1-MAVZU:” ENG YANGI DAVR XALQARO MUNOSABATLAR
TARIXI”
FANINING
OBYEKTI,
PREDMETI,
MAQSADI
VA
VAZIFALARI
2 soat
RЕJA:
1.
“xalqaro munosabatlar” tushunchalarining mazmun mohiyati
2.
“Eng yangi davr xalqaro munosabatlar tarixi” fanining obtekti va
predmeti
3.
“Eng yangi davr xalqaro munosabatlar tarixi” fanining maqsadi va
vazifalari
4.
“Eng yangi davr xalqaro munosabatlar tarixi” fanining asosiy
tushunchalari va qonuniyatlari
Tayanch tushunchalar:
“Xalqaro siyosat”, “xalqaro munosabatlar”, Xalqaro
siyosiy jarayonlar, ichki siyosat, davlat tizimlari, nodavlat tashkilotlar, ijtimoiy
hayot, geosiyosiy o„lchov
“xalqaro munosabatlar” tushunchalarining mazmun mohiyati:
. Xalqaro munosabatlar tizimi — ikki va undan ortiq davlatlar o‗rtasidagi
o‗zaro faoliyat, tashqi siyosat esa bir millatning,
bir davlatning tashqi hatti-
harakatlaridir. Davlatning tashqi siyosati ichki omillarining ham, tashqi
omillarining ham ta‘siri ostida shakllanadi. Umuman olganda,
ichki ijtimoiy va
xalqaro munosabatlar o‗rtasida qalin o‗zaro aloqa va o‗zaro munosabat mavjud.
Xalqaro munosabatlar xalqlar, davlatlar va ularning tizimi o‗rtasidagi
aloqalarni va o‗zaro bog‗liqliklarning yig‗indisini tavsiflaydi. Xalqaro
munosabatlar deganda odatda jahon hamjamiyatining barcha asosiy sub‘ektlari
o‗rtasidagi siyosiy, xo‗jalik-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, valyuta-moliyaviy, ijtimo-
iy, diplomatik, huquqiy, harbiy, gumanitar va
kommunikatsiya aloqalari va
munosabatlarining tizimli yig‗indisi tushuniladi. Jahon hamjamiyatining asosiy
sub‘ektlari bo‗lib, eng avvalo, davlatlar va xalqaro tashkilotlar maydonga
chiqadilar. Xalqaro munosabatlar dunyomizning
qiyofasini va tartibini
shakllantiradi. Hozirgi zamon dunyo hamjamiyatiga oshib borayotgan birdamligi
va kuchayib borayotgan xilma-xilligi xos. Dunyodagi o‗zaro aloqa va bog‗liqlik
xalqlarning rivojlanishidagi xilma-xil o‗ziga xosliklarning saqlanishi bilan
qo‗shilib
ketmoqda.
Xalqaro
munosabatlar
tizimida
rivojlanayotgan
demokratlashuv, insonparvarlik, qurolsizlanish tamoyillari
hozircha tizimga ega
emas, ular qarshilikka duch kelmoqda, ko‗p jihatdan sub‘ektiv omillarga bog‗liq
bo‗lib qolmoqda. Hozirgi dunyo sharoitlarida xalqaro munosabatlar ko‗proq
xalqlar va odamlar o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarga aylanmoqda. Biz huquqiy
davlatlar tizimining, qutblab Xalqaro tashkilotlar va uyushmalarning hamkorligini,
turli davlatlarning millionlab fuqarolari o‗rtasidagi to‗g‗ridan-to‗g‗ri aloqalarni
kuzatmoqdamiz. Dolzarb xalqaro muammolarni
hal etish uchun zarur shart-
sharoitlar yaratib beruvchi insoniy munosabatlarning noyob dunyo tarmog‗i
yuzaga keldi deb aytish mumkin.