boshqarsa, butun dunyoga 
rahbarlik qiladi. Xartlendga savdo liberalizmining vatani bo‗lgan ―orollar 
majmuasi‖(Amerika, Avstraliya, Okeaniya, Buyuk Britaniya) qarama-qarsh 
turadi‖.
3
Davlatlarning ahvoli, siyosati, tarixiy taqdiri uchun geografik omillarning 
ahamiyati to‗g‗risidagi g‗oyalar unumli nazariyalar sifatida sinovlardan o‗tdi. 
Klassik misol: Alp tog‗ining geologik tuzilishi Italiyadan Markaziy Evropaga 
tomon yurishlarni qiyinlashtiradi, lekin uning aksi butunlay boshqacha bo‗lib, u 
tarixda muhim rol o‗ynaydi. Dengizga chiqish, tabiiy boyliklar, iqlim, shuningdek, 
chegaralarning joylashuvi, qo‗shnilarning qanday bo‗lishi – bularning hammasi 
davlatlar resurslarini taqsimlashda va ular tashqi siyosatini rejalashtirishda muhim 
ahamiyatga ega. 
Xalqaro munosabatlarning bu modelining asosiy kamchiligi dunyo 
siyosatini baravarlashtirishning turli komponentlaridan birini mutlaqlashtirishdir. 
(K.Xausxoffer tomonidan rivojlantirilgan bu g‗oyalardan keyinchalik fashistlar 
Germaniyasi o‗zining agressiv siyosatini asoslash uchun foydalandi). Irqchilar 
qarashlari bilan qorishib ketish uzoq vaqt ―geosiyosat‖ so‗zining obro‗sini to‗kib 
3
Элементы. Евраазийское обозрение. 1992. №1. – С.6 


keldi. Iiknchi jahon urushi va undan keyingi yillarda AQSHda geosiyosat 
g‗oyalarini faol ravishda ishlab chiqqan olim N.Spaykmendir. bu g‗oyalar ―siyosiy 
realizm‖ maktabi vakillariga kchli ta‘sir qildi. 
Xalqaro siyosatning nazariy fikrlash yo‗nalishlaridan biri – ―siyosiy 
idealizm‖ – AQSHda urushlar o‗rtasidagi davrda rivojlandi. Tadqiqotchilarning 
asosiy qismini xalqaro huquqqa doir mutaxassislar tashkil etganligi uchun ham bu 
maktab umumiy yondashuvlar mazmunini belgalib bera olmadi. 
―Siyosiy idealizm‖ tarafdorlari ―kuchlar muvozanati‖ g‗oyalarini inkor 
qilib, ular dunyo siyosatini ―xuquq‖ va ―axloqiy‖ kategoriyalar vositasida ifodalay 
boshladi va o‗z modellarini huquqiy asoslarda bo‗lishiga intildi. Uning natijalari 
Evropa va global voqeliklarni yaxshi ifodalay olmagan ―ideal‖ mezonlar vositasida 
qurishdar iborat bo‗ldi. Bu davrning xalqaro siyosatshunoslari xalqaro tashkilotlar 
rolini oshirib ko‗rsatib, ularni ―kuchlar muvozanati‖ga qarama-qarshi qo‗ydi. 

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish