O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Ashyolarning lombardda garovga qo‘yilishi



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/147
Sana14.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#798356
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   147
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism)

289-modda. Ashyolarning lombardda garovga qo‘yilishi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Fuqarolardan shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkni qisqa muddatli kreditlarni
ta’minlash uchun garovga qabul qilish ixtisoslashgan tashkilotlar — faoliyatini xabardor qilish
tartibida amalga oshiradigan lombardlar tomonidan tadbirkoplik faoliyati sifatida amalga oshirilishi
mumkin.
(289-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Lombardda ashyolarni garovga qo‘yish haqidagi shartnoma lombard tomonidan garov
pattasi berish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
Garovga qo‘yilayotgan ashyolar lombardga topshiriladi.
Lombard garovga qabul qilingan ashyolarni garovga qabul qilish paytida shunga o‘xshash va
shunday sifatli ashyolarning narxlariga mos bahodagi to‘liq summasida o‘z hisobidan garovga
qo‘yuvchi foydasiga sug‘urtalashi shart.
Lombard garovga qo‘yilgan ashyolardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga haqli emas.


Lombard ashyolarning yo‘qolishi yoki shikastlanishi yengib bo‘lmas kuch oqibatida yuz
berganligini isbotlay olmasa, garovga qo‘yilgan ashyolarning yo‘qolganligi yoki shikastlanganligi
uchun javobgar bo‘ladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Basharti, lombardda ashyolar garovi bilan ta’minlangan kredit summasi belgilangan
muddatda qaytarib berilmagan taqdirda, lombard notariusning ijro yozuvi asosida imtiyozli bir oylik
muddat o‘tganidan keyin garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotish uchun belgilab qo‘yilgan tartibda
(ushbu Kodeksning 
281-moddasi
) ushbu mol-mulkni sotishga haqli. Shundan keyin hatto garovga
qo‘yilgan mol-mulkni sotishdan tushgan summa talablarni to‘liq qanoatlantirish uchun yetarli
bo‘lmasa ham, lombardning garovga qo‘yuvchiga (qarzdorga) talablari bekor bo‘ladi.
(289-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Lombardlar tomonidan fuqarolarga ularning ashyolarini garovga olib kredit berish qoidalari
qonunchilik bilan belgilanadi.
(289-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Lombardda ashyolarni garovga qo‘yish to‘g‘risidagi shartnomaning garovga qo‘yuvchining
huquqlarini ushbu Kodeks yoki boshqa qonunlar bilan unga beriladigan huquqlarga qaraganda
cheklab qo‘yadigan shartlari o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish