"Dasturlash asoslari" maxsus texnologiyasiga oid bo‘lib, u АКТ sohasining 0 ‘zbekistondagi
quyidagi yangi yo‘nalishlariga mo£ljallangan: • Biznes yo‘nalishidagi АКТ tizimlari bo‘yicha
mutaxassis. • Dasturlash yo‘nalishidagi АКТ tizimlari bo‘yicha texnik. • Elektronika yo‘nalishidagi
АКТ tizimlari bo‘yicha texnik. Ushbu o‘quv qo‘llanma dasturlashning muayyan tillaridan qat‘iy
nazar
dasturiy ta’minot ishlab chiqish va ma’lumotlar bazalarini yaratish bo‘yicha bilimlar asoslarini
mujassamlashtirgan. Ishlab chiqish loyihasi va loyihani rejalashtirishdan
kelib chiqib, o‘quvchilarga
tizimli, tarkiblangan dasturlash usullari va texnologiyalari hamda uning hujjatlari beriladi. Bundan
tashqari unda modulli dasturlash
usullari, dasturiy modulning asosiy tavsiflari,
dastur tuzulmasini ishlab
chiqish usullari, dastur tizimi nazorati hamda dasturiy
modulni ishlab chiqish tarkibi, tarkibiy dasturlash
va bu yerda ishlatiladigan qadam-baqadam detallashtirish va dasturiy modul ustidan nazorat,
shuningdek, dasturiy modullami yaratishda ob’ektli (bu so‘z keyingi o‘rinlarda ob’ekt tarzida o‘qilsin)
yondashuv to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar berilgan.
Dasturiy ta’minot (DT) sifati bugungi kunning muhim mavzusi bo‘lib, ushbu masalaga o‘quv
qo‘llanmada alohida bob bag‘ishlangan. Hujjatlami yuritishning test usullari va texnikalari DT ning
sifati bilan bog‘liqki, ular ham mufassal bayon qilingan. Dasturlash tillarining
axboroti esa darslikni
bilimlar asoslari bo‘yicha tugallaydi. Yuqorida bayon etilgan fikrlar o‘quv qo‘llanmaning birinchi
qismiga tegishli bo‘lib, bu tushunchalar dasturlash texnologiyalarining asosini tashkil etadi. 0 ‘quv
qo‘llanmsining ikkinchi qismi esa Visual Basic tilini bayon etishga bag‘ishlangan bolib,
bunda Visual
Basic tilining Visual muhiti, tildagi o‘zgaruvchilami nomlash, ulaming ma’lumotlari tarkibi va e’lon
qilish,
vazifalar, o‘zgarmaslar hamda bularga oid misollar keltirilgan. Mazkur qismning keyingi
boblarida esa tilning asosiy matematik operatorlari hamda dastumi boshqarish
va nazorat qilish
tuzilmalari bayon etilgan.
0 ‘zbekistonning АКТ yo‘nalishidagi kollejlari o‘qituvchilar kengashiga hamda Texnik Hamkorlik
bo‘yicha Germaniya Jamiyati (GTZ) ekspertlar komandasiga mamlakatning o‘ziga xos sharoitlariga
moslashtirilgan "Dastur]ash/Ma’lumotlar bazasi” maxsus texnologiya kontseptsiyasining
yaratilishiga
olib kelgan ko‘p sonli bahs-munozaralar, talab va istaklar uchun samimiy mirmatdorchilik bildiraman.
Do'stlaringiz bilan baham: